5-laboratoriya mashg`uloti bosh skeleti suyaklari (2 soat)


Download 3.45 Mb.
bet1/4
Sana09.10.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1696520
  1   2   3   4
Bog'liq
5-LAB


5-LABORATORIYA MASHG`ULOTI
BOSH SKELETI SUYAKLARI (2 soat)


Kerakli materiallar va jihozlar: (material va jihozlar ikkita talabaga bir komplekt (to‘plam) tayyorlanadi):

  1. Odamning bosh skeleti.

  2. Odamning alohida ajratilgan miya qutisi suyaklari.

  3. Peshona, tepa, ensa, chakka, ponasimon va g‘alvirsimon suyaklar

  4. Lupa.

  5. Mikroskop.

Vazifa
Odamning bosh skeletining tuzilishini o’rganish, tarqatma materiallardan foydalanib miya qutisining alohida suyaklarini ko‘rib chiqish.


Bosh skeleti yoki kalla suyaklari (cranium) bosh miya va u bilan birga takomil etgan a’zolarining tayanch bo’lib ularni tashqi muhit ta’siridan saqlab turadi. bundan tashqari, kalla suyagining yuz qismida organizm hayotida katta ahamiyatga ega bo’lgan nafas sistemasining boshlang’ich qismi-burun bo’shlig’i cavum nasi ovqat hazm qilish sistemasining og’iz bo’shlig’i- cavum oris joylashgan. Kalla suyagi ikkita bo’limga: I kallaning miya bo’limi - craniu cerebrale yoki neurocranium hamda II-kallaning yuz bo’limi- craniuviscerale, shunindek splanchnocranium ga ajratiladi.
Miya bo’limi tepa tomondan kalla qopqog’i (calvaria) bilan qoplangan, uning ichida bosh miya joylashadigan kalla bo’shlig’i (cavu crani cerebralis) bor. Kalla bo’shlig’i umurtqa kanalining kengaygan uchi hisoblanadi, bu yerda bosh miya va uning pardalari, qon tomirlar joylashgan.
Kalla bo’shlig’i pastki tomondan har turli teshik va kanallari bo’lgan kalla tubi-basis cranii bilan chegaralanadi.
Kalla qopqog’ining zich moddadan tuzilgan tashqi plastinkasi- lamina cranii extarna va ichki yoki shishasimon plastinkasi lamina cranii intarna s. Vitrea mavjud. Ularning orasida yupqa g’ovak modda (diploe) joylashgan. G’ovak moddadan vena kanallari o’tadi. ichki plastinkada organik moddalar kamligidan u mo’rt, tez sinuvchan bo’ladi. Shishasimon plastinka degan nom ham ana shundan kelib chiqqan. Kalla suyagining miya bo’limi - neurocranium ensa suyagi (os occipitale), peshona suyagi (os frontale) tepa suyagi (os parietale), ponasimon yoki asosiy suyak (os sphenoidale), g’alvir suyak (os ethmoidale) va chakka suyaklaridan (os temporale) tuzilgan. Tepa suyagi bilan chekka suyaklari bir juftdan, boshqalari esa toq.
Kallaning yuz bo’limi (cranium viscerale) yuqori jag’ (maxilla), nglay suyagi (os palatium), yonoq suyagi (os zugoma ticum), burun suyagi (os nasale), ko’z yoshi suyagi (os lacrimale), burun pastki chig’anog’i (concha nasalis inferior), dimog’ suyagi (vomer), pastki jag’ (mandibula) va til osti (os hioiduem) suyaklaridan tuzilgan.

Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling