5-laboratoriya mashg`uloti bosh skeleti suyaklari (2 soat)


Download 3.45 Mb.
bet3/4
Sana09.10.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1696520
1   2   3   4
Bog'liq
5-LAB

Chakka suyagi (os temporale). Eshituv, muvozanat saqlash a’zolarini o’z tarkibida saqlab turadi. Chakka suyagi to’rt qismdan iborat. Bular: palla (tanga) -pars squamosa, nog’ora - pars tumpanica, piramida (toshsimon)- pars petrosa va so’rg’ichsimon pars mastoidea qismlaridir. Ana shu qismlar yangi tug’ilgan chaqaloqlarda alohida bo’lib, bola bir yoshga to’lganda suyaklanib, birlashib, bitta butun chakka suyagini hosil qiladi. Chakka suyagining to’rttala qismi tashqi eshituv yo’li - eatus acusticus externus atrofida joylashgan.
Chakka suyagi (tangasimon qismi) pallasi pars squamosa ning ichki yuzasi facies cerebralis da miya egatlarining izlari bor. Pallaning tashqi yuzasi -acies temporalis silliq bo’lib, chakka chuqurining hosil bo’lishida qatnashadi, undan chiqqan yonoq o’sig’i - processus zygomaticus yonoq suyagi bilan birlashadi. Pastroqda pastki jag’ bilan bo’g’im tuzadigan chuqurcha fossa mandibularis joylashgan. Uning oldingi tuberculum articulare do’mbog’i pastki jag’ning bo’g’im o’sig’ini chuqurchadan chiqib ketishdan saqlab turadi.
2. Nog’ora qismi (pars tympanica) unchalik katta bo’lmagan va bir oz egilgan plastinka bo’lib, chakka suyagi tashqi eshituv yo’lining oldi va orqa tomonini chegaralab turadi. Lateral tomondan so’rg’ichsimon o’siq - processus mastoideus va medial tomondan piramida qismlari bilan qo’shilib tursa, pastki tomon bigizsimon o’siq (proctssus styloideus) ildizini o’raydi.
3. Toshsimon qismi (pars petrosa) chakka suyagining boshqa qismlariga nisbatan qattiqroq tuzilishga ega, shuning uchun bu bo’lim toshsimon yoki shakliga qarab piramida - pyramis deb ataladi.
Piramida bag’rida eshituv va muvozanatni saqlash a’zolari joylashgan, ular turli tashqi ta’sirotlardan saqlanib turadi.
Piramidaning oldingi yuzasi- facies anterior da (piramidanining uchi yaqinida), bosh miya uchlik nerv tugunining chuqur izi-impres trigemini joylashgan. chuqurchaning yon tomonida ikkita parrall joylashgan nozik egatcha bor, medial tomonida- sulcus n. Petrosi major lateral tomonda-sulcus n. Petrosi minoris, egatchalar hiatus canan. Petrosi majoris et minoris nomli teshikchalarga davom etadi. Oldingi yuzaning orqa bag’ridagi yarim doira - semicanalis kanalining (ichki quloq tuzilishiga qarang) turtib chiqishidan vujudga kelgan tepa eminentia arcuata bor. nihoyat piramidaning oldingi yuzasi nog’ora bo’shlig’ining tomi-tegmen tympani holida joylashgan. Priamidaning orqa yuzasi - facies posterior da joylashgan ichki eshituv teshigi-porus acusticus internus orqali bosh miyaning yuz va eshituv nervlari, ichki eshituv qon tomirlari o’tadi.

Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling