3-4- mavzu: Amir Temur va Temuriylar davlatchiligi tarixi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana19.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1367099
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
3-mavzu (1)

shayxulislom – mamlakat va har bir tobe hududlarda islom ahlini nojo‘ya hatti-harakatlardan 
saqlash, nazorat qilish, ularni savob ishlarga undash bo‘yicha mas’ul shaxs; 

sadrlar – ular asosan sayyidlardan chiqqan shaxslardan bo‘lib, ularning muhim vazifalaridan biri 
vaqf mulklarini nazorat qilish bo‘lgan va suyurg‘olni belgilab turganlar. Ular ahli islomga boshchilik 
qilganlar; 

mutavalliy – sadrlar tomonidan vaqflarni boshqarish hamda nazorat qilish uchun tayinlangan 
shaxs; 

qozi – har bir shahar va viloyatda, devonning turli jabhalarida qonunni nazorat qilgan. Qozilar 
darajasi va martabasiga ko‘ra bir-birlaridan farqlangan; 

mudarris – diniy masalalar, shariat, tafsif, hadis va fiqh bo‘yicha dars beruvchi shaxs; 

muxtasib – bozorlarda tarozi, narx-navoni nazorat qiluvchi mas’ul shaxs. 
YUqoridagi qozilar va sadrlar faqat Sohibqironning o‘ziga hisobot berib turganlar. “Tuzuklar”da Amir 
Temur tomonidan qat’iy tartiblar va qonunlar bayon etilgan bo‘lib, bunda quyidagicha ma’lumot beriladi: 
davlat xazinachilari bo‘lmish moliya vaziri o‘z ishiga xiyonat qilib, boylikning bir qismini o‘zlashtirib olgan 
bo‘lsa, avvalo, tekshirib, agar o‘zlashtirib olingan mablag‘ o‘ziga tegishli ulufa miqdoriga teng bo‘lsa, 
mazkur mablag‘ unga hadya etilgan. Agar o‘zlashtirilgan mablag‘ maoshdan ikki barobar ortiq bo‘lsa, 
ortig‘i olingan maoshidan ushlab qolingan. Agar maoshidan uch barobar ko‘p bo‘lsa, saltanat xazinasiga 
tortiq sifatida olingan. 
Mansabdorlar tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar va jinoyatlarga jazo tayinlash 
alohida nazorat qilingan. Agarda qishloq oqsoqoli va shahar ulug‘lari kichikroq darajadagi shaxsga zulm 
qilsalar, o‘sha zulmga yarasha, har kimning sharoitiga yarasha jarima solinib, fuqarolarning ijtimoiy holati 
va turmush tarzi e’tibordan chetda qolmagan. Agar mansabdorlar xalqqa jabr-zulm etsa, ularni 
xonavayron etsa, bu qilmishiga yarasha ayovsiz jazolangan. Bu jazo oddiy jarimadan tortib, o‘lim 
jazosigacha borgan. Davlat amaldorlarining sotqinligi, qo‘poruvchiligi, poraxo‘rligi va boshqa jinoyatlari 
ham eng xavfli hisoblangan. Sohibqiron bunday jinoyatlarni davlatga qarshi qaratilgan jinoyatlar deb 


hisoblagan va ularga qattiq jazolar tayinlagan. E’tiborli tomoni shundaki, jazolar rayiatdan yashirin holatda 
emas, balki ochiqchasiga bozor hamda xalq gavjum bo‘lgan joylarda ijro etilgan. 
Amir Temur va temuriylar davrida huquqni muhofaza etish ishlari bilan nafaqat maxsus organlar 
balki, har bir hududning ma’murlari ham shug‘ullanganlar. Ularning barchasi davlat va fuqarolarning 
tinchlik hamda xotirjamligini, joylardagi adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashga ma’sul bo‘lib, asosan 
ma’muriy tartibdagi kichik huquqbuzarliklarni jazolash ishlari bilan shug‘ullanganlar. Agar davlatga
shaxsga, jamiyatga va sog‘liqqa qarshi jiddiy jinoyatlar sodir etilsa, ular tegishli qoziliklarda ko‘rilgan 
hamda yarasha jazolar berilgan.
Amir Temur va temuriylar davri majburlov funksiyasini tashkil etishdan hukmdorlarning asosiy 
maqsadi aholini qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash va jinoyatlarni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarga 
muqarrar ravishda jazo berish, jinoyat sodir etilgani aniqlangan holatdagina jazo tayinlash, davlat va 
jamiyatning tinchlik hamda osoyishtaligini saqlash edi. SHu bois ham bu davrdagi huquqiy tizim qat’iy 
qonuniylik va adolat tamoyiliga asoslangan edi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling