Kirish “Oʻzbekiston havo yoʻllari” makdagi tarkibiy oʻzgarishlar yakunlandi


Download 0.7 Mb.
bet9/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1545684
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Ҳисоб ва ёзув қисмлари

Ishlar sifatining nazorati:
Qoplama va asoslarni qurishda tosh va bog‘lovchi materiallar sifatini, qorishma va qora chaqiq toshni tayyorlash jarayonini, hamda ularning sifatini nazorat etish zarur[6].
Asos va qoplamalar qurish uchun ishlatiladigan materiallarning sifati, tegishli davlat standartlari talablarida ko‘rsatilgan usullar bilan aniqlanadi. Tosh materiallarning sifatini , ularning zarralari tarkibi, ulardagi changsimon, gil va loysimon zarralar borligi, bog‘lovchining sifati bo‘yicha (ignani botish chuqurligi, qovushqoqligi va boshqalar) baholanadi. Quyish uchun tayyorlangan bog‘lovchilarning ishchi harorati, bog‘lovchilarning tosh materiallar bilan yopishishi tekshiriladi.
Qurilishga keltirayotgan shag‘alning sifatini tekshirish uchun amaldagi standart talablariga rioya qilingan holda sinov uchun na’muna olinadi. To‘g‘ri zahiralarning o‘zidan olinayotgan tosh materiallardan sinov uchun namunalarni, zaxiraning o‘zidan, yoki ular jo‘natilayotgan omborlardan, yo‘lda aralashtirilganda yo‘lning o‘zidan olinadi.
Asfaltbeton qorishmalarini tayyorlash jarayonida quyidagilar nazorat qilinadi:

  • materiallar sifati

  • mineral materiallarning va bitumlarni me’yorlash aniqligi

  • asfaltbeton qorishmasini va bitumlarni isitish tartibi

  • mineral materiallarning bitum bilan ko‘shib aralashtirish vaqti

  • tayyor asfaltbeton qorishmasining harorati.

  • uining sifatining o‘rnatilgan tartib va standart talabiga javob berish.

Tayyor asfaltbeton qoplamalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • qoplama tekis bo‘lishi kerak

  • qoplamalar yuzasi bir jinsli tekis ko‘rinishli, bo‘shliqsiz va buzilishlarsiz, ulanish choklari bilinmas, tekis va chetlari to‘g‘ri bo‘lishi, qoplamaning kengligi loyihadagi ko‘rsatkichdan ±10 sm dan ko‘p farq qilmasligi kerak, qalinligi oddiy mashinalar qo‘llanilganda ±5% dan ko‘p farq qilmasligi kerak

  • qoplamalarning qatlamlari bir-biri bilan va asos bilan yaxshi yopishgan bo‘lishi lozim, namunalar olinganda, xar bir qatlam bilan mustahkam yopishgan bo‘lishi kerak.

Asfaltbeton qorishmasi uchun ishlatiladigan materiallar sifati mavjud usullarda va standartlar bilan tekshiriladi. Bunda chaqiqtosh va shag‘al maydalanish, barabanidan yoyilish va sovuqqa chidamlik talablariga javob berish kerak.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling