3-4- mavzu: Amir Temur va Temuriylar davlatchiligi tarixi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana19.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1367099
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
3-mavzu (1)

(vazirliklar) mavud edi.
Dargoh- eng oliy davlat idorasi bo‘lib, oliy hukmdor Amir Temur, yuqorida eslatganimizdek, 
Suyurg‘atmishni “xon” deb e’lon qilgan bo‘lsa-da, hokimiyat batamom Sohibqiron ihtiyorida bo‘lgan. 
“Soxta xon” e’lon qilinishi holati o‘sha davr vaziyati va voqeyligidan kelib chiqib, Amir Temur hokimiyatini 
mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilgan edi. “Tuzuklar”da keltirilishicha, dargohda vaqti-vaqti bilan xos 
majlislar o‘tkazilib turilgan. Bunday majlislarda davlat va mamlakat idorasi, sodir bo‘layotgan 
o‘zgarishlarga munosabat, mansab va vazifalarga tayinlash masalasi ko‘rib chiqilgan. Bunday tadbirlarni 
tor doirada o‘tkazilishiga sabab, davlat ahamiyatiga molik masalalarni chetga ayon bo‘lishidan saqlanish 
edi.
Dargoh faoliyatini boshqarish, uning devonlar va joylardagi mahalliy hokimiyat idoralari bilan 
bog‘lanib turish ishlari Oliy devon zimmasida bo‘lgan. Dargoh tizimidagi bu devonga devonbegi boshchilik 
qilgan. O‘sha davrda oliy devonning ahamiyati va mavqei shu qadar baland bo‘lganki, ayrim manbalar (Ali 
YAzdiy) uni dargoh bilan bir ma’noda ta’riflagan.
Dargoh faoliyati boshqaruvida quyidagi mansab va vazifalar mavjud edi.: 

arzbegi – dargohdagi muhim vazifalardan biri bo‘lib, uning xizmati dargohga arz-dod, shikoyat 
bilan kelganlarni hamda mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabatlarini bildiruvchilarni 
qabul qilishni uyushtirib turish edi. Undan tashqari, tushgan arzlar, shikoyatlar va takliflarni oliy 
hukmdorga etkazib turish ham arzbegining vazifasi bo‘lgan; 

adolat amiri – bu mansabdagi shaxs turli o‘lka, viloyat va shaharlarda “sipoh va raiyyat orasida 
urf-odatlarga oid janjalli ishlar haqida” oliy hukmdorga hisobot va ma’lumot etkazib turgan. 
Tadqiqotchilarning xulosalariga ko‘ra, joylardagi ahvoldan boxabar bo‘lib turishning ikki yo‘lidan 
foydalanilgan:biri pastdan yuqoriga, ya’ni, arzchilar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri dargohga murojaat qilish imkoniga 
ega bo‘lganlar, ikkinchisi esa, maxsus xizmat orqali joylardagi vaziyat davlat tomonidan, aniqrog‘i, oliy 
hukmdor dargohi orqali tekshirib borilgan. Mavjud holatlar aniqlanib, shunga yarasha chora-tadbirlar 
ko‘rilgan; 

aminlar – tushgan ma’lumotlarni joylarga topshirib, adolatsizlik, tartibsizlik, davlat va jamiyat 
manfaatiga zid ishlar haqida yozma ma’lumot berib turadigan maxsus ishonchli vakillar hisoblanib, 
ularning vazifasiga bundan tashqari tobe erlar to‘lovlarining yig‘ib kelish ham kirgan; 

tavochi – muhim lavozimlardan biri bo‘lib, oliy farmonga ko‘ra, joylarga borib harbiy yurish uchun 
lashkar to‘plash bilan shug‘illangan. Tavochilar avval boshdan belgilangan lashkar sonining taxt bo‘lishi, 
tayyorgarlik darajasi, ta’minoti ko‘ngildagidek talabga javob berishi, ko‘rsatilgan joyga muayyan yo‘l bilan 


o‘z vaqtida etib borishi kabi g‘oyatda ma’suliyatni tadbirlarga javobgar bo‘lganlar. Ularning boshlig‘i bosh 
tavochi deb atalib, ular tumanot (o‘n minglik), hazorajot (minglik), sadajot (yuzlik), etakchilaridan, viloyat 
hokimlaridan qo‘shinni o‘z vaqtida, belgilangan son va sifat, ta’minlanganlikda etkazish berish to‘g‘risida 
tilxat olganlar. 
SHuningdek dargohda bosh hojib, hojiblar (rasmiy tadbirlar boshqaruvchisi va tashkilotchilari), 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling