3- semestr reklama murojaatining mazmuni va ularni ishlab chiqishning asosiy bosqichlari


Tranzit reklama (trasportdagi reklama)


Download 410.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/21
Sana28.10.2023
Hajmi410.26 Kb.
#1729525
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
REKLAMA MUROJAATINING MAZMUNI VA ULARNI ISHLAB

Tranzit reklama (trasportdagi reklama) Reklamaning bu turi o‘zining 
ommaviyligi bilan ustundir. Ya'ni u ko‘chadagilarning barchasiga yetib boradi. Bu 
yerda uning bir kamchiligi ham mavjud. Bu maqsadga yunaltirilmaganlikdir. Shu 
uchun reklamaning bu turi orqali umumiy talab bilan yo‘llanuvchi tovar yoki 
xizmatlarni ko‘rsatish maqsadga muvofiq. 
Uning yana bir ustunligi mavjud: xuddi o‘sha auditoriyaga bir qancha daqiqa, 
masalan 20 daqiqa davomida yoki har bir qatnov vaqti mobaynida ta'sir qilishidir. 
Metro vagonida, avtobus yoki trolleybus salonida, jamoat trasportlari bekatida 
yo‘lovchilarda reklama matnini o‘qishga yetarlicha vaqt mavjud. Bu kabi hollarda 
ma'lum vaqt mobaynida o‘rganish yoki kuzatish uchun kulguli yoki aniq tasvirlarni 
qo‘llash katta samara beradi. Bu reklama tashuvchining yana bir ustunligi shuki
auditoriyaga u davomiy ravishda ta'sir ko‘rsatadi. 
Harakat paytida yo‘lovchilar odatda reklama yoki sotib olingan jurnal va 
ro‘znomadan boshqa qaerga qarashni, nimani kuzatishni bilmaydilar. Shuning 
uchun transport vositalarida joylashtirilgan reklama materialari puxta grafik bilan 
bezatilgan va katta matnga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq. 
Trasportda reklamani ikki usulda joylashtirish mumkin - salon ichida va 
tashkarisida. Ularning har biri o‘z cheklanishlari va samaradorlik resurslariga ega. 
Shaxsiy avtomobilga ega bo‘lganlar reklama ta'siri doirasidan chiqib ketadilar. 
Boshqa tomondan esa salondagi reklama mazmunini anchagina ochiq va keng 
tarzda namoyon qilish mumkin. Salonda ketayotgan inson telefon yoki manzilni 
yozib olish imkoniyatiga ega. 
Shuni e'tiborga olish lozimki, ba'zi shriftlar avtotransport harakati paytida 
juda qiyin o‘qiladi. Yirik shaharlarda yaxshi ko‘rmaydigan insonlar ham ko‘p, 
bekatlarda navbat katta, tig‘iz paytda esa yo‘lovchi trasportlar juda tirband. Xuddi 
shuning uchun reklama e'lonlari juda yorqin va aniq bo‘lishi lozim. 


Metrodagi reklamaga bo‘lgan talab va taklif yil sayin oshib bormoqda: 
masalan 1991 yilda metropolitenda barcha reklama turlari uchun 78 shartnoma 
bo‘lgan bo‘lsa, 1996 yilga kelib u 1300 dan ortib ketdi. Tadqiqotlar shuni 
ko‘rsatadiki, metrodagi yo‘lovchilarning fikricha 47% metrodagi axborot juda 
foydali va ular bu axborotni ko‘proq bo‘lishini xohlaydilar. Inson har kuni bir xil 
e'lonni o‘qiyvergandan so‘ng uni yodlab oladi, hatto u hyech narsa sotib olmasa 
ham, u uzoq davrgacha tovar yoki xizmatning potensial xaridori bo‘lib qoladi. 
Metrodagi yopishtirilgan e'lonlarga ham ma'lum talablar mavjud: vagonlardagi 
yorqin yetikerlar salbiy hissiyotlarni, g‘azabni uyg‘otmasligi lozim, chunki metro 
baribir yopik, maydon ekanligini unutmaslik zarur. Buni kompaniyalarni tanlashda 
e'tiborga olish lozim. xulosa qilib aytganda bizda hanuz reklamaga daromad manbai 
sifatida bir tomonlama qarash nuqtai nazaridan voz kechilgani yuk. Aslida reklamaga 
daromad manbai, pul topishping oson yo‘li sifatida emas, san'at, ijod sifatida 
qarash kuchliroq bo‘lishi lozim. Yurtimizda ham reklamaning ana shunday qiziq va foydali 
bo‘lib shakllanishiga shubha yo‘q. 

Download 410.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling