Kirish “Oʻzbekiston havo yoʻllari” makdagi tarkibiy oʻzgarishlar yakunlandi


Xizmat ko’rsatish-texnikaviy hududi (XTH


Download 0.7 Mb.
bet2/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1545684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ҳисоб ва ёзув қисмлари

Xizmat ko’rsatish-texnikaviy hududi (XTH) – aeroportning aerodromga yondoshgan qismi bo’lib, u yerda ma'muriy-jamoaviy, ishlab chiqarishga oid va yordamchi bino va inshootlari joylashadi.
Aeroport hududida vertolyotlar uchun ko’tarilish va qo’nish maydonlari qurilib jihozlanishi mumkin, bunda qo’nish uchun band bo’lmagan tasmalar ajratiladi va yon tomondan to’siqlar qo’yiladi. Vertolyotlar bilan passajirlar va yuklar tashish uchun vertolyot maydonchasi yoniga maxsus bino quriladi yoki aeroport binosidan maxsus joylar ajratiladi.

ANDIJON VILOYATI IQLIMI

Andijon viloyati – O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida. 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. Mayd. 4,2 ming km2. Axoliey 2196,0 ming kishi (2000). Andijon viloyatida 14 qishloq tuman, 11 shahar va 95 qishloq fuqarolari yig‘ini bor (2000). Markazi — Andijon shahri. Andijon viloyati tumanlari Asaka tumani, SHahrixon tumani va b. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng Andijon viloyatida, boshqa viloyatlarda bo‘lgani kabi, boshqaruvning tarixiy va milliy shakli — hokimlik o‘rnatildi. Natijada hokimliklarda ko‘proq mustaqillik, o‘z hududida o‘z hukmi va so‘zining tasirini oshirish, xo‘jalik va iqtisodiy boshqaruvda qatiyat bilan ishlash imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Hokimliklar hayotga hamda i.ch.ga yaqinlashdilar. A. v. hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda viloyat xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqdanadi.


Tabiati
Andijon viloyati er yuzasi asosan tekislik. Hozirgi relefi va er yuzasidagi jinslar to‘rtlamchi geologik davrning katta-kichik daryolari va irmoqlarining faoliyatidan hosil bo‘lgan. Viloyatning g‘arbiy qismi qirli tekislik (bal. 400—500 m), sharqi (Andijon shahridan sharda) Farg‘ona va Olay tizmalarining jpflaridan iborat. Andijon viloyati geologik aktiv eonada joylashgan, kuchli zilzilalar bulib turadi (q. Andijon zilzilasi). Ixdimi keskin kontinental, quruq. Tog‘ tizmalari Farg‘ona vodiysini sovuq xavoning kirib kelishidan to‘sib turganligi uchun qishda Andijon viloyatida ob-havo birmuncha barqaror. YOzi issiq, iyulning o‘rtacha temperaturasi 27,3°, kishi nisbatan sovuq, yanvarning o‘rtacha temperaturasi —3°. Vegetatsiya davri 217 kun. Yiliga 200 — 250 mm yog‘in tushadi.
Av. O‘zbekistonning boshqa viloyatlariga nisbatan suv resurslariga boy. Daryolari yog‘indan, tog‘lardagi ko‘p yillik qor va muzliklardan suv oladi. Asosiy daryosi — Qoradaryo (Sirdaryo irmoklaridan biri). Uning irmoqlari — Moylisuv, Oqbo‘ra, Aravonsoy va b. Av. daryolarining suvi sug‘orish uchun ishlatiladi. Tuproklari bo‘z, qo‘ng‘ir, o‘tloqi, o‘tloqi-botqoq tuproqlar, qumtosh, mergel, less va chaqirtoshlardan iborat. Bahorda adirlar efemer o‘simliklar bilan qoplanaln. Av.ning ekin ekilmaydigan tekislik qismida shuvoq-sho‘ra o‘simliklari, tog‘ yon bag‘irlarida pista, bodom o‘sadi. Yovvoyi hayvonlar (buri, tulki, qobon va b.) kam uchraydi; sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suv havzalarida baliqlar bor.
Aholisining ko‘pchiligini o‘zbeklar tashkil etadi. Qirg‘izlar, Tojiklar, Uyg‘urlar, Ruslar, Koreyslar va boshqalar ham bor. Rossiya Qo‘qon xonligini bosib olgach, bu erga rus, ukrain, tatar, arman, yahudiy va b. kuchib kelgan. 1 km2 ga o‘rtacha 517 kishi to‘g‘ri keladi. Milliy tarkibi: o‘zbeklar — 88,8 %, qirg‘izlar 3,8 %, tatarlar 3,1 %, ruslar 2 %. SHaharliklar 657,7 ming kishi, qishloq aholisi 1539,2 ming kishi (2000).
Andijon viloyati respublika i.ch.da va madaniy taraqqiyotida etakchi o‘rin tutgan viloyatlardan biri. Respublikaning 2,6 % neftini, 8,3 % paxtasini, 8,7 % paxta tolasini, 8,7 % o‘simlik moyini beradi (2000; rejaga nisbatan). Tabiiy resurslar, q.x. xom ashyosi negizida ishlaydigan sanoat tarmoklari, shuningdek aholiga istemol buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar barpo etildi. Viloyatda tadbirkorlik rivojlanib borayapti. Uni qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga 2 mlrd. so‘mdan ziyod kredit berilib, 3,4 mln. AQSH dollari miqdorida chet el sarmoyasi jalb qilindi (2000). 1995-2000 yillar mobaynida viloyat iktisodiyotida 23,5 mlrd. so‘m chet el sarmoyasi kiritildi.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling