3- mavzu yog’ochlarni ishlov berishda rejalash
Download 0.78 Mb.
|
2 5350428497942685003
Skoba (11-rasm, i) yog‘och brus bo‘lib, bir uchi brus uzunligining 7z g‘u1smiga teng masofada kertilgan; bu asbob detallarda quloq-teshik va ship rejalash uchun ishlatiladi. Kertilgan uchiga chiziq chizishda kerak bo‘ladigan mixlar qok.iladi (mixlar bir-biridan ma’lum masofada turadi).
Reysmus (11-rasm, k) yog‘och kolodka va undagi ikki teshikdan chiqib turadigan ikki bruschadan iborat bo‘lib, detaliing bir chetiga parallel qilib ma’lum masofada reja chizig‘i o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Bruschaning bir uchida chiziq chizishda ishlatiladigan o‘tkir uchli shpilka bo‘ladi. Bruschani kolodkadan chiqarib, detal chetidan reja chizig‘igacha bo‘lgan masofa belgilanadi.
Markaz qidirgich-burchaklik (11-rasm, l) burchaklik 1 va unga biriktirilgan lineyka 2 dan iborat; u silindr shaklli detallarning markazini topish uchun ishlatiladi. Burchaklikning yuqori qismiga planka 3 biriktirilgan. Lineyka shunday biriktirilganki, u planka o‘rtasida turadi va uchburchakning to‘g‘ri burchagini teng ikkiga bo‘ladi. Markazi 5 topilishi kerak bo‘lgan silindrik detal 4 burchaklikning to‘g‘ri burchagiga qo‘yiladi, so‘ngra lineyka yordamida o‘zaro kesishuvchi ikki to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi, bu chiziqlar ayni vaqtda diametrlar ham bo‘ladi.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling