Mavzu: Bir fazali asinxron dvigatellar
Download 76.45 Kb.
|
Nazarov Javohir elektrotexnika
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Farg‘ona politexnika instituti Kimyo-texnologiya fakulteti 70-21 NNGQIT guruh talabasi Nazarov Javohirning Elektrotexnika fanidan mustaqil taqdimot ishiMavzu: Bir fazali asinxron dvigatellarReja:Vazifasi va qo’llanish sohasi.Sinxron generatorning turlari.Sinxron mashina ham asosan ikki qismdan, ya’ni qo’zg’almas qismi – stator va aylanuvchi qismi rotordan iborat. Mashinaning statori tuzilishi jihatidan asinxron mashinaning statoridan farq qilmaydi. Stator mashinaning korpusi, statorning po’lat o’zagi va po’lat o’zak pazlariga joylashtirilgan bitta yoki uchta chulg’am dan tuzilgan. Sinxron mashina bir fazali va uch fazali bo’lishi mumkin. Mashinaning rotoriga magnit qutblari o’rnatiladi
Qutblarning po’lat o’zagida o’zgarmas tok manbaidan ta’minlanadigan chulg’am bor. Bu chulg’am sinxron mashinaning qo’zg’atish chulg’ami deyiladi. Rotor qutblaridagi bu chulg’amga o’zgarmas tok halqa va cho’tka orqali o’zgarmas tok manbaidan beriladi . Sixron mashinaning asosiy magnit oqimini qo’zg’atish chulg’amining toki hosil qiladi. Agar rotor qandaydir birlamchi motor yordamida, masalan n2 tezlik bilan aylantirilsa, qo’zg’atish chulg’ami hosil qiladigan magnit oqimi stator chulg’ami simlarini kesib o’tadi va unda chastotasi bilan aniqlanadigan EYUK hosil qiladi. Agar stator chulg’amiga uch fazali iste’molchi ulansa, chulg’amlardan uch fazali nagruzka toki o’ta boshlaydi. Bu toklar stator ichida aylanma magnit maydoni hosil qiladi. Bu maydonning aylanish chastotasi bilan aniqlanadi. YUqorida keltirilgan formulalardan n1=n2 bo’lishini aniqlaymiz. Demak, sinxron mashinaning rotori uning statori ichida yuklama toki hosil qiladigan aylanma magnit maydonining aylanish chastotasi bilan bir xil tezlikda aylanar ekan. Shuning uchun ham bunday mashinalar sinxron mashinalar deyiladi. Asinxron elektr dvigatel — dvigatel rejimida ishlaydigan asinxron mashina; elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi. Ish tarzi stator chulgʻamlari boʻylab uch fazali oʻzgaruvchan tok oʻtganda vujudga keladigan aylanuvchi magnit maydonining stator maydoni rotor chulgʻamlarida hosil qiladigan tok bilan oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Rotorning aylanish tezligi asosan quyidagi for60/71-S_muladan aniqlanadi: p = —~— , bunda:f— taʼminlovchi tok chastotasi; r — mashina qutblari soni; s— sirpanish, yaʼni rotor nisbiy tezligining statorning aylanuvchi magnit maydoniga nisbatan orqada qolishini koʻrsatuvchi son. Aylanish tezligini tok chastotasi, qutblar soni va sirpanishga taʼsir etib oʻzgartirish mumkin. Tok chastotasini oʻzgartirish energiya iyerofini cheklagan holda tezlikni ravon oʻzgartirishga imkon beradi. Shuning uchun chastota boʻyicha boshqariluvchi Asinxron elektr dvigatelni yaratish asosiy muammolardan biriga aylangan. Asinxron elektr dvigatel elektr yuritmalarda asosiy dvigatel sifatida ishlatiladi. Quvvati bir necha Vt dan oʻnlab MVt gacha boʻladi. Asinxron dvigatellar "Arago-Lens diski" xodisasi asosida ishlaydi. Sinxron mashinada (umuman elektr mashinalarida) uning asosiy EYUK hosil bo’ladigan va yuklama toklari o’tadigan chulg’am (stator chulg’ami) yakor chulg’ami deyiladi. Qo’zg’atish chulg’ami o’rnatilgan (rotori) induktor deyiladi. Demak keltirilgan sinxron mashinada statori – yakor; rotori esa induktor hisoblanadi. Umuman, ishlash printsipi jihatidan sinxron mashinada uning yakori qo’zg’almas, induktori aylanuvchi yoki aksincha bo’lishi mumkin. Ba’zi mashinalarda yuklama toklari o’tadigan yakor chulg’ami rotorga, qo’zg’atish chulg’ami esa statorga o’rnatiladi. Lekin hozirgi zamon katta quvvatli sinxron generatorlarida qulaylik yaratish uchun yakor chulg’ami statorda, o’zgarmas tok manbaidan ta’minlanadigan qo’zg’atish chulg’ami rotorda o’rnatiladi. Sinxron mashina generator sifatida ham, motor sifatida ham ishlay oladi. Lekin amalda bunday mashinalar asosan generator sifatida ishlatiladi. Sanoat korxonalarida ba’zi o’rtacha va katta quvvatli mexanizmlarni harakatga keltirish uchun sinxron motorlar ham qo’llaniladi. Sinxron mashina generator sifatida ishlashi uchun uning rotorini qandaydir birlamchi motor yordamida aylantirish lozim. Bunda mashinaning asosiy magnit maydoni stator chulg’ami o’ramlarini kesib o’tadi va bu chulg’amda EYUK hosil qiladi. Demak, sinxron generator elektromagnit induktsiyasi qonuni asosida ishlaydi. Bunda birlamchi motorning mexanik energiyasi sinxron generatorda elektr energiyaga aylanadi. Agar sinxron mashinaning stator chulg’amlari kuchlanish va chastota bo’lgan elektr tarmog’iga keyingi paragraflarda o’rnatiladigan shartlarga rioya qilgan holda ulansa, chulg’amlardan o’tuvchi uch fazali toklar, asinxron mashinadagiga o’xshab, stator ichida aylanma magnit maydoni hosil qiladi. Bu maydonning mashina qo’zg’atish chulg’amining toki hosil qilgan maydon bilan o’zaro ta’siri natijasida mashinaning rotoriga aylantiruvchi elektromagnit moment ta’sir eta boshlaydi. Mashina motor bo’lib ishlaganda elektromagnit moment aylantiruvchi moment bo’ladi. Generator sifatida ishlaganda bu moment tormozlovchi moment bo’ladi. Mashina turg’un rejimda ishlab turganda uning rotori magnit maydoniga nisbatan qo’zg’almasdir va rotor validagi mexanik yuklamaga bog’liq bo’lmagan holda n1=n2 chastota bilan aylanadi. Sinxron mashina turg’un rejimda ishlaganda quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi: E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMATDownload 76.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling