Uch fazali o’zgaruvchan tok elektr zanjirlariga “yulduz” va “uchburchak” usullarda ulash
Download 0.94 Mb.
|
uch fazali elektr zanjirda yulduzcha va uchburchak ulash — копия
Uch fazali o’zgaruvchan tok elektr zanjirlariga “yulduz” va “uchburchak” usullarda ulashBajardi: Mahmudxo’jayev Murtozxon Reja:
Zanjirga bir vaqtning o‘zida ta’sir qiluvchi bir xil chastota va amplitudali uchta, bir-biriga nisbatan 120° siljigan EYKlar majmuasi uch fazali simmetrik sistema deyiladi. Uchta EYK bir manbada hosil qilinadi. Har bir EYK ta’sir etuvchi parallel ulangan zanjir faza deyiladi. Fazalar mos ravishda A, B, C harflari bilan belgilanadi. EYKlaming oniy qiymatini yozamiz.
Uchta bir xil o'ramli faza jihatdan bir-biriga nisbatan 120° siljigan chulg‘amlami bir jinsli magnit maydonda w tezlik bilan aylantirilsa, uch fazali simmetrik EYK hosil bo‘ldi. Hoziigi vaqtda barcha elektr energiya uch xil elektr stansiyalar (1ES, GES va AES) da ishlab chiqariladi. Bu elektr stansiyalarda elektr energiya uch fazali tok ko‘rinishida sinxron generatorlar yordamida ishlab chiqariladi. Sinxron generatorlar rasmda tasvirlangan sistemaning teskari ko‘rinishidir, ya’ni
sinxron generatorlaming statorida uchta chulg‘am joylashtirilgan, aylanadigan induktor qismida magnit maydon hosil qilinadi. Yakor aylanganda uning magnit maydoni statoming uchta chulg‘amida EYK hosil qiladi. Chulg‘amlaming o‘ramlari soni bir xil bo‘lgani va bu chulg‘amlar fazoda bir-biriga nisbatan 120° gradusga siljiganligi sababli, har bir chulg‘amda hosil qilingan EYK bir xil amplitudali bo'ladi. Bu EYKlarni kompleks shaklda yozamiz va vektor diagrammasini chizamiz: 2. Uch fazali o‘zgaruvchan tok zanjirini „yulduzcha“ usulida ulash Uch fazali EYKlar va iste’molchilar, asosan, ikkita: „yulduzcha“ va „uchburchak“ usulida ulanadi. „Yulduzcha“ usulida ulangan zanjirni ko‘rib chiqamiz. Bu usulda generatoming statoridagi chulg'amlaming bir uchlari X, Y, Z bir tugunga tutashtiriladi va bu tugun „0 “ harfi bilan belgilanadi. Bu nuqta befarq nuqta deyiladi. Chulg‘amlaming ikkinchi uchlari esa liniya simlari orqali iste’molchiga ulanadi (4.3- rasm). Demak, liniya — generatorning har uchala fazasi yulduzcha usulida ulangan ZA,ZB,ZC iste’molchiga tutashtiruvchi simlardir. Uch fazali zanjirlami hisoblashda ko‘pincha bu simlarning qarshiligi hisobga olinmaydi. Iste’molchining bir uchi generatorning fazalariga, ikkinchi uchi „0 ,“ tugunga tutashtirib ulanadi. Agar iste'molchi har uchala qarshiligining to‘la kompleks qiymati bir-biriga teng bo‘lsa, simmetrik uch fazali sistema deyiladi. Rasmdagi liniya toklari iste’molchi toklariga teng bo‘lib, quyidagicha aniqlanadi: Uao-Ubo- Uco - faza kuchlanishlari. Bu kuchlanishlar har bir faza va generatoming befarq nuqtasi orasidagi potensiallar ayirmasiga teng. Konturing biri uchun Kirxgofning ikkinchi qonuniga binoan tenglama yozamiz: Boshqa konturlar uchun: bunda Uab, Ubc, Uca — liniya kuchlanishlari. Bu formulalar liniya va faza kuchlanishlarining kompleks kattaliklari o‘rtasidagi bog'lanishni ifodalaydi. Mana shu formulalar asosida faza va liniya kuchlanishlarining vektor diagrammasini chizamiz (rasm). A va B faza kuchlanishlari orqali liniya kuchlanishining ifodasi vektor diagrammadan ko‘rinib turibdiki, liniya kuchlanishlari Uab, Ubc, Uca ham bir-biriga nisbatan 120°, faza kuchlanishlari UA0, Um , Uco esa 30° siljigan. Uch fazali zanjirlarni „uchburchak“ usulida ulash Chulg'amlar uchburchak usulida ketma-ket ulanadi, ya’ni har bir chulg'amning oxirgi uchi keyingi chulg‘amning boshiga ulanadi. Rasmda uchburchak usulida ulangan uch fazali zanjir ko‘rsatilgan. IA, IB, Ic liniya toklari bo‘lib, bu tok generatorni iste’molchi bilan tutashtiruvchi simlardan oqadi. IAB, IBC, ICA — iste'molchidan oqadigan toklar; bu toklar faza toklari deyiladi. ZAB, ZBC, ZCA — iste’molchining to‘la qarshiliklari, generator chulg'amining EYK ta’sirida bo‘ladi. Demak, iste'molchining har bir to‘la kompleks qarshiligining kuchlanishlarini quyidagicha yozish mumkin: Bu kuchlanishlar faza kuchlanishlari bo‘lib, uch fazali zanjirlami uchburchak usulida ulaganda Uf — Uv Faza toklari quyidagi munosabatlardan topiladi: zanjirlami uchburchak usulida ulaganda Uf — UL Faza toklari quyidagi munosabatlardan topiladi: Liniya va faza toklari o‘rtasidagi munosabatlami aniqlash maqsadida tugunlar uchun Kirxgofning birinchi qonuniga muvofiq tenglamalar yozamiz: Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling