Reja: I. Kirish. II asosiy qism


Download 54.12 Kb.
bet1/6
Sana28.12.2022
Hajmi54.12 Kb.
#1017940
  1   2   3   4   5   6

MAVZU: QADIMGI YOZMA MANBALARNING MA’NAVIYAT RIVOJIGA TA’SIRI.
REJA:


I.Kirish.
II Asosiy qism:
1. Eng qadimgi yozma manbalar.
2.“Avesto”ning xalqlar ma’naviyat rivojiga ta’siri.
3. O’rta Osiyodagi qadimgi yozma manbalar.
Xulosa.
III.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish
Bilamizki qadim va o’tgan zamonlardan buyon shaxsiy ma’naviyatning rivojlanishi uchun turli (sabablar) dalillar bo’lgan. Xalqlarning ma’naviyat rivojiga turli voqealar masalan, o’sha paytdagi yashash muhiti ta’sir ko’rsatgan. Hukmdorlarning davlat boshqaruvi; qilgan islohotlari; yangiliklari; yoki aksincha,
maishatga berilishi ichkilikbozlik kayfu safo – bular o’sha xalqning ularning ma’naviyatining rivojiga ijobiy yoki salbiy ta’sirini ko’rsatmay qolmagan. Xalqni o’ylaydigan yurtning rivojlanishini o’ylaydigan hukmdorlar davrida turli xil manbalar, qo’lyozmalar, san’at asarlari, adabiyot va shu singari yo’nalishlar gurkirab yashnagan eng asosiysi qo’lyozma manbalar yaxshi saqlanib qolgan.
Bu yozma manbalar esa vaqt o’tishi bilan xalqlarning ularning ma’naviy rivojlanish bosqichlarini ko’rsatib bergan. Bu esa keyingi xalqlarning ma’naviy rivojlanishiga o’zining katta ta’sirini ko’rsatgan. Bu yozma manbalar o’sha xalq moddiy va ma’naviy boyliklari orasida asosiysi va xalq ma’naviyatini yaqqol ko’rsatib bervchi manba hisoblangan.
Bu yozma manbalarda xalqlarning yashash sharoiti, turmush tarzi, urf odatlari, marosimlari, qilgan ixtirolari, yangiliklari, qurgan mashhur inshootlari, san’at asarlari, adabiyotlar va kokazolar aks ettiradi.
O’zlaridan keyingi xalqlarga ma’naviy meros qilib qoldidilar. Har bir xalq, xar bir davr odamlari ularning o’tmishidagi ajdodlari ularning hayot tarzi, nimalar bilan shug’ullanganlari va qanday urf-odat ma’rosimlari borligini avloddan avlodga o’tadigan yozma manbalari orqali kelib olishadi.
Manbalar degnda o’zi nima tushunilardi? Manbalar, tarixiy manbalar — oʻtmishda odamzod qoʻli bilan bunyod etilgan tarixiy jarayon izlarini oʻzida aks ettiruvchi va kishilik jamiyati tarixini oʻrganish imkonini beruvchi hozirgi kungacha saqlangan har qanday osori atiqa, yozma manba, maʼnaviy (til, eʼtiqod, urf-odat) qadriyatlar. M. tarixiy tadqiqotlarning asosiy poydevori hisoblanadi. Ularni keng koʻlamda sinchiklab oʻrganmasdan turib kishilik jamiyatining tadrijiy taraqqiyoti tarixini tahlil qilib boʻlmaydi. M.ning xili nihoyatda koʻp, ammo maʼlum darajada aniq va toʻla maʼlumotlarga ega M. majmuasi cheklangan. Yozuv hali yuzaga kelmagan ibtidoiy jamoa davridan faqat moddiy madaniyat qoldiqlari, saqlangan xolos. Ulardan, asosan, ibtidoiy jamiyat davri hayotini, qisman qad. dunyo va oʻrta ayerlar tarixini tadqiq etishda foydalaniladi.1
Ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklar, savdo-sotiq munosabatlari yuzaga kelib rivoj topgan sivilizatsiya davri tarixini oʻrganishda esa yozma manbalar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Bu davr M.ining soni va sifati kishilik jamiyatining maʼnaviy kamoloti, xususan, yozuv va xatsavodning yuksakligiyu qanchalik tarq-algani va yozma M.ning saqlanish holatiga bogʻliq boʻlgan. Shu boisdan bizning davrimizgacha, ayniqsa, qad. yozma manbalar oz saqlangan boʻlsa, keyingi tarixiy
____________________
1.H. Homidov. «Avesto» fayzlari. – T.: 2001
davrlar uchun xos hisoblangan tosh, sopol, qayin poʻstlogʻi, pergament va qogʻozga bitilgan, shuningdek, bosma asarlar keng tarqalgan.
Yozma tarixiy M., shubhasiz, kishilik jamiyatining ijtimoiy va shaxsiy faoliyati natijasida yuzaga kelgan. M. shartli ravishda 8 turkumga boʻlinadi: yozma, ashyoviy, etnografik, lingvistik, toponimik, ogʻzaki, kino, fono va fotomateriallar. M.ni turkumlarga boʻlish, ularning yuzaga kelishi, tadqiqot qilish, mu-alliflarini aniqlash, haqqoniyligi va toʻlikligini belgilash kabi masalalar bilan manbashunoslik fani shugʻullanadi.
Manbashunoslikning oʻrganish ob`yekti tarixiy manbalardir. Ob’yekt masalasi bilan deyarli hech qanday muhokama boʻlmadi. Fanni oʻrganish predmetiga kelsak, fanda uning taʼrifi bilan bogʻliq baʼzi qiyinchiliklar paydo boʻldi.
20-yillarda. 20-asr mavzu - bu manbani ilmiy amaliyot va bilimga jalb qilish imkoniyati (yaʼni, manba asosida qanday xulosalar chiqarish mumkin) deb hisoblangan. 1930-yillarda S. N. Valk „Buyuk Sovet Entsiklopediyasida“ mavzu tushunchasini shakllantirdi — hujjatning umumiy taʼlimoti . Valk ilk bor „umumiy manbashunoslik“ atamasini qo‘llagan va uning boshqa fanlardan farqini o‘rganish predmeti tushunchasi orqali qayd etgan.
1960-yillarda ko‘plab nazariy munozaralarning muhim masalalaridan biri yana manbashunoslik predmetini aniqlash masalasiga aylandi.
Manbashunoslik — bu soʻzning keng maʼnosida madaniyat bilan, yaʼni inson tomonidan yaratilgan barcha narsalar bilan bogʻliq fan. Keyin tarixiy manba madaniyat hodisasi, demak, turli gumanitar fanlarning oʻrganish ob’yekti sifatida qaraladi. Shunday qilib, manbashunoslik tufayli fanlar va fanlararo tadqiqotlar integratsiyasi uchun asos yaratiladi. Manbashunoslik fanlararo xususiyatga ega, yaʼni u gumanitar fanlar boʻyicha mutaxassis tayyorlashda fundamental fanlardan biri oʻrnini egallaydi.


  1. Download 54.12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling