3-2 Bux guruh talabasi Sayfullayev Anvar Mavzu: O‘zbek xalq maqollari janr xususiyatlari va genezisi Topshiriq


Download 15.19 Kb.
bet1/3
Sana08.03.2023
Hajmi15.19 Kb.
#1253750
  1   2   3
Bog'liq
9-seminar mashg‘uloti Mavzu O‘zbek xalq maqollari janr xususiya


3-2 Bux guruh talabasi Sayfullayev Anvar

Mavzu: O‘zbek xalq maqollari janr xususiyatlari va genezisi

Topshiriq:
O'zbek xalq maqollari tahliliga misollar keltiring.
Javob: Maqol - og‘zaki ijodning eng faol janri. Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so‘zlarga aytiladi. Maqol o‘zbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli so‘zlashuvda) naql, turklarda ata so‘zi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamasi arabcha - qavlun - gapirmoq, aytmoq so‘zidan olingan.
Folklorshunos olimlar maqollar va matallarni o‘rganuvchi sohani paremiologiya deb atashadi. Paremiya - yunoncha chuqur ma’noli gap, hikmatli so‘z, ibora, maqol, matal ma’nosini beradi.
Maqollarning janr xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Maqollarning hajmi qisqa va cheklangan.
2. Maqollar mazmunan serko‘lam va chuqur ma’noni ifodalaydi.
3. Xalq maqollari shaklan she’riy va nasriy bo‘ladi. Ammo nasriy maqollar ham she’riy misralarni eslatadi. Masalan: Ko‘za kunda emas, kunida sinadi.
4. Maqollarda hayotiy voqea-hodisa haqida qat’iy hukm ifodalanadi. Bu hukm musbat yoki manfiy mazmunda aks etadi.
5. Maqol shaxs hayotidagi xususiy vaziyatni xalq, omma, hayot nuqtai nazardan umumlashtiradi.
6. Maqol matni tilshunoslikda shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi.
aqollarni tasnif qilishning bir turida mazmun yetakchi hisoblanadi. Unga ko‘ra Vatan, mehnat, xalq, ilm-hunar, mardlik, mehmon, tadbirkorlik, muhabbat va vafo, yaxshi so‘z - jami 30 ga yaqin mavzular qayd etilgan. Ammo bu mavzularni yana ko‘paytirish ham, kamaytirish ham mumkin. Muhimi, mazmun yetakchi bo‘lgan tasnifda masalani har tomonlama ifodalashga urinish aniq seziladi.
Xalq og‘zaki ijodidagi maqollar janri tarixiy hayot davomida son va mazmun jihatdan boyish xususiyatiga ega. Ya’ni maqollar zamon o‘tishi bilan iste’moldan chiqishi va ayni paytda yangi-yangi namunalari vujudga kelishi mumkin.

Download 15.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling