3-4- mavzu: Amir Temur va Temuriylar davlatchiligi tarixi
(javong‘or)lardan iborat bo‘lgan. Har bir qanotning oldida qo‘riqchi manglay – avangard, yon tomonlarida ham qo‘riqchi askariy bo‘linmalar - kanbullar
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu (1)
(javong‘or)lardan iborat bo‘lgan. Har bir qanotning oldida qo‘riqchi manglay – avangard, yon tomonlarida
ham qo‘riqchi askariy bo‘linmalar - kanbullar joylashtirilgan. SHu zaylda qo‘shin etti qism - qo‘llardan iborat bo‘lib, ulardan uchtasi – markaz, barang‘or va javong‘orlar mustaqil; to‘rttasi – ikki manglay va ikki kanbullar tobe qismlar bo‘lgan. Sohibqiron birinchi marta jang usulida qo‘shinni etti qismga bo‘lishni joriy etgan edi. SHarofiddin Ali YAzdiy bu haqda shunday ma’lumot beradi: “... hazrat cherik (qo‘shin)ni etti qo‘l tartib ettikim, hech podshoh andoq qilmaydur erdi va eshitmaydur erdi. Va bu etti adadida xosiyat ko‘b turur va ko‘b sir yanda bor erdi...” Amir Temur davlatida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan minglab kishilar mamlakatning bosh ma’muriy binosini, o‘rduni chegaralarni, davlatni qo‘riqlaganlar. Favqulodda holatlarda, mamlakat uchun katta xavf tug‘ilganda armiyani safarbar etish, zudlik bilan qo‘shin to‘plash qoidalari ham ishlab chiqilgan. SHuningdek, temuriylar davrida ham, ayniqsa, SHohruh Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, amirzoda Umar, Husayn Boyqaro davrlarida ham davlat himoyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ammo, hokimiyat uchun bo‘lib turgan o‘zaro kurashlar bu jarayonning zaiflashuviga olib kelgan edi. Ta’kidlash lozimki, Sohibqironning qat’iy va mustahkam harbiy tizimni shakllantirishdan asosiy maqsadi, eng avvalo, mamlakatni ichki va tashqi dushmanlardan himoya qilish, tobe hududlardagi tartibsizliklarni oldini olish, adolat, tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish, mazlumlarni zolimlardan himoya etish, insonparvarlik va bag‘rikenglik g‘oyalariga amal qilish hamda keng tarqatish, qonun ustivorligiga erishish, mamlakatlarni taraqqiyot yo‘liga solish, islom dini va baynalminal kelishuvchilikni ta’minlash, zo‘ravon davlatlar va guruhlarning g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik edi. Amir Temur harbiy yurishlaridan ko‘zlagan maqsadi haqida “Tuzuklar”da shunday bayon qilinadi: “Biron mamlakatda jabr-zulm va fisqu-fasod ko‘payib ketar ekan, asl podshohlar adolat o‘rnatish, fisq-fasodni, zulmni yo‘qotish niyatida ana shunday mamlakatga hujum boshlashi lozim.” SHuningdek, “Tuzuklar”da keltirilishicha, Amir Temur qo‘shiniga asli toza, aql-farosatli, bahodir, dovyurak, tadbirkor, sergak, ehtiyotkor, oldi va ketini o‘ylab ish tutadigan, jang sir-asrorlarini biladigan uch yuz o‘n uch amirlar rahbarlik qilib, ularning kichigi kattarog‘iga bo‘ysungan. Bu amirlardan yuz nafari o‘nboshi, yuz nafari yuzboshi va yuz nafari mingboshi bo‘lgan. Jang paytida amir ul-umaro amirlarga, amirlar mingboshilarga, mingboshilar yuzboshilarga, yuzboshilar o‘nboshilarga boshchilik qilgan hamda buyruqlar so‘zsiz bajarilgan. “Tuzuklar”ga ko‘ra, har bir harbiy mansabdorning aniq vazifasi belgilangan. Birorta oddiy navkar qilich chopib bahodirlik ko‘rsatsa, unga in’om tariqasida qimmatbaho toshlar qadalgan o‘tog‘a, kamar, turna bellik qilich va bir ot berilgan hamda o‘nboshilik martabasiga ko‘tarilgan. Agar birorta amir biron mamlakatni fath etsa, yoki g‘anim lashkarini engsa, u uch narsa: faholi xitob (faxriy yorliq), tug‘, nog‘ora bilan taqdirlangan. O‘zining nog‘orasiga, tug‘iga ega bo‘lgan amir majlislarda hurmat-izzatga ega bo‘lib, xos kishilardan hisoblangan. Tadqiqotchilarning fikricha, Sohibqiron armiyasida muntazam qo‘shinga xos bo‘lgan ko‘pgina belgilar mavjud edi. Qo‘shin son jihatidan aniq va puxta tashkil etilgan, uning jangovar tartibi o‘zining takomil darajasiga ko‘tarilgan. Qo‘shin o‘z zamonasining eng ilg‘or qurol-yarog‘i, texnikasi bilan qurollangan. Har bir qism, bo‘linma aynan bir turdagi qurol-yarog‘, aslaha-anjom bilan ta’min etilgan. Bo‘linmalar, qismlar bir biridan kiyim boshi, ko‘targan bayrog‘i, hatto mingan otining tusi orqali ham farqlangan. Hullas, Amir Temur davri davlatchiligida harbiy tizim san’at darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, bu tizim avvalo, mamlakat xavfsizligini, adolat va barqarorlikni kuchaytirish, tartibsizliklar hamda boshboshdoqliklarning oldini olish maqsadlariga qaratilgan. U harbiy yurishlarda qonun ustivorligini ta’minlab, mazlumlarni zolimlardan himoya qilgan. Sohibqiron o‘z qo‘shini tuzilishidan ixchamlikni, ularning bir biriga o‘zviy bog‘liqligini, bir biriga bo‘ysunishini, pog‘onalar tizimliligini ta’minlagan. Amir Temur harbiy sohadagi betakror merosi hamda an’analari temuriylar davrida ham davom etgan bo‘lsa-da, temuriylar ko‘proq mudofaa xususiyatidagi harbiy siyosat olib bordilar. Ma’lumki, o‘rta asrlar davlatchiligi tizimida islom shariati qonun-qoidalari etakchi o‘rin egallagan. SHu nuqtai nazardan olib qaraganda Amir Temur davlatida ham huquqiy munosabatlar Qur’oni Karim hamda Hadisi sharifda bayon qilingan tartib-qoidalarga asoslangan ekan. Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligidagi huquq va qonun-qoida asoslari “Tuzuklar”da o‘z aksini topgan. Bu manbada davlat yumushlari, harbiy soha, raiyyat va ijtimoiy tuzumning barcha qatlamlari haqida so‘z yuritilib, unda ta’kidlanishicha, mamlakatdagi dunyoviy jarayonlar oliy hukmdorning o‘zi, ya’ni, Amir Temur nazorat qilgan hamda kerakli jazoni ham aynan davlat boshlig‘i bergan. SHariat ishlarini boshqarish shariat qozisi zimmasiga yuklatilgan. Ammo, davlatning devonida, uning turli bug‘inlarida ham alohida qozilar, sud, jinoyat va jazo ishlarini bajarganlar. Mamlakatdagi huquq tizimi quyidagicha bo‘lgan: - Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling