Bizga manbalardan ma’lumki, Amir Temur hokimi mutlaq bo‘lib, uning farmolari so‘zsiz ijro etilgan.
Ammo, o‘rta asrlar davlatchilik an’analariga ko‘ra, nasl-nasabi xon avlodiga mansub bo‘lmagan shaxs
taxtni boshqara olmas edi.
SHuning uchun ham, o‘z davrida Amir Qozog‘on tomonidan belgilangan
an’anaga ko‘ra, Amir Temur avval CHingizxon avlodidan bo‘lgan Suyurg‘atmishni (1370-1388 yy.) keyin esa
uning o‘g‘li Sulton Mahmudxonni (1388-1402yy.) o‘z
huzurida “xon” qilib ko‘taradi. Ularning nomidan
yorliqlar chiqarilib, tanga pullar zarb qilingan bo‘lsa-da, Sohibqiron ularni
davlat ishlariga umuman
aralashtirmagan. Sohibqiron
“amir” unvonida bo‘lib, 1370yilda Qozonxonning
qizi Saroymulkxonimga
uylanganidan so‘ng
“Qo‘ragon” (“Xon kuyovi”) unvonini oladi. Bu holat, ya’ni,
xon avlodiga kuyov,
qarindosh bo‘lishi ham uning siyosiy mavqeini rasman bo‘lsa ham mustahkamlashga xizmat qilgan.
Amir Temur o‘zi barpo etgan ulkan saltanatni o‘g‘illari, nabiralari va nufuzli amirlariga suyurg‘ol
tarzida in’om qilib, ular orqali boshqardi. Movarounnahrni esa poytaxt Samarqand bilan o‘zida qoldirdi.
Suyurg‘ol tariqasida berilgan uluslar markaziy hukumatga itoat etsalarda, ammo ular ma’lum mustaqillikka
ega edilar. Ulus hukmdorlarining alohida devonxonasi bo‘lib, ularning markaziy hukumatga tobeligi
xirojning bir qismini Samarqandga jo‘natish va oliy hukmdorning harbiy yurishlarida o‘z qo‘shini
bilan
qatnashish yoki talab qilingan askarni yuborib turishdan iborat edi.
Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligida markazda va joylarda xon boshchiligida mukammal
va puxta davlat boshqaruv apparati, boshqaruvdagi ikki muhim, hamda asosiy idora-
dargoh va devonlar
Do'stlaringiz bilan baham: