Rsatkichlari Generator-dvigatel tizimining mexanik tavsiflari


BT-D tizimida reverslash usullari va ularning mexa­nik tavsiflari


Download 131.5 Kb.
bet8/9
Sana19.06.2023
Hajmi131.5 Kb.
#1615369
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BOSHQARILADIGAN TRISTORLI KUCHLANISH ROSTLAGICH OZGARMAS

BT-D tizimida reverslash usullari va ularning mexa­nik tavsiflari. BT-D tizimida dvigatelni quyidagi uchta usulda reverslash mumkin:
1. Yakor toki yo‘nalishi o‘zgarmas bo‘lganda dvigatel magnit oqimi yo‘nalishini o‘zgartirib (9- rasm, a).
2. Yakordagi kuchlanish qutblarini o‘zgartirib (9- rasm, b) maxsus avtomatik ulagich qurilmasi — reversor yordamida.
Ikkita qarama-qarshi ulangan o‘zgartgichlar yordamida dvigatel yakoriga qo‘yilgan kuchlanish qutblarini o‘zgartirib (9- rasm, d).
Birinchi ikkita usulning afzalliklari bitta ventil o‘zgartgichni qo‘llashdan iborat.
Birinchi usulning kamchiligi revers operatsiyasining cho‘zilib ketishidir. Chunki qo‘zg‘atish chulg‘amining


9- rasm. BO‘-D tizimida reverslashning prinsipial sxemasi:
a — dvigatel qo‘zg‘atish chulg‘amini teskari ulash bilan;
b — dvigatel yakorini teskari ulash bilan;
d — ikkita komplekt o‘zgartgichdan foydalanish bilan.

doimiyligi katta (1,5 s gacha) bo‘lganligi bois revers jarayo­nida yakordagi kuchlanish pasaytirish kerak. Bunda yakor zanjirida tokning sakrashlari sodir bo‘lmasligi lo­zim.


Ikkinchi usul reverslash vaqtini 0,1 s gacha kamaytiradi, lekin «Oldga» (Old) va «Orqaga» (Orq) yurish kontaktorlaridan birini o‘chirib ikkinchisini yoqish murakkablashadi. Masalan, «Oldga» aylanishi­dan oldin a burchagi ko‘paytiriladi, shundan so‘ng esa Ed bo‘lgan rejim olinadi.
Ventillar bir tomonga o‘tkazish qobiliyatiga ega, shuning uchun to‘g‘rilangan tok Id nolgacha tushadi. Shundan so‘ng rostlash burchagini a > 90° dan oshi­ra borib, o‘zgartgich invertor rejimida ishlashga tayyor­lanadi. Ede » E bo‘lganda «ortga» kontaktorlari ulanadi. Demak, tokni katta sakrashisiz dvigatelni rekuperativ tormozlash amalga oshiriladi. (8- rasmdagi I kvadrantga qarang). a burchakni kamaytirib yuritma dvigatel rejimiga o‘tadi.
Revers paytida maksimal tezkorlikni talab qiladigan yuritmalar uchun hamda yakor aylanishi yo‘nalishi o‘zgarmas bo‘lganda dvigatel va tormozlash rejimini amalga oshirish kerak bo‘lganda uchinchi usul qo‘llaniladi. Bu holda ikkita komplekt o‘zgartgichni qo‘llash ularning ikkala tomonga o‘tkazish imkonini beradi.
10- rasm. BO‘-D reversiv tizimining ikkita komplekt
ventildan foydalanilgan kuchli zanjir sxemasi:
a — almashilgan nol chiqishli; b — ko‘priksimon o‘zgartgichli.

Asosan ikkita komplektli o‘zgartgichlarning ikkita ulanish sxemasi qo‘llaniladi: chorrahali (kesishgan) yoki sakkizsimon (10- rasm, a, b), qarama-qarshi parallel yoki teskari parallel ko‘rinishdagi sxemalar (11- rasm, a, b) qo‘llaniladi.


11- rasm. BO‘-D tizimida o‘zgartgichlarni qarama-qarshi parallel ulanish sxemasi:
a — nol chiqishli; b — ko‘priksimon.

Chorrahali sxemalarda ikkala o‘zgartgich transformatorlari izolatsiyalangan ikkilamchi chulg‘amdan ta’minlanadi. O‘zgartgichlar teskari-parallel ulanganda transformatorning bitta ko‘p fazali guruh chulg‘ami ishlatiladi.


Bu o‘zgartgichlarning ishlash xususiyati asosan ularning qay yo‘sinda boshqarilishiga bog‘liq.
Agar 10- rasm, a dagi sxema o‘zgartgichi 1O‘ yuritmaning dvigatel rejimini ta’minlayotgan bo‘lsa va to‘g‘rilash rejimida ishlayotgan bo‘lsa, u holda 2O‘ o‘zgartgich yopiq bo‘lishi va invertor rejimida ishlashga tayyor bo‘lishi kerak.
Bu holda 1O‘ o‘zgartirgan energiyani 2O‘ orqali tarmoqqa uzatilmasligi uchun, Ed2 Ed1 dan katta bo‘lishi kerak.
Ko‘rinib turibdiki, umumiy holda quyidagi tengsizlik saqlanishi kerak:


Edi і Edt, (17)

bu yerda: Edi va Edt — invertor va to‘g‘rilash rejimida ishlayotgan o‘zgartgichlarning to‘g‘rilangan EYK ning o‘rtacha qiymati.


Energiyani tarmoqqa uzatish yo‘li bilan generatorli tormozlash rejimida ham (17) ifoda saqlanishi kerak. Lekin bu holda faqat invertor ishlaydi, to‘g‘rilagich esa yopiq bo‘ladi yoki yuritmani dvigatel rejimida ishlatishga tayyor turadi.
O‘zgartgichlarni birgalikda va alohida boshqarishdagi tavsiflar bilan tanishib chiqamiz. Birgalikda boshqarilayotganda boshqarish signallari (17) tengsizlikni saqlagan holda ikkala o‘zgartgich komplektiga beriladi. Lekin bu holda o‘zgartgichlarning EYK lari orasida farq bo‘lgani uchun o‘zgartgichlar va yuritmaning kuchli zanjiri orasida tenglashtiruvchi toklar hosil bo‘ladi.
Ularni cheklash uchun ikkita 1P va 2P (10- rasm, a, b) yoki to‘rtta 1P—4P (11- rasm, b) tenglashtiruvchi reaktorlar qo‘llaniladi. Bundan tashqari yakordagi pulsatsiyalarni yo‘qotish uchun P reaktori qo‘llaniladi.
Reversiv yuritma mexanik tavsifining ko‘rinishi o‘zgart­gichlarning ikkala komplektlarini boshqarish burchaklarini muvofiqlashtirish turiga bog‘liq.
Agarda tenglashtiruvchi kuchlanishning o‘rtacha qiymati nolga teng deb qabul qilinsa, u holda quyida­gi shartlarga ega bo‘lamiz:



Download 131.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling