3-4- mavzu: Amir Temur va Temuriylar davlatchiligi tarixi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/18
Sana19.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1367099
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
3-mavzu (1)

Er egaligi va soliqlar. Amir Temur o‘z davlatidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirish 
jarayonida “Tuzuklar”ga tayanib ish ko‘rgan. Bu haqda manbada maxsus bob mavjud. Unda keltirilishicha, 
dehqon, hunarmand, savdogar, soliqchi, er-suv, hosil va boshqalarning ahamiyati, o‘rni hamda vazifalari 
aniq belgilab qo‘yilgan. Eng ma’suliyatli vazifalar esa davlat zimmasida bo‘lgan. Xususan, xaroba va suvsiz 
erlarga suv chiqarish hamda obod qilish, buzilgan ko‘priklarni tuzatish, yangilarini qurish, yo‘l xavfsizligini 
ta’minlash, yirik bog‘lar barpo etish, katta-katta kanallar qazish, savdo karvonlariga, kuzatuvchi va 
soqchilar tayinlash, karvonsaroy va yomxonalar qurish kabi katta kuch va mablag‘ talab qiladigan 
yumushlar shular jumlasidandir. 
Amir Temur va temuriylar davrida mavjud sug‘orish tarmoqlarini ta’minlash va kengaytirish, yangi 
ariqlar qazish, obodonlashtirish ishlariga katta ahamiyat berilgan. Bu davrda dehqonchilik vohalarining suv 
ta’minoti tartibga solinadi, dashtlarga suv chiqarilib, yangi er maydonlari o‘zlashtiriladi. Bu sohada 
dehqonlarning yangi erlarni ochishi, korizlar qazib, bog‘-rog‘lar obod etishi uchun amalga oshirilgan har 
qanday faoliyati hukmdorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Bu davrda hukmdorlar va ularning viloyat 
hokimlari tomonidan Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Marv vohalarida, Tus va Hirot hamda uning 
atroflarida yirik sug‘orish inshootlari barpo etilib, ayrim dehqonchilik viloyatlarining suv ta’minoti tubdan 
yaxshilanadi. 
Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda er va mulkchilikning asosan to‘rtta 
shakli: mulki devoniy – davlat erlari, mulk – xususiy erlar, mulki vaqf – madrasa va masjidlar tasarrufidagi 
erlar va jamoa erlari bo‘lgan. Dehqonchilik qilinadigan erlarning katta qismi davlat erlari hisoblanib, bu 
erlarga davlat hukmdori egalik qilib, bu davrda davlat erlarini suyurg‘ol tarzida in’om qilish keng tarqaladi. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling