Kirish “Oʻzbekiston havo yoʻllari” makdagi tarkibiy oʻzgarishlar yakunlandi


Download 0.7 Mb.
bet1/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1545684
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ҳисоб ва ёзув қисмлари


Kirish

Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKdagi tarkibiy oʻzgarishlar yakunlandi



Oʻtgan davr mobaynida mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish, shu jumladan havo kemalari parkini yangilash, parvozlarning yuqori darajadagi xavfsizligini taʼminlash, aeroportlar infratuzilmasini, havo harakatini boshqarish va malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha izchil choralar koʻrildi. Shu bilan birga, mamlakatimizning fuqaro aviatsiyasida uning jahon aviatashishlar bozorida raqobatbardoshligini taʼminlash va ushbu tarmoqqa investitsiyalarni faol jalb qilish uchun tarkibiy islohotlarni yanada amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan qator tizimli kamchiliklar saqlanib qolmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5584-sonli Farmoniga muvofiq, maxsus tuzilgan Ishchi komissiya tomonidan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKni qayta tashkil etishga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va amaliy koʻmaklashish boʻyicha ishlar olib borildi.
Xususan, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK direksiyasi, shuningdek, “Uchuvchilar majmuasi”, “Havo aloqalari bosh agentligi” va “Oʻzaviatextaʼminot” moddiy-texnik taʼminot majmuasi» davlat unitar korxonalari negizida “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.Bundan tashqari, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK tarkibiga kiradigan davlat unitar korxonalari masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga aylantirildi.Shuningdek “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati unga quyidagi MCHJlarning ustav fondlaridagi davlat ulushini oʻtkazilishi yoʻli bilan tashkil etildi: 
• “«Andijon” xalqaro aeroporti» MCHJ;
• “«Buxoro” xalqaro aeroporti» MCHJ;
• “«Qarshi” xalqaro aeroporti» MCHJ;
• “«Navoiy” xalqaro aeroporti» MCHJ;
• “«Nukus” xalqaro aeroporti» MCHJ;
• “«Namangan” xalqaro aeroporti» MCHJ;
• “«Samarqand” xalqaro aeroporti» MCHJ;
• “«Islom Karimov nomidagi «Toshkent” xalqaro aeroporti» MCHJ;
• “«Termiz” xalqaro aeroporti» MCHJ;
• “«Urganch” xalqaro aeroporti» MCHJ;
• “Fargʻon” xalqaro aeroporti» MCHJ.
Bundan tashqari, “Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi” DUK negizida “Uzbekistan Helicopters” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tashkil qildi. “Oʻzaeronavigatsiya” markazi» davlat korxonasi esa Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi ixtiyoriga oʻtkazildi.
Aerodrom – aeroportlarning asosiy qismi bo’lib, yer (gidroaerodrom uchun suv uchastkasidan) uchastkasidan iborat bo’lib, u havo kemalarining uchishi, qo’nishi, rullanishi va ularga xizmat ko’rsatilishiga mo’ljallangan maxsus uskunalar bilan jihozlanadi. Aerodrom chegaralari atrofida, aerovokzalga yondoshadigan perronda, passajirlarni havo kemasiga o’tkazish, undan tushirish ishlari, passajirlarni aerovokzaldan havo kemasiga tashish yoki piyoda o’tkazish, yuklar, bagaj va pochtani ortish-tushirish ishlari bajariladi. Aerodromga aerodrom oldi joyi yondoshgan bo’lib, uning tepasidagi havo bo’shlig’ida havo kemalari manevr xarakatlarini bajaradi. Aerodrom ustidagi havo hududi va unga yondoshgan joyning reja va balandlik bo’yicha belgilangan chegaralariga “aerodrom rayoni” deyiladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling