3- mavzu. Xesh jadval va xesh funksiyalar. Xesh funksiyalarga misol
Download 297.28 Kb.
|
3-hafta. Malumotlar tuzilmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xesh-jadval
Xeshlash - bu ma’lumotlarning kirishdagi massivini determenistik algoritm bo’yicha chekli uzunlikdagi chiqish satriga aylantirishdir. Boshqacha aytganda, xeshlash - bu shunday jarayonki, uning kirishidagi massiv maxsus algoritm asosida chiqishda bitlar ketma-ketligiga almashtiriladi. Bunday almashtirish xesh-funksiya yoki o’rash funksiyasi deyiladi. Almashtirish natijasi esa xesh yoki xesh-kod yoki xabarlar qisqa izohi (o’rami) deb ataladi. Ikki massiv yoki satrning xesh-kodlari har xil bo’lishidan bu massivlar bir xil emas degan xulosa qilish mumkin. Xesh-kodlari bir xil bo’lishi esa massivlar bir xil bo’lishi muminligini ( ehtimoli borligini) bildiradi.
Xeshlash qo’llaniladigan holatlarga misollar: · har bir elementi o’zoro biriktirilgan ikki qismdan iborat massivlar (masalan, lug’at shaklidagi massiv) hosil qilishda; · ma’lumotlar to’plamida takrorlanuvchi elementlarni izlash uchun; · ma’lumotlar to’plami uchun o’ziga xos takrorlanmaydigan ism (identifikator) topish uchun; · ma’lumot saqlash yoki uzatishdagi tasodifiy yoki ataylab qilingan xatolarni aniqlash maqsadida nazorat uchun yig’indilarni hisoblashda; · himoya tizimlarida parollarni saqlash uchun (bunda parol saqlanayotgan xotira sohasiga murojat paytida parolni bilib olish mumkin bo’lmaydi); Ø elektron imzoni ishlab chiqishda (amalda xabarlarning o’zi emas ularning xesh-shakli imzolanadi). Umuman olganda, boshlang’ich ma’lumotlar va ularning xesh-kodlari o’rtasida o’zoro bir qiymatli moslik yo’q. Chunki xesh-funksiyasi qiymatlari soni kirish massivi variantlari sonidan kichik. Quyidagi jadvalda massivning turli variantlari va ularga mos nazorat yig’indilar keltirilgan (bunda xesh-funksiya qiymati massiv elementlari yig’indisidan iborat).
Bu jadvaldan ko’rinadiki, massivning turli variantlari bir xil xesh-kodga ega bo’lishi mumkin ekan. Xesh-jadval - bu assotsiativ massiv interfeysini amalga oshiradigan ma’lumotlar tuzilmasi, ya'ni har bir elementi juftliklar (kalit, qiymat)ni saqlovchi tuzilma bo’lib, unda uchta operatsiyani bajarish imkoni mavjud: yangi juftlikni qo'shish, qidirish va kalit yordamida juftlikni o’chrish. Turli xil tarkibga ega bo’lib, xesh –kodlari bir xil bo’lgan massivlar to’plami kolliziya deyiladi . Kolliziyalar yuzaga kelish ehtimoli tanlangan xesh-funksiyaning sifatini baholashda muhim ro’l o’ynaydi. Bu ehtimol miqdori qanchalik kichik bo’lsa, tanlangan xesh-funksiya shunchalik yaxshi bo’ladi. Download 297.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling