3-4- mavzu: Amir Temur va Temuriylar davlatchiligi tarixi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu (1)
(ziroatchi) deb atalgan bo‘lib, ular qishloqning mehnatkash tabaqasiga mansub bo‘lgan va quyidagi to‘rtta
guruhga bo‘lingan: 1. Davlat erlarida mehnat qiluvchi ziroatchilar; 2. Mulkdorlarning erlarida ishlovchi ziroatchilar; 3. O‘z erlariga ega bo‘lgan dehqonlar; 4. Vaqf erlarda mehnat qiluvchi ziroatchilar. Bizga ma’lum bo‘lgan ko‘pgina manbalar Amir Temur va temuriylar davrida O‘rta Osiyo va boshqa hududlarda soliq tizimi ma’lum tizimga tushirilib, adolat qonunlariga rioya qilganligi haqida ma’lumotlar beradi. Xususan “Tuzuklar” da shunday deyiladi: “Amr qildimki, hosil pishib etilmasdan raiyyatdan molu jihot olinmasin. Hosil etilgach, soliqni uch bo‘lib olsinlar. Agar raiyyat soliq to‘plovchi yuborilmasdan oldin soliqni o‘zi keltirib bersa, u holda u erga soliq to‘plovchi yubormasinlar. Agar soliq to‘plovchini yuborishga majbur bo‘linsa, ular soliqni buyruq berish va yaxshi so‘z bilan olsinlar; kaltak-arqon ishlatib, ishni urush- so‘kishgacha olib bormasinlar. Ularni band etib zanjir bilan kishanlamasinlar. Bu davrda erdan olinadigan soliqning asosiy turi xiroj hisoblangan. Bu soliq mahsulot yoki pul bilan olingan. Uning hajmi hosilning yarim miqdorigacha borgan. Hosil to‘la pishib etilmasdan soliq to‘plash qat’iyan man etilgan. Soliqlar hokimiyat tomonidan belgilab qo‘yilgan uch muddatda: saraton (iyun-iyul), sumbula-mezon (avgust-sentyabr) va qavs (noyabr) oylarida to‘planar edi. Soliqlardan tashqari ziroatkor aholi hukmdor va uning ma’murlari, suyurg‘ol egalari va tarxonlar, shuningdek, yirik mulkdorlar foydasiga muayyan muddat tekin ishlab berardilar. Harbiy yurishlar davrida mag‘lub etilgan aholidan sari shumor (jizya) solig‘i olingan. Davlat xavf ostida qolib harbiy safarbarlik e’lon qilingan paytlarda favqulodda soliq – avorizot yig‘ib olingan. Mamlakat hududidan chopar yoki elchilar o‘tayotganda, zarurat tug‘ilganda, aholi ularga ot-ulov topib berishi lozim bo‘lgan. Temuriylar davrida qurilish ishlari kengayib, bu davrda qad ko‘targan saroylar, jamoat binolari, mudofaa, sug‘orish inshootlari, yo‘l qurilishi va tuzatishlarida mehnatkash aholi kuchidan keng foydalanilgan. Bunday hashar ishlar begor deb atalgan. Mazkur ishlar jarayonida mirobona, dorug‘ona soliqlari undirilgan. SHuningdek, aholi soliq yig‘ish va uning hisob-kitobi bilan band bo‘lgan turli lavozimdagi ma’murlarning xizmati uchun ham bir qancha yig‘imlar to‘laganlar. Misol uchun, hosil miqdorini belgilovchilarga sohibi jamona; soliq yig‘uvchilarga muxassilona; kirimni boshqaruvchilarga Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling