3-1 tur-20 Zayniddinov Fozilbek
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Qo‘shma bayonotni imzoladi
Download 0.93 Mb.
|
Tarix ref
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Qo‘shma bayonotni imzoladi.
19 oktabr 2018, 15:31 Siyosat O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Qo‘shma bayonotni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Tashrif doirasida imzolangan 2019−2024 yillarda iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2019−2021 yillarda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik dasturi, «Suffa» xalqaro radioastronomik observatoriyasini tashkil etish bo‘yicha yo‘l xaritasi, O‘zbekistonda Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish va faoliyatini ta’minlash to‘g‘risidagi bitim, To‘qimachilik sanoatida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim o‘zaro almashildi. «Mustaqillikning 25 yilligi» konini qo‘shimcha razvedka qilish va jihozlash hamda Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasini qurish bo‘yicha «O‘zbekiston mustaqilligi» investitsiya blokiga doir qo‘shimcha bitim, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma, Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining O‘zbekistondagi filialini tashkil etish to‘g‘risida bitim, Fanlararo ilmiy ta’lim markazini tashkil etish to‘g‘risida bitim, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari kengashi va «Rossiya rektorlar kengashi» jamoat tashkiloti o‘rtasida bitim, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiya qo‘shinlari Federal xizmati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Tashrif asnosida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 20 ta hujjat imzolandi. Ommaviy axborot vositalari uchun brifingda prezidentlar tor va keng doiradagi muzokaralar har doimgidek o‘zaro ishonch va ochiqlik muhitida, konstruktiv ruhda o‘tganini ta’kidladi. Hamkorlikning hozirgi holati va uni har tomonlama rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, mamlakatlarimizning dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalarga doir yondashuvlari mos yoki yaqin ekani tasdiqlandi. Mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi. Bugungi kunda Rossiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga yo‘naltirgan investitsiyalari hajmi 8,5 milliard dollardan oshadi. Tashrif doirasida birinchi bor o‘tkazilgan «O‘zbekiston-Rossiya» hududlararo forumi bu borada katta ahamiyat kasb etdi. Uning yakunida qiymati 2 milliard dollardan ziyod loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishilgani qayd etildi. Tomonlar BMT, MDH, SHHT, YeXHT va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladilar. Prezidentlar xavfsizlik sohasida o‘zaro ishonch va manfaatlarni hisobga olish prinsiplariga asoslangan sheriklik munosabatlarini kengaytirish Markaziy Osiyo mintaqasidagi yangi tahdid va xatarlarga qarshi kurashish vazifalarini birgalikda hal etishga xizmat qilishini ta’kidladi. Terrorizm, ekstremizm, ayniqsa, yoshlar orasida radikallashuvga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar Afg‘onistonda tinchlikni afg‘onlarning o‘zi, afg‘onlar rahbarligida o‘rnatishi zarurligiga ishonch bildirdi. Rossiya O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga ko‘maklashish borasidagi muhim sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Davlat rahbarlari Markaziy Osiyoda o‘zaro manfaatli va samarali mintaqaviy hamkorlik rivojida ijobiy tendensiyalar kuzatilayotganini ta’kidladi. Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va turizm sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratildi. Joriy o‘quv yilidan Olmaliq shahrida Moskva po‘lat va qotishmalar instituti filiali ish boshladi. O‘zbekistonda samarali faoliyat yuritayotgan Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiy akademiyasi, Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiallariga qo‘shimcha ravishda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti, «MMFI» milliy tadqiqot yadro universiteti, Rossiya davlat kinematografiya instituti, Moskva energetika instituti, Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiallarini ochish rejalashtirilgan. Fan sohasida o‘zaro hamkorlikni faollashtirish, jumladan, Jizzax viloyatidagi Suffa platosida yirik radioteleskop tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish maqsadida mamlakatimizda O‘zbekiston-Rossiya yoshlari forumi to‘rtinchi bor o‘tkaziladi. Shavkat Mirziyoyev yana bir muhim masalaga to‘xtaldi. 2020 yilda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligini munosib nishonlash maqsadida O‘zbekistonda maxsus dastur ishlab chiqish va Toshkentda «G‘alaba» bog‘-majmuasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ushbu maskan fashizmga qarshi kurashimiz ramzi bo‘ladi, yosh avlodni tarixga hurmat, vatanparvarlik va xalqlar do‘stligi ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Tomonlar Rossiya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi mamlakatlar o‘rtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhidagi keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirishga kuchli sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirdi Bugun mamlakatimiz taraqqiyotining asosini tashkil etgan Harakatlar strategiyasida o‘zaro manfaatli xalqaro aloqalar alohida o‘rin tutadi. Ma'lumki, keyingi yillarda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib, mustahkamlanib bormoqda. Ushbu hamkorlikni yanada faollashtirish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimiz hududlarining Rossiya oblastlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustahkam aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Bu, ayniqsa joriy yilning 18-19-oktyabrida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik birinchi forumi (Forum) doirasida amalga oshiriladigan hayotiy loyihalarda ham o‘z aksini topadi. O‘z navbatida joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrining rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalar Rossiyaning ko‘pgina hududlarida bo‘lib, o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatib qaytishmoqda. Teng manfaatli hamkorlik Rossiya O‘zbekistonning yirik savdo va investitsiyaviy hamkori hisoblanadi. Bugungi kunda neft-gaz majmui, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati, to‘qimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha yirik loyihalar tayyorlanib, amaliyotga tadbiq etilmoqda. Buni raqamlar ham tasdiqlaydi: O‘zbekiston MDH davlatlari o‘rtasida Rossiya bilan tovar aylanmasi bo‘yicha 4 o‘rinda turadi. 2017-yil yakunlariga bu ko‘rsatkich 3,6 milliard AQSH dollarini tashkil etdi va 33,9 foizga o‘sdi. Birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha Rossiyaning mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 16 foizga to‘g‘ri keldi. Ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2,5 milliard AQSH dollarini (eksport - 811 million, import - 1,7 milliard dollar) tashkil etdi. Mamlakatimizda Rossiya Federatsiyasi kapitali ishtirokidagi 1200 ga yaqin korxonalar faoliyat yuritib kelmoqda. Istiqbolli hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi - tomonlar imzolagan hukumatlararo bitimga muvofiq atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida strategik loyihani amalga oshirishga kirishildi. Ma'lumki, davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarda hududlararo hamkorlik muhim o‘rin tutadi. Hozirda mamlakatimiz xo‘jalik yurituvchi sub'yektlari Rossiya Federatsiyasining o‘nlab yirik shaharlari va sanoati rivojlangan hududlaridagi korxonalar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Ikki mamlakat o‘rtasidagi integratsiya jarayonlarining chuqurlashuvi hududlarning bevosita iqtisodiy aloqalari ko‘lamining kengayishini taqozo etmoqda. Binobarin, bunday moslashuvchan bozor munosabatlari davlatlarimiz tajribasida o‘zining afzalliklarini kun sayin ko‘rsatib borayotir. Shu ma'noda Toshkentda o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik birinchi forumi (Forum) bevosita iqtisodiy aloqalar uchun mustahkam zamin yaratishiga ishonchimiz komil. Hududlararo forum: tashriflar, tajriba almashishlar, umidbaxsh g‘oyalar Ilk marotaba o‘tkazilayotgan mazkur forum keng qamrovligi bilan ajralib turadi. Xususan, tadbirda ishtirok etayotgan kontingent darajasining yuqoriligi bilan ahamiyatlidir. Forumga tashrif buyurishi kutilayotgan rasmiy doiralar vakillari orasida Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy rivojlanish, tashqi ishlar, qishloq xo‘jaligi, ta'lim va fan vazirlari, Savdo-sanoat palatasi raisi, Tatariston Respublikasi Prezidenti, shuningdek Altay o‘lkasi, Samara, Penza, Orenburg, Leningrad, Rostov, Chelyabinsk, Ivanovo, Nijegorodsk, Sverdlovsk, Novosibirsk, Tyumen, Novgorod, Astraxan kabi oblastlar gubernatorlarining borligi fikrimizning yorqin tasdig‘idir. Qolaversa, «Gazprom», «Kamaz», «Rosatom», «UralEnergoResurs», «Tatneft», «Renaissance heavy industry», «TYAJMASH», «Kombaynovыy zavod «Rostselmash» singari 750 dan ziyod nufuzli va yirik korxonalar, kompaniyalar, jamiyatlar, firmalar birinchi rahbarlarining qatnashishi tadbirning qanchalik dolzarbligini ham anglatadi. Muhimi, unda ikki davlat rahbarining shaxsan ishtiroki Forum ishining samaradorligiga munosib hissa qo‘shadi. Yana bir jihat. Ushbu Forumning o‘tkazilishi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichga chiqqanligi bilan ham izohlanadi. Bo‘lajak Forum doirasida ikki davlatning hududlararo ko‘plab investitsion kelishuvlari imzolanishi kutilmoqda. Shuningdek, Rossiya hududlarida viloyatlarimiz savdo uylari va ulgurji taqsimot markazlari, qo‘shma korxonalar faoliyat yuritishini tashkillashtirish ham rejalashtirilgan. Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida birinchi marotaba o‘tkazilayotgan mazkur Forum doirasida yirik summadagi qator eksport va import shartnomalari tuzilishi ko‘zda tutilmoqda. E'tiborlisi, ularning aksariyati O‘zbekistondan eksport qilinadigan mahsulotlar va xizmatlarga oid bitimlardir. Agarda tuziladigan eksport shartnomalar tarkibi va yo‘nalishlarini kuzatadigan bo‘lsak, unda, asosan, yuqori sifatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, kimyoviy o‘g‘itlar, yengil avtomobillar, neft-kimyo, charm-poyabzal, oziq-ovqat, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari, tabiiy o‘tlar asosida tayyorlangan farmatsevtika mahsulotlarini yetkazib berish, shuningdek, transport hamda sayyohlik xizmatlarini ko‘rsatish ko‘zda tutiladi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, bunday bevosita hududlararo munosabatlarning kengayishi ikki mamlakat ichki salohiyati va imkoniyatlarining to‘laqonli ishga solinishiga mustahkam poydevor yasaydi. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik birinchi forumi ushbu davlatlarning ko‘p qirrali va uzoq muddatli strategik sheriklik munosabatlari har tomonlama mustahkamlanishiga va yanada rivojlanishiga xizmat qilishi, tabiiy. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling