Rsatkichlari Generator-dvigatel tizimining mexanik tavsiflari


Ventil o‘zgartgichlarining boshqarish tizimlarini yaratish prinsiplari va tasnifi


Download 131.5 Kb.
bet6/9
Sana19.06.2023
Hajmi131.5 Kb.
#1615369
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BOSHQARILADIGAN TRISTORLI KUCHLANISH ROSTLAGICH OZGARMAS

Ventil o‘zgartgichlarining boshqarish tizimlarini yaratish prinsiplari va tasnifi. Bir fazali boshqariluv­chi to‘g‘rilagichlarning ishlash prinsipini 5- rasm­dan tushuntirish mumkin. Sinxronlashtiruvchi qurilma SQ arrasimon kuchlanish generatori AKG ni boshqaradi. Bu generator faza bo‘yicha tarmoq kuchlanishi Ut bilan sinxronlashtirilgan davomiyligi 180° elektr gradusiga teng bo‘lgan ustun kuchlanishi Uust ni shakllantiradi.

Taqqoslash sxemasi TS da turli qutbli Ub va Uust (6- rasm) kuchlanishlari taqqoslanadi. Ua=Ub ga teng bo‘lganda taqqoslash sxemasi TS uzunligi l =180°- a bo‘lgan Uts kuchlanishini hosil qiladi. l burchak boshqarish ventilining ochilish davomiyligini aniqlaydi. Tranzistorliga nisbatan tiristorli boshqarish ventili uchun impuls shakllantiruvchi yordamida qisqa Uish


larni olish kerak. Bu impulslar tiristorning boshqa­rish elektrodiga beriladi va uni ochadi. Tiristorning yopilishi esa uning asosiy elektrodida (anod va katodda) qutblar o‘zgarganda ro‘y beradi.


Ventillarning barcha boshqarish sxemalari faza prinsipi bo‘yicha ishlaydi, ya’ni bunda boshqarish burchagi deb yuritiladigan ventilni ochish burchagi a o‘zgartiriladi. Shuning uchun boshqarish tizimida asosiy element fazani surish qurilmasi (FSQ) hisoblanadi.
Boshqarish impulslarining faza surilishini ta’minlash usullari bo‘yicha tizimlar «gorizontal» va «vertikal» prinsipi bo‘yicha qurilgan bitta va ko‘p kanalli tizimlarga bo‘linadi. Bir kanalli tizimda barcha boshqarish impulslarining faza surilishi bitta FSQ da amalga oshiriladi, ularni ayrim ventillarni boshqa­rish kanallari bo‘yicha taqsimoti maxsus kommutator orqali amalga oshiriladi (7- rasm, a).


7- rasm. Uch fazali nul sxemali o‘zgartgich BO‘-D tizimi:
a — tizim kuchli zanjirining soddalashtirilgan prinsipial sxemasi; b — ekvivalent sxemasi.

Ko‘p kanalli tizimda impulslarni faza surilishi har bir kanalda o‘zining FSQ orqali amalga oshiriladi (7- rasm, b).


Zamonaviy boshqarish tizimlari 6- rasmda foydalanilgan «vertikal» boshqarish prinsipi bo‘yicha qurilmoqda. Bu holda boshqarish kuchlanishi ustun kuchlanishi bilan taqqoslanadi. Kuchlanishni o‘zgartirish bilan faza surilishini olish mumkin.
Uch fazali nol sxemali o‘zgartgich-dvigatel tizimi­dagi jarayonlar va tizimning statik tavsiflarini ko‘rib chiqamiz. Ekvivalent sxemada (7- rasm, b) quyida­gi belgilashlar qabul qilingan: e2a, e2b, e2sEYK larning oniy qiymatlari, bu EYK kuchli transformator ikkilamchi chulg‘amlarining fazalarida hosil bo‘ladi: ia, ib, is — ventillardan o‘tayotgan toklarning oniy qiymatlari: Ud va id — o‘zgartgich chiqishidagi to‘g‘rilangan tok va kuchlanishning oniy qiymatlari: Id — to‘g‘rilangan tokning o‘rtacha qiymati: rtr va Xtr — transformator fazalari qarshiliklarining aktiv va induktiv tashkil etuvchilarini uning ikkilamchi zanjiriga keltirilgan qiymatlari:
(3)
bu yerda: R1 va R2 — transformator fazasi birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlari qarshiliklarining aktiv tashkil etuvchilari, X1 va X2 — mos ravishdagi qarshiliklar­ning induktiv tashkil etuvchilari; w1 va w2 — birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning o‘ramlar soni.
To‘g‘rilangan EYK o‘rtacha qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ed = Edmaxcos a (4)

bu yerda: Edmax-a = 0 bo‘lgandagi maksimal EYK quyidagicha aniqlanadi:




(5)

Bu yerda: E2-= 1 bo‘lganda transformator ikkilamchi chulg‘ami EYK ning faza qiymati, = 2 bo‘lganda esa liniya EYK ning qiymati olinadi.


BT-D tizimi yakor zanjiridan umumiy kuchla­nish tushishi ventildagi kommutatsiya jarayonidagi kuchlanish tushishi DUx, ventilning ochiq holdagi kuchlanish tushishi DUv (dvigatel cho‘tkalaridan kuchlanish tushishi hisobga olinganda), transforma­tor aktiv qarshiliklaridagi kuchlanish tushishi DUr, reaktor aktiv qarshiliklaridagi kuchlanish tushishi DUp va yakordagi kuchlanish tushishi DUya yig‘indisiga teng.
BT-D tizimi parametrlarini aniqlaymiz. Kuchla­nish tushishi DIb o‘zgartgichning taktiga bog‘liq DUqUov + DUr. O‘zgartgichning bir taktli sxemasi­da DIR kuchlanish tushishi:


(6)

Berilgan a qiymatida kommutatsiya burchagi g ni quyidagi ko‘rinishda aniqlaymiz:


(7)


Agarda g burchak 20—30° dan ortmasa, u holda gmq << 4p bo‘ladi va shuning uchun DU» rtrId deb qabul qilinadi.


Uch fazali nol sxema uchun kuchlanishning kamayi­shi ventillardagi kommutatsiya jarayoni bilan bog‘liq. Bu kuchlanishni quyidagi formla bo‘yicha aniqlamiz:


(8)

Shunday qilib, to‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati Ud uchun boshqariluvchi o‘zgartgichning uch fazali nol sxemasida (= 3, = 1), (8) ifodalardan foydalanib quyidagini olamiz:




UEd maxcos a-DUv-DUr-DUX yoki

parametrlarning son qiymatlari qo‘yilganda:




U= 1,17E2cos a-DUv-Rekv 1 Id, (9)

bu yerda: Rekv 1 rtr(1-0,238g) + 0,478Xtr; g- kommutatsiya burchagi, rad.


Uch fazali ko‘priksimon sxemali boshqariluvchi to‘g‘rilagich (= 3 va = 2) to‘g‘rilangan kuchlani­shining o‘rtacha qiymatini hisoblash uchun (9) ifodani quyidagi ko‘rinishda yozamiz:


U= 2,34Ecos a-DUv-Rekv 2, Id, (10)

bu yerda: Rekv 2 rtr(1-0,476g) + 0,956Xtr.


Olingan ifodalar, mexanik tavsiflarni hisoblash va yuritmaning rostlash xususiyatini baholash imkoniya­tini beradi.

Download 131.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling