Imij nimada namoѐn bo‘ladi:
tashqi ko‘rinish;
kiyinish madaniyati;
urf va odatlar;
faoliyat va sayi-harakatlar;
inson ahloqi;
o‘zini tutishi;
maqsadlari;
xarakteri;
do‘stlari va munosabatlari.
Pedagog ham shaxsiy xususiyatlarga, ham kasbiy mahoratga ega shaxs. SHaxs jihatidan kompetensiyaga ega pedagog, professionallik jihatidan muvaffaqiyatga tez erishadi.
Pedagogning kasbiy imiji uchun zarur bo‘lgan xususiyatlar:
o‘quvchilar bilan ishlashda ishchanlik qobiliyati;
ish faoliyati mobaynida o‘quvchilarga namuna bo‘lish nuqtai nazaridan o‘zini ko‘rsatishga moyillik va qo‘rqmaslik;
har qanday konflikt vaziyatlarni echimga olib kela olish;
oila, mahalla va ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan hamma bilan hamkorlik o‘rnata olish;
o‘quvchilar bilan va hamkasblar bilan aloqaga kirishuvchanlik, ya’ni keng ma’noda muomala qila olish qobiliyati;
o‘quvchilar, hamkasblar va boshqalarga nisbatan mehrli, ochiq, samimiy, to‘g‘ri, teng, mulozamatli muomala qila olish;
o‘quvchilarni ishontira olish, o‘zining ortidan torta olish, o‘zgalarga ta’sir o‘tkaza olish;
o‘quvchilar bilan ishlashda har qanday sharoitlarga tez moslasha olish, odamlarga va sharoitlarga nisbatan moslashuvchanlik;
optimizm, o‘z maqsadlarining to‘g‘riligiga komil ishonch;
kiyinish madaniyatiga rioya qilish va o‘quvchilarga o‘rnak bo‘la olish;
Do'stlaringiz bilan baham: |