Rsatkichlari Generator-dvigatel tizimining mexanik tavsiflari
Download 131.5 Kb.
|
BOSHQARILADIGAN TRISTORLI KUCHLANISH ROSTLAGICH OZGARMAS
Ed1 + Ed2-DU1o‘-DU2o‘ = 0;
cos a1 + cos a2 = 2DUo‘E-1dmax=2 e. (18) Tiristorli va tranzistorli o‘zgartgichlar uchun E = 0 deb qabul qilamiz va quyidagini aniqlaymiz: a1 + a2 » p, (19) bu yerda: a1 va a2-1O‘ va 2O‘ o‘zgartgichlarning boshqarish burchaklari. Boshqarish burchaklarini muvofiqlashtirishni boshqarish tizimining kosinusli rostlash tavsifi a = arccos bo‘lganda ta’minlash mumkin, bu yerda — boshqarish signalining nisbiy qiymati. Chiziqli muvofiqlashtiruvchi sxemaning kamchiligi tenglashtiruvchi toklarning mavjudligida va shu tufayli tenglashtiruvchi reaktorlarning qo‘llanishidadir. Bu toklar bilan transformator va tiristorlar qo‘shimcha yuklanadi. Bu esa o‘z navbatida qurilma narxini oshiradi. Tenglashtiruvchi reaktorlar hisobiga yuritma inersiyasi ortib, tezkorligi esa pasayadi. Bundan tashqari, transformatorlarning o‘rnatilgan quvvatidan to‘la foydalanib bo‘lmaydi, chunki o‘zgartgichning maksimal EYK ventillar ochilishining minimal o‘zish burchagini bmin ni cheklaydi: Edp max = Ed max cos bmin. (20) Bu yerda Edp max — ikki komplektli tiristorning to‘g‘rilangan EYK ning maksimal qiymati. Tenglashtiruvchi toklarni kamaytirish maqsadida quyidagi shart bajarilgan holda boshqarish burchaklarini chiziqsiz (to‘la bo‘lmagan) muvofiqlashtirish usuli qo‘llaniladi: a1 + a2 » p + z Bunday muvofiqlashtirishda yuritmaning energiyani tarmoqqa qaytarib, dvigatel rejimidan tormozlash rejimiga o‘tishida elektromexanik tavsiflarini ideal salt yurish sohasida birmuncha qiyshayishiga olib keladi (12- rasm, b). O‘zgartgichlarni alohida boshqarish tenglashtiruvchi toklarni yo‘qotish maqsadida qo‘llanadi. Bu hol 12- rasm. BO‘-D reversiv elektr yuritmasining rostlash va elektromexanik tavsiflari: a — boshqarish burchaklarini chiziqli to‘g‘rilashdagi rostlash tavsifi; b — ventil komplektlarini birgalikda boshqarilganda va boshqarish burchaklarini chiziqli to‘g‘rilashda elektromexanik tavsiflar; d — boshqarish burchaklarini nochiziq to‘g‘rilashdagi birgalikda boshqarishdagi elektr yuritmalarning elektromexanik tavsiflari. da yuritmaning dvigatel rejimida boshqarish impulslari faqat bitta o‘zgartgichga, masalan, 1O‘ ga beriladi. Ayni paytda 2O‘ yopiq holda bo‘ladi. Generatorli tormozlash rejimiga o‘tish uchun 1O‘ dan boshqarish impulslari olinib to‘xtashdan so‘ng 2O‘ ga beriladi va u invertor rejimida ishlaydi. Yuritmaning bir rejimdan boshqasiga o‘tishida uzlukli tok sohasi hosil bo‘ladi. Boshqarish burchaklarini chiziqli muvofiqlashtirilganda esa w10 nuqtasi 13- rasm. BO‘-D yuritmasining o‘zgartgich komplektlarini boshqarish burchaklarini chiziqli kelishtirilgan va alohida boshqarilgan holatdagi elektromexanik tavsiflari. yaqinida mexanik tavsiflarning uzilishi sodir bo‘ladi (13- rasm). Alohida boshqarish quyidagi afzalliklari bilan tavsiflanadi: transformatorlardan to‘liq foydalanish; tenglashtiruvchi reaktorlardan foydalanmaslik; invertorlarni qisqa tutashishiga yo‘l qo‘ymaslik; yuritmaning FIK ni oshirish va isroflarni kamaytirish. Shu bilan birga boshqarishning bunday usuli boshqarish qurilmalariga yuqori talablar qo‘yadi. Yuritmaning dvigatel rejimidan tormozlash rejimiga to‘xtab o‘tgani sababli yuritmaning inertligi ortadi. Bundan tashqari alohida boshqarish dvigatel rejimidan tormozlash rejimiga ravon o‘tishni talab qiladigan yuritmalarda (masalan, liftlarda va yuk ko‘tarish mexanizmlarida) qo‘llanilmaydi. Download 131.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling