Rsatkichlari Generator-dvigatel tizimining mexanik tavsiflari


Download 131.5 Kb.
bet1/9
Sana19.06.2023
Hajmi131.5 Kb.
#1615369
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BOSHQARILADIGAN TRISTORLI KUCHLANISH ROSTLAGICH OZGARMAS


BOSHQARILADIGAN TRISTORLI KUCHLANISH ROSTLAGICH OZGARMAS TOK MATORI TIZIMI TAHLILI
Reja:


1. Elektr yuritmalarning aylanish tezligini rostlashning asosiy korsatkichlari
2. Generator-dvigatel tizimining mexanik tavsiflari
3. Boshqariluvchi to‘g‘rilagich-dvigatel tizimlari


1. Elektr yuritmalarning aylanish
tezligini rostlashning asosiy ko
rsatkichlari

Zamonaviy sanoat mexanizmlarining ish organlari tezlikni keng ko‘lamda o‘zgartirishni talab etadi. Jumladan, metallga ishlov berish dastgohlari, prokat stanlari, ko‘tarma kran va transport qurilmalari, qog‘oz ishlab chiqarish, ko‘mir qazib olish, to‘qimachilik va sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladigan mexanizmlar kiradi. Bu mexanizmlarning barchasida yuqori ish unumdorligini va talab etiladigan sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash maqsadida tezlikni rostlash zarur.


Tezlikni rostlash deb texnologik jarayon talablaridan kelib chiqqan holda elektr yuritma tezligini maj­buriy o‘zgartirishga aytiladi. Bu yerda tezlikni rostlash tushunchasini ishlab turgan mashina o‘qida yuklama o‘zgarishi hisobiga dvigatel tezligini tabiiy ravishda o‘zgarishi bilan chalkashtirib yubormaslik kerak. Tezlikni rostlash yuritma dvigateli yoki ishlab chiqarish mexanizmi uzatish tezligiga operator yoki maxsus avtomatik qurilma yordamida qo‘shimcha ta’sir natijasi­da amalga oshiriladi.
Elektr yuritmalar tezligini rostlashning turli usul­larini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:
1) rostlash diapazoni; 2) rostlash ravonligi; 3) rost­lash tejamkorligi; 4) berilgan tezlikda mo‘tadil ishlashi; 5) tezlik rostlanayotgandagi yo‘nalish (asosiy tezlikka nisbatan ko‘payishi yoki kamayishi); 6) turli tezliklardagi joiz yuklama.
1. Rostlash diapazoni. Maksimal wmaks tezlikni minimal wmin tezlikka nisbati bilan aniqlanadi:


= wmaks/wmin.

Elektr yuritmalarni rostlashning zamonaviy tizimlari teskari bog‘lanishlar hisobiga aylanish tezligi diapazonini anchagina kengaytirish imkonini beradi. Turli sanoat mexanizm va mashinalari turli rostlash diapazonini talab qiladi. Masalan, metall qirqish dastgohlarining bosh mexanizmlarining rostlash diapazoni = (4 : 1) - (100 : 1) va undan yuqori bo‘ladi, universal dastgohlarning uzatish mexanizmlari 1000 : 1 va undan ortiq diapazonda ishlaydi. Gazeta qog‘ozi tayyorlanadigan mashinalar rostlash diapazoni doirasi D = 3 : 1; yuqori sifatli qog‘oz tayyorlaydigan dastgohlarni esa = 20 : 1. Ayrim prokat stanlarining rostlash diapazoni = (20 : 1)ё(25 : 1) ga teng.



Download 131.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling