3- sinf Tabiiy fan 3-chorak Yer sayyorasini ko’rpa misol o’rab turuvchi qobiq?


Download 16.45 Kb.
Sana30.03.2023
Hajmi16.45 Kb.
#1309625
Bog'liq
3- tabiiy fan 3-chorak


3- sinf Tabiiy fan 3-chorak
1. Yer sayyorasini ko’rpa misol o’rab turuvchi qobiq? a) atmosfera B) Litosfera D) Troposfera
2. Ob-havo deb nimaga aytiladi?
A) Havoning qanchalik isigan yoki sovigani B) Atmosferaning biror joydagi ma’lum bir vaqtdagi holati D) Yog’in yog’ishi
3.Havo harorati deb nimaga aytiladi?
A) Havoning qanchalik isigan yoki sovigani B) Atmosferaning biror joydagi ma’lum bir vaqtdagi holati D) Yog’in yog’ishi
4. Ob-havoning elementlariga nimalar kiradi?
A) bulutlilik, havo harorati, namligi B) Termometr, Barometr D) sovuq va issiq
5. Havo namligi deb nimaga aytiladi? A) Havodagi suv bug’lari sovuq harorat ta’sirida birikib, bulutni hosil qiladi. Osmondagi bulut bilan qoplanganlik darajasi B) Havoning qanchalik isigan sovigani D) Havo tarkibida mavjud bo’lgan suv bug’i miqdori
6. Bulutlilik deb nimaga aytiladi?
A) Havodagi suv bug’lari sovuq harorat ta’sirida birikib, bulutni hosil qiladi. Osmondagi bulut bilan qoplanganlik darajasi B) Havoning qanchalik isigan sovigani
D) Havo tarkibida mavjud bo’lgan suv bug’i miqdori
7. Suvning tabiatdagi aylanma harakati hisobiga qanday hodisa sodir bo’ladi?
A) Havo harorati buziladi B) Havodagi nam, daryo va ko’llardagi suv tez-tez yangilanadi D) ichimlik suvi ko’payadi
8. Bulutlarning bir qismini shamol quruqlikka olib keladi. Bulutlardan qor va yomg‘irlar yog‘ib, daryolarni hosil qiladi. Daryo suvlari esa yana okean va dengizlarga borib quyiladi. Bu qanday mulohaza? A) Tog’ri B) notog’ri D) bilmayman
9. Ob-havoni oʻrganish, atmosferani ilmiy tadqiq qilish maqsadida uzluksiz meteorologik kuzatishlar olib boradigan muassasa nomi.
A) Metropoliten stansiya B) Metronolog stansiya D) Meteorologik stansiya
10. Meteopostlar qayerlarga tashkil etilgan?
A) Hech kim chiqolmaydigan tog’ cho’qqilarida B) Aholi yashash joylaridan ancha olisda, borishi qiyin bo’lgan tog’li va cho’l hududlarida D) Aholi yashash joylarida, tog’ va cho’llarda
11. Mamlakatimizda hozirgi kunda nechta meteorologik stansiya va uning tarkibiga kiruvchi bir qancha meteopostlar faoliyat yuritmoqda? A) 47 B) 57 D) 40
12. Ob-havoni kuzatish va ilmiy jihatdan o’rganish bilan shug’ullanuvchi kasb egalari nima deb ataladi? A) Meteorolog B) iqlimshunos D)A va B javob to’g’ri
13.Havo tarkibida mavjud bo’lgan suv bug’lari miqdori nima deb ataladi?
A) Havo namligi B) Yog’inlar D)havo harorati
14. Quyida berilgan ma’lumotlar orasidan qaysilari noto‘g‘ri?
a) Quyosh botishi oldidan chiqqan kamalak ertaga yomg‘irli ob-havo bo‘lishini bildiradi;
b) Tongda tuman tushishi kun davomida havo issiq va quruq bo‘lishidan darak;
d) Shafaqning binafsharang bo‘lishi – yaxshi ob-havoning, tillarang shafaq esa yomg‘irli ob-havoning alomati;
e) Qoramtir to‘p-to‘p bulutlar yomg‘ir yog‘ishidan dalolat;
f) Mo‘ridan chiqayotgan tutun yuqoriga tik ko‘tarilishi yaxshi ob-havodan darak;
g) Mo‘ridan chiqayotgan tutunning yer bag‘irlab tarqalishi zilzila bo‘lishini bildiradi;
h) Qushlar yer yuzasidan ancha balandda uchishi havo aynishini bildiradi.
15. Havo harorati ko’tarilishi bilan havodagi nima miqdori ortadi? A)namlik B)yog’in D)havo
Download 16.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling