Tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazi gigiyena va radiatsion xavfsizlik kafedrasi mavzu: aholi yashash joylarida fizikaviy faktorlarni monitoring qilish


Download 12.63 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi12.63 Kb.
#1591070
  1   2   3
Bog'liq
AHOLI YASHASH JOYLARIDA FIZIKAVIY FAKTORLARNI MONITORING QILISH


O`ZBEKISTON RESPULIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TIBBIYOT XODIMLARI KASBIY MALAKASINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
GIGIYENA VA RADIATSION XAVFSIZLIK KAFEDRASI
MAVZU: AHOLI YASHASH JOYLARIDA FIZIKAVIY FAKTORLARNI MONITORING QILISH (SHOVQIN, VIBRATSIYA , ELEKTROMAGNIT)
Shodiyeva Nargiza
REJA:
  • KIRISH
  • ASOSIY QISM
  • AHOLI YASHASH JOYLARIDA FIZIKAVIY FAKTORLARNI MONITORING QILISH (SHOVQIN, VIBRATSIYA, ELEKTROMAGNIT) YUZASIDAN OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR VA NATIJALARI.
  • XULOSA.
  • AMALIY TAVSIYALAR.

KIRISH
Bizning butun muhitimiz, u yoki bu darajada, shovqin taʼsiridan iborat. Odamlar maʼlum bir shovqin darajasiga oʻrgangan boʻlib, agar haddan tashqari shovqin boʻlmasa, ular koʻpincha bunga eʼtibor ham bermaydilar
Kishilar ongiga taʼsir qiluvchi shovqin taʼsiriga qarshi kurashish zarurati xalqaro darajada eʼtirof etilgan. Jumladan, BMT Inson huquqlari kengashining 2021-yil 5-oktyabrdagi 48-sessiyasida insonning xavfsiz, toza, sogʻlom va barqaror atrof-muhitga boʻlgan huquqini umuminsoniy huquq sifatida eʼtirof etgan rezolyutsiya qabul qilindi.
Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan milliy qonunchilik hamda joriy amaliyotni oʻrganish natijalari fuqarolar va jamiyatni shovqindan himoya qilish sohasida qator muammolar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Xususan, bugungi kunga qadar mamlakatimizda zararli shovqin taʼsiriga qarshi kurashish masalalarini tartibga soluvchi yagona normativ-huquqiy hujjat qabul qilinmagan.
Aholi yashash joylari va ishlab chiqarishda fizikaviy faktorlar me’yorining ahamiyati.
 
Fizik omillar ichida eng muhimi bu ishlab chiqarishdagi noqulay mikroiklim sharoitidir. Gigienik nuqtai nazardan olganda, ishlab chiqarishdagi noqulay mikroiklim ikki turga bo‘linadi: qizdiruvchi va sovutuvchi.
Qizdiruvchi mikroiklim quyidagi korxonalarda uchraydi: temirchilik, Ishlab chiqarishda haroratning yuqori bo‘lishi organizmda moddalar almashinuvining izdan chiqishiga, organizmda ter ajralishining oshishiga va suv almashinuvining buzulishiga sababchi bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida organizmdan ko‘p miqdorda tuzlarning chiqib ketishiga olib keladi. Organizmdan tuzlarning chiqib ketishi o‘zida suv tutish qobiliyatini pasaytiradi. Shunday qilib, organizmda tuz-suv almashinuvi buzuladi. To‘qimalarda oqsilning parchalanishi kuchayadi va fibrenogenning miqdori kamayadi. Organizmdan xloridning ko‘p miqdorda chiqarilishi oshqozon shirasi kislotaligini kamaytiradi. Bundan tashqari ter bilan vitaminlar xam ko‘p ajraladi, xamda ularning parchalanishi ortadi. Natijada organizmda vitaminlar almashinuvi izdan chiqadi.
Profilaktikasi
Yuqori haroratli ishlab chiqarish joylarida havo almashinishini yo‘lga qo‘yish kerak. Bu asosan oynalarni, fortochkalarni ochish orqali amalga oshiriladi. Bu usul bizning issiq iklim sharoitida, ayniqsa yoz oylarida havo harakat tezligini oshirishi mumkin, lekin ichki havo temperaturasini pasaytira olmaydi, sababi tashqari havoning harorati 45-46 gradusni tashkil qiladi. Bunday paytlarda sun’iy sovutgichlar, ya’ni konditsionerlar o‘rnatish kerak. Ishchilar organizmida suv-tuz almashinuvini buzulishini oldini olish uchun, ularga tuzli ichimlik suvlari beriladi. Ovqat tarkibida oqsillar, vitaminlar ko‘p bo‘lishi kerak, bundan tashqari vitaminlar draja shaklida xam berilishi kerak. Ishchilar maxsus kiyimlar bilan ta’minlangan bo‘lishlari shart. Infraqizil nurlar bilan ishlovchilarga himoya ochkilari beriladi.

Download 12.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling