3 1-bob. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi


Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida


Download 37.8 Kb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi37.8 Kb.
#1547864
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 1-bob. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi

1.4.Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida
Ma'lumki, bugun jahon bozori konyukturasi keskin o‘zgargan, globallashuv sharoitida raqobat kuchaygan davrda yashayapmiz. Bunday murakkab sharoitda respublikamizda ham makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, rivojlanishning yuqori o‘sish darajasini ushlab turish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlar haridorgirligiga erishish, milliy valyuta tushumini ko‘paytirish kabi muhim vazifalar amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi Iqtisodiyot vazirligida o‘tkazilgan “Sanoat kooperatsiyasi hamda mahalliylashtirish jarayonlarini rivojlantirish istiqbollari” mavzudagi matbuot anjumani ham aynan shu ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlandi. Aniqrog‘i bu tadbirda mamlakatimizda 2000 yildan buyon izchil davom ettirilayotgan mahalliylashtirish dasturining bugungi holati, uning har taraflama tahlili hamda istiqboldagi rejalari to‘g‘risida o‘zaro fikr almashildi. Ushbu tadbirda vazirlikning mas'ul xodimi Fazliddin Ro‘ziyev tomonidan qiziqarli taqdimot havola etildi. Taqdimotda: mahsulotlar importini qisqartirishning qo‘shimcha rezervlarini o‘rganish jarayoni joriy yilda tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda import o‘rnini bosadigan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish hisobiga importni qo‘shimcha 23 foizga qisqartirish imkoniyati mavjudligi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini mazkur jarayonga faol jalb etishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mamlakatimizning barcha hududlari salohiyatining tahlili;
mahalliy xomashyo va resurslardan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish, eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan mahalliylashtirish dasturiga yangi loyihalarni kiritishning yagona mezon va talablari qamrab olindi.
Bundan tashqari, vazirlik rasmiy saytidagi maxsus avtomatlashtirilgan tizim (mineconomy.uz/uz/local) tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqishda qulayliklar yaratish, loyihalarni kiritish jarayonining ochiqligini ta'minlashga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Shu bilan birga, bu tizimda mahalliylashtirish dasturlari borasidagi me'yoriy-huquqiy hujjatlar, o‘zlashtirishga taklif etilayotgan mahsulotlar va taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxatlari bilan tanishish mumkinligi qayd etildi.
Mazkur anjumanda mahalliylashtirish dasturi bilan bog‘liq tegishli vazirliklar, muassasa, tashkilotlar va qator korxonalar ishtirok etishib, jurnalistlarning savollariga atroflicha javob qaytarishdi.
Tadbir so‘nggida ommaviy axborot vositalari vakillariga mavzu bo‘yicha maxsus intervyular berildi.
Asosiy O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbordoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralari
O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbordoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralari
21/11/2017 - 17:03 29905O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita va komissiyalarining 2017-yilga belgilangan ish rejasiga muvofiq Byudjet va iqtisodiy islohiotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining majlislar zalida 2017-yilning 27-oktyabr kuni “O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbardoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Yuqori texnologik tarmoqlar sanoatini rivojlantirish dasturlari bosh boshqarmasi boshlig‘i O.Sharipovning ma'ruzasi.Davlatimiz rahbari tomonidan tanlab olingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi dasturida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish hamda yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish belgilab olingan.
Yurtimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti davrida to‘plagan tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har qanday davlatda iqtisodiyotning asosi hisoblangan sanoat sohasi faol integratsiya asosida rivojlanishi lozim.Iqtisodiyotimizda amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar natijasida uning tuzilmasini sezilarli darajada diversifikatsiya qilishga erishildi. Neft-gaz, kimyo mashinasozligi, avtomobilsozlik, zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektronika asboblari ishlab chiqarish, farmatsevtika, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzali sanoati hamda boshqa bir qator mutlaqo yangi tarmoqlarning yo‘lga qo‘yilishi bunga zamin yaratdi. Buning natijasida esa, mustaqillik yillarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 4,6 barobarga oshdi, so‘nggi 10 yilda esa sanoat tarmog‘ining o‘rtacha yillik o‘sish sur'ati, umumiy yalpi ichki mahsulot o‘sish sur'ati ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan holda, 8,9 foizni tashkil etdi.Ma'lumot o‘rnida: 90-yillarida mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb 33 foizi qishloq xo‘jaligi ulushiga to‘g‘ri kelgan va o‘z navbatida sanoat mahsulotlari esa 14 foizdan oshmagan. Shuningdek, sanoat mahsulotlarining asosini paxta tozalash va qishloq xo‘jaligi mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarish tashkil etgan.
Bugungi kunda esa, amalga oshirilgan islohatlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 32,9 foizga yetdi, o‘z navbatida qishloq ho‘jaligi sohasi yuqori sur'atlarda o‘sishiga qaramasdan yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 17,6 foizni tashkil etdi va hizmat ko‘rsatish sohasinng ulushi 49,5 foizga yetgan.Asosiy vazifa esa, davlatimiz rahbari ta'kidlaganlaridek, iqtisodiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hisobidan sanoatni jadal rivojlantirish va yalpi ichki mahsulotda uning ulushini 2030-yilda 40 foizga yetkazish, energiyani tejamkor zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish evaziga yalpi ichki mahsulot uchun sarflanadigan energiya hajmini taxminan 2 barobar qisqartirishga erishishdir.Buning uchun sanoat sohasini modernizatsiya qilish va tarkibiy o‘zgartirishlar orqali rivojlantirishni ta'minlovchi quyidagi dasturlar ijrosi amalga oshirilishi zarur. Jumladan 2017-2020-yillarda mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlashga asoslangan 11 ta tarmoq dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib, dastur doirasida 42 mlrd.dollar qiymatidagi 800 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi belgilangan.Shu o‘rinda, tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda mahalliylashtirish iqtisodiyotni yanada barqaror va izchil rivojlanishida, uning tashqi omillarga tobeligini pasaytirishda, ishlab chiqirish jarayonlariga yangi samarali texnologiyalarning tatbiq etilishini jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlash joiz. Aynan shuning uchun ham O‘zbekistonda mahalliylashtirish sanoatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu mahalliy xom ashyo va ishlab chiqarish zaxilaridan keng foydalanish, shu asnoda import o‘rnini bosuvchi, zamonaviy va raqobatbardosh mahsulot chiqarishni ta'minlaydi.Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2010-2016-yillarda 1 948 ta loyihalar amalga oshirildi va buning natijasida ushbu yillar davomida umumiy import o‘rnini bosish samaradorligi 7,6 mlrd. dollarini tashkil etdi.

Ma'lumot o‘rnida: O‘z navbatida, so‘nggi uch yil ichida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga 106 ta guruh tovarlarning importi butunlay to‘xtatilgan, shuningdek, 356 turdagi mahsulotni chetdan keltirish ikki barobardan ziyodga kamaygan.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoning qabul qilinishi tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat qilmoqda.Shu bilan birga, yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, hududlarni raqobatdosh va eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta'minlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish maqsadida respublikada 14 ta erkin iqtisodiy zonalar va 96 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilgan.


Birinchidan - O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbardoshligini mustahkamlash;

Ikkinchidan - sanoatda sohasida yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan yangi bosqichga o‘tish;


Uchinchidan - ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni va import o‘rnini bosishni rag‘batlantirish siyosatini davob ettirish, avvalam bor iste'mol tovarlari va butlovchi qismlar, tarmoqlararo sanoat kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;


To‘rtinchidan - tashqi bozorlarda xaridorgir, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan zamonaviy tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va yangi bosqichga ko‘tarish evaziga tayyor mahsulotlar eksportini yuqori o‘sish sur'atlariga erishish;


Beshinchidan - sanoatda energiya va xom ashyo sarfini qisqartirish, mahsulot ishlab chiqarishda energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanuvchan energiya manbaalaridan foydalanishni kengaytirish va sanoat tarmoqlarida mehnat unimdorligini oshirish;


Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2692-sonli qaroriga asosan 2017-yilda sanoatning tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish tannarxini 8%ga pasaytirish va 2 350 ta 200,1 mln.dollar qiymatidagi jismoniy va ma'nan eskirgan asbob-uskunalarni almashtirilishi belgilangan.
Oltinchidan - yangi erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, kichik sanoat zonalarini tashkil etish va samaradorligini oshirish ushbu maqsadda qilinayotgan asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi.
Ma'lumot o‘rnida: Erkin iqtisodiy zonalarda qo‘shimcha ravishda 1 mlrd.dollarlik 134 ta loyihalar amalga oshirilmoqda va unda 12,3 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Kichik sanoat zonalari sonini 116 taga yetkazish va qo‘shimcha 1,2 trln.so‘mlik 248 ta loyihalar ishga tushirilishi va 11,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.
Shuni to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, iqtisodiyotimizda, avvalambor, sanoat sohasida tub tarkibiy o‘zgarishlar, ya'ni ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirish natijasida keyingi yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini so‘zsiz ta'minlash imkoniyatiga egamiz.Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyatini monitoring qilish;
iqtisodiyotni rivojlantirishning ko’p-variantli makroiqtisodiy senariylari, iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirishni o’rta muddatga prognozlashtirish, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining qisqa va o’rta muddatli prognozlarini va dasturlarini, tarmoqlarni texnologik qayta jixozlash va modernizatsiya qilish, ilg’or resurtejamkor texnologiyalarni joriy qilish dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qisqa muddatli va istiqbolli prognozlarini, investitsiya va tarkibiy siyosatning respublika maqsadli dasturlarini shakllantirish va ishlab chiqish bo’yicha monitoring va ishlarni muvofiqlashtirish qilish;
davlat investitsiya dasturlarining bajarilish monitoringini, tasdiqlangan dasturga muvofiq tegishli qurilishning va olib borilayotgan loyiha-izlanish ishlarining manzilli ro’yxatlarini kelishishni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan iqtisodiyotning bazaviy (asosiy) tarmoqlaridagi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar, shuningdek xorijiy sarmoyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bo‘yicha monitoring olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi faoliyatini loyihalrni o’z vaqtida ekspertiza qilish va moliyalshtirish qismi bo’yicha monitoring qilish;
uzoq muddatli prognozlar, rivojlantirish ustuvorliklari, tarkibiy o‘zgartirishlar, shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishlari asosida xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy moliya va sug‘urta tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan birgalikda amalga oshirish taklif qilinayotgan ustuvor investitsiya loyihalarini puxta ishlab chiqadi va ularning portfelini shakllantiradi;
Respublika uchun ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xalqaro moliya tuzilmalari hamda donor mamlakatlarini jalb qilish uchun, ular bilan istiqbolli va amalga oshirilayotgan dasturlarga loyihalarni kiritish uchun takliflar tayerlaydi;
investitsiya loyihalarini tayyorlash, amalga oshirish va ularning samaradorligini baholash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, respublikadagi iqtisodiy va ijtimoiy qayta o‘zgartirishlar strategiyasidan kelib chiqib investitsiya jarayoni samaradorligini oshirish va ustuvor investitsiya loyihalari portfelini yangilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritadi;
boshqarma xodimlarining tegishli masalalari (kuratorlik) bo‘yicha ma'lumotlar bazasini shakllantirish, yuritish va yangilash.
Bosh boshqarma quyidagilar funksiyalarni amalga oshiradi:
vazirliklar, idoralar va O'zbekiston Respublikasi hokimliklarining takliflari asosida, eksport salohiyatini rivojlantirishga va Respublika iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyasini ta’minlashga yo’naltirilgan, hududlarning keng qamrovli rivojlanishiga va tarkibiy siyosatning maqsadlariga erishish uchun qisqa va o'rta muddatli investitsiya dasturlarini ishlab-chiqadi va xorijiy kreditlar, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar, shu jumladan investitsiya loyihalari va moliyalashtirish manbalari (tashabbuskorlari) kontekstida va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
investitsiyalarni prognozlashtirish, qisqa va o'rta muddatga investitsiya dasturlarini shakllantirish sohasida Respublika vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahrining faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi;
iqtisodiyotni rivojlantirishning ko’p variantli stsenariyalarini, qisqa va o'rta muddatga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozi va dasturlarini, rivojlanish dasturlarini ishlab-chiqishda, shuningdek tarmoqlarni modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash, resurs tejaydigan ilg'or texnologiyalarni joriy etishda qatnashadi;

Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini qisqa va uzoq muddatga prognozlashtirishni, investitsiya va tarkibiy siyosat bo'yicha respublika maqsadli dasturlarini tashkiliy-uslubiy boshqaruvini amalga oshishini va ishlarni muvofiqlashtirilishini ta'minlaydi;


vazirlikning boshqa boshqarma va bo'limlari bilan birgalikda, iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi, ustuvorligi va tamoyillari asosida islohotlarni amalga oshirish mexanizmlarini belgilaydi;
nazorat qilinadigan tarmoqlar hujalik sub'ektlari masalalariga oid qarorlar (xulosalar) loyihalarini, belgilangan tartibda, zarur bo'lsa vazirlikning boshqa bolinmalari, boshqa idoralar va ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislarini jalb qilgan holatda korib-chiqadi va tayyorlaydi;
davlat tarkibiy siyosatining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, davlat investitsiya dasturlarini amalga oshirilish jarayonini ishlab chiqadi va muvofiqlashtiradi, olib borilayotgan loyiha-izlanuv ishlari bilan qurilishning manzilli ro'yxatini uyg'unlashtiruvini amalga oshiradi;
byudjet-soliq, pul-kredit, valyuta va monopoliyaga qarshi siyosat kabi umumiy yo’nalishlar bo’yicha takliflar tayyorlashda, shu bilan birga mahsulot, tovar va xizmatlar narxi va tariflarini boshqarish mexanizmini takomillashtirishda qatnashadi;
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatida O'zbekiston ishtiroki bilan bog'liq masalalar yuzasidan respublika pozitsiyalarini shakllantiradi va amalga oshiradi, xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlik strategiyalarini ishlab chiqishda manfaatdor idoralar bilan birgalikda takliflar tayyorlaydi;
xalqaro tajriba va xalqaro standartlarni o'rganish asosida investitsiya loyihalarini monitoring qilish uchun samarali usullarini ishlab chiqish;
markazlashtirilgan kapital qo’yilmalar, to’gridan-to’gri investitsiyalar va chet-el kreditlari, hamda O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalarni va investitsiya dasturining bajarilishini makroiqtisodiy darajada monitoringini olib boradi;
ilg'or resurs tejovchi texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash bo'yicha davlat investitsiya loyihalari, rivojlanish dasturlari va idoralararo sanoat majmualarini tizimli monitoring amalga oshirishda qatnashadi;
mintaqaviy investitsiya siyosati, O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hududiy mezonlarni ishlab chiqishda qatnashadi;

investitsiya dasturining va loyihalarining amalga oshirilishini tizimli tahlil olib boorish va joriy holati haqida vazirlik rahbariyatiga ma'lumotlarni tayyorlash va taqdim etish;


tarkibiy va investitsia siyosati prognoz kursatkichlar tizimini takomillashtiradi;
loyihalarni tayyorlash va taqdim etishning belgilangan grafigiga asoslangan xolda, respublika va maqsadli dasturlar, prognozlar va loyiha konseptsiyalari uchun materiallarni tayyorlash va taqdim etish tartibini va vaqtni belgilab beradi;
Respublika iqtisodiyotini tarkibiy ozgartirish va investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini joriy holati haqida ma’ruza va boshqa analitik materiallarni vazirlik rahbariyatiga tayyorlab beradi;
xatarlar kontsentratsiyasini va jalb qilinadigan mablag'lardan foydalanish samaradorligini aniqlash maqsadida investitsiya loyihalarining bajarilish tahlilini amalga oshiradi;
nazorat qilinadigan sohalarning iqtisodiy islohotlarini taraqqiyot sarhisobinio’rganadi va natijalarini umumlashtiradi, ularning holati to'g'risidagi yillik va chorak analitik tahlilni tayyorlaydi, rivojlanish tafovutlarni ochib beradi;
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat qarorlari, farmonlarini talablari va shartlarini o'z vaqtida va to'liq muvofiqligini, kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni, bu sohalarda yagona davlat siyosatini izchil amalga oshirilishini ta'minlashda o’z vakolatlari doirasida monitoring olib boradi;
tegishli tarmoq va korxonalarni investitsion faoliyatini rag'batlantirish masalalarini o’rganadi, investitsiya loyihalari bo'yicha ekspert xulosasini tayyorlashda ishtirok etadi;
qurilishda iqtisodiy islohotlarning metodologik va huquqiy ta'minoti monitoringini tashkillashtirishda va qurilish sohasida boshqaruvning zamonaviy usullariga ega bolgan kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda qatnashadi;
zamonaviy, transport va ishlab chiqarish infratuzilmasini, hududlar va barcha jabhalarini muvozanatli rivojlantirishni ta'minlaydigan qurilish rivojlantirishga ko'maklashadi. Potentsial xorijiy investorlarni axborotlar, respublikaning tegishli tarmoqlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, investitsiya muhiti va ustuvor investitsiya takliflari bilan ta’minlashda ishtirok etadi;
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatida O'zbekiston ishtiroki bilan bog'liq masalalar yuzasidan respublika pozitsiyalarini shakllantiradi va amalga oshiradi, xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlik strategiyalarini ishlab chiqishda qatnashadi.


XULOSA
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xojaligi doirasida roy bergan. SHuning uchun qadimgi yunon olimlarining (Ksenofon, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot - uy xojaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan.
CHeklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining toxtovsiz osib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni togri taqsimlash yollarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bolgan hayotiy vositalarga bolgan zaruriyati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi.
Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida toplanib, ayni vaqtda mavjud bolgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat korsatish, ularni iste’molchiga etkazib berishda hamda iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bolgan imkoniyatlar, qor-qutlar va manbalar tushuniladi. Tabiiy resurslar (er, suv, ormon, er osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, dastgohlar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, ularning qor-qutlari, pul mablaglari va boshqalari) ana shular jumlasidandir.
Inson rivojlangan sari uning ehtiyojlari ham shiddat bilan ozgarib, ortib boradi. Iqtisodiy resurslar esa cheklangan. Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati boyicha takror ishlab chiqarish turli fazalardan - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida eng asosiysi va boshlangichi ishlab chiqarish jarayonidir. CHunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi.
Ikkinchi muhim faza esa taqsimot jarayonidir. Bu bosqichda, eng avvalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital va ishchi kuchi, tovar va xizmatlarning alohida turlari, ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar ortasida taqsimlanadi. Undan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bolgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi korinishi bolgan daromadlar ham taqsimlanadi.
Ayirboshlash jarayoni - takror ishlab chiqarishning muhim fazasidir. Mehnat taqsimoti natijasida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarishga, etkazib berishga, ayrim guruhlari esa boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqarish, etkazib berish boyicha ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi oz tovarini sotib, oziga kerakli bolgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Natijada turli xil yonalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat korsatuvchilar ortasida iqtisodiy aloqa ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi jarayoni sodir boladi.
Iqtisodiyotda takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi iste’mol jarayonidir. Bu jarayonda tovarlar va xizmatlar turli kishilar, guruhlar tomonidan iste’mol qilinib, ularning ehtiyojlarini qondiradilar. Iste’mol ikki turda boladi: ishlab chiqarish iste’moli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish iste’molida ishlab chiqarish vositalari (kapital) va ishchi kuchidan foydalanilib, unumli iste’mol qilinadi. SHaxsiy iste’mol jarayonida esa iste’mol buyumlari pirovard foydalanilib, ular yoqotiladi va orniga yana yangisini ishlab chiqarish zaruriyati paydo boladi. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish.ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko‘rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirgan holda sog‘liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning dastlabki bo‘g‘inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish;
oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatish, chaqaloqlar va bolalar o‘limini kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish;
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash;
pensionerlar, nogiron, yolg‘iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to‘laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish;
farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxlarining asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholi o‘rtasida kasallanish ko‘rsatkichlari pasayishini va umr uzayishini ta’minlash.Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.



Download 37.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling