Laboratoriya ishi №4. Chaqiq tosh, shagʻaldan asos va qoplamalar qurishda sifat nazorati
Download 35.61 Kb.
|
4-tajriba.Metrologiya
Laboratoriya ishi №4. Chaqiq tosh, shagʻaldan asos va qoplamalar qurishda sifat nazorati. Materiallarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasini aniqlash Materiallarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi gidravlik presslarda aniqlanadi. Tosh materiallarning siqilish kuchining ta’sirida bo‘lishi, siqiluvchi zo‘riqishni va siqilish deformatsiyasini hosil qiladi. Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar: gidravlik press, tosh kesadigan dasgoh, silliqlash doirasi, shtangenserkul, uch burchak. Ish tartibi 1. 4-5 ta namunaga raqam qo‘yib quritiladi. 2. Namunalarni gidravlik pressning pastki plitasining aniq o‘rtasiga o‘rnatiladi. 3. Namunani gidravlik pressning tepasidagi plitasi bilan siqiladi. 4. Bosim o‘lchagichni nolga keltirib, nasosning elektron matori yurgiziladi, bunda bosim sekundiga 1,2-1,5 MPa chegarasida ortib borishi kerak. 5. Birinchi yoriq paydo bo‘lishi bilan hamda namuna buzila boshlashi bilan monometrning ko‘rsatkichi yozib olinadi. 6. Namunaning buzilish vaqtidagi kuchlanishni uning maydoniga bo‘lgan nisbati siqilishdagi mustahkamlik chegarasi deyiladi va quyidagi formula bilan ifodalanadi: , (МПа) Bu yerda: R-namunani buzilish vaqtidagi kuchlanishi, (N), S-namunaning ko‘ndalang kesim yuzasi, da. Olingan natijalar quydagi 1-jadvalga yozib boriladi.1-жадвал
Materiallarning mustahkamlik chegarasi quyidagi jadval bilan solishtirib aniqlanadi. 2-жадвал
1. Chaqiqtosh (shag‘al)ning haqiqiy zichligini aniqlash Chaqiq tosh – qattiq tog‘ jinsining yirik bo‘laklarini chaqib maydalash yo‘li bilan olinadigan materialdir. Chaqiq tosh maxsus elaklardan o‘tkazilib o‘lchami bo‘yicha ajratiladi. Shag‘al – pishiq tog‘ jinslarining tabiiy ravishda yemirilishi natijasida vujudga kelgan va donalari dumaloq materialdir. Chaqiq tosh (shag‘al) ning fizik-mexanik xossalari Davlatlararo standart GOST 8269.0-97 bo‘yicha aniqlanadi. 2.Chaqiq tosh (shag‘al) ning haqiqiy zichligi Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar: sig‘imi 100 mm li piknometr, laboratoriyatarozisi, tortish uchun stakan /byuks/, cho‘yan yoki chinni havoncha, eksikator, quritish javoni, qumli yoki suvli hammom, № 1,25 mm li elak. Sinovga tayyorgarlik va uni o‘tkazishtartibi 1. Chaqiq tosh (shag‘al) ning fraksiyalari o‘lchamiga qarab namunalar tortib olinadi. Namunalar massasi kamida quyidagicha bo‘lishi kerak: з-jаdvаl
2. Tortib olingan namuna laboratoriya tosh maydalash qurilmasida yirikligi 5 mm gacha maydalanadi va namuna kvortovaniye usulida150 g gacha kamaytiriladi. Bu namuna yana yirikligi 1,25 mm dan oshmaydigan qilib yana maydalanadi va massasi 30 g ga qadar kamaytiriladi. Shu miqdordagi namuna chinni havonchada tuyib kukunga aylantiriladi va quritiladi. Quritilgan namunadan 10 g dan olib 2 ta piknometrga joylanadi va ustiga distillangan suv quyiladi. 3. Namuna solingan har bir piknometr tarozida tortiladi. Keyin ularga (hajmining 2/3 qismigacha distillangan suv qo‘yiladi va aralashtiriladi, keyin piknometrlar qumli yoki suvlivannaga qiya holda joylanadi. Qum zarralaridagi havo pufakchalarini chiqarib yuborish uchun piknometrdagi suv qaynatiladi. 4. Havo pufakchalari chiqib ketgach, piknometr latta bilan artiladi, uy haroratigacha sovitiladi. Piknometrga qo‘shimcha distillangan suv (bo‘ynidagi chiziqchaga yetkazib) qo‘yiladi va tarozida tortiladi. Keyin piknometrdan suv va qum bo‘shatib olinib, piknometr yaxshilab chayiladi va bo‘ynidagi chiziqqacha yetkazib distillangan suv quyiladi va yana tarozida tortiladi. 5. Haqiqiy zichlik quyidagi formula buyicha aniqlanadi: , (g/sm3) Bu yerda: т — quritilgan kukunning massasi, g; в — suvning zichligi, 1 g/sm3ga teng; т1 — piknometrning distillangan suv bilan birgalik dagi massasi, g; т2—distillangan suv va qum solingan piknometrning havo pufakchalari chiqarib yuborilgandan keyingi massasi, g. Ikki marta o‘tkazilgan sinov natijalari orasidagi tofovut 0,02 g/sm3 dan oshmasa, haqiqiy zichlikni aniqlash nihoyasiga yetkazilgan hisoblanadi. Oradagi bundan kata bo‘lsa, chaqiq tosh (shag‘al) ning haqiqiy zichligi takror aniqlanadi. Ikki marta o‘tkazilgan sinovlarning o‘rtacha arifmetik qiymati eng so‘nggi natija deb qabul qilinadi. Download 35.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling