Reja: I. Kirish. II asosiy qism
Eng qadimgi yozma manbalar
Download 54.12 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xorazm, Sug’diyona, Baqtriya va sak, massaget qabilalarining
- Avesto”ning xalqlar ma’naviyat rivojiga ta’siri. «Avesto»
Eng qadimgi yozma manbalar.
Ma’lumki, tarix xalqimizning shajarasi, naslu nasabimizning muqaddas ildizidir. Bu buyuk shajarani haqqoniy va xolisona o’rganmay turib, milliy o’zlikni anglab bo’lmaydi. Milliy taraqqiyot haqida so’z borar ekan, o’zbek davlatchiligi tarixini eng qadimgi (antik) davrlardan boshlab o’rganish, o’zbek xalqining etnik tarkibi va shakllanishi hamda nomlanishi jarayonini mukammal tarixiy jihatdan yoritish olimlarimiz oldidagi hozirgi asosiy vazifalardan biri sanaladi1.Ushbu muhim masalani yoritishda, aniqrog’i, o’zbeklar tarixini belgilashda unga dunyoviy jarayonlar bilan bir butunlikda qarash lozim bo’ladi, boshqacha qilib aytganda, ham mahalliy, ham xorijiy yozma manbalar ma’lumotlariga tayanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada, xususan, qadimgi grek-yunon, hind, xitoy, arab, fors, umumturkiy va boshqa xalqlarning tarixiy yozma manbalari alohida o’rin egallaydi. Zero, jamiyatning qadimiy tarixi umumiylik xarakterga ega, shu bois ularda ajdodlarimiz ildizlari haqida ham muhim ma’lumotlar uchraydi. Tarixiy manbalar guvoh berishicha, Markaziy Osiyo xalqlari avlodlarining o’tmishi, dastlabki ildizi miloddan avvalgi urug’ va qabilalarga borib bog’lanadi. Bu davrda urug’ va qabilalar etnik jihatdan har xil bo’lsa-da, ular aralash holda, bir birlashmada yashashgan. Shu bois eng qadimgi (mil. avvalgi) davrlardagi urug’ va qabilalar faqat turkiy yoki eronzabon xalqlarning avlodlarigagina xos bo’lmay, balki ular o’tmish davrlarda Markaziy Osiyoda yashagan ba’zi bir yevropa xalqlarining ham ajdodlari hisoblanadilar. Xuddi ana shu xususda ba’zi olimlar noto’g’ri qarashlari bilan bu masalani o’rganishda ziddiyatlar keltirib chiqarishmoqda. Olimlarning asosiy guruhi qadimgi Turkiston o’lkasida (hozirgi O’zbekiston hududida ham) turkiy elatlar, jumladan, o’zbek xalqi azal-azaldan tub aholi sifatida yashab kelganini ta’kidlashsa-da, ba’zan bu fikrga qarshi chiqib, mazkur hududda yashagan qadimgi elatlar eroniy qabilalar bo’lgan, boshqa xalqlar, xususan, turkiylar “kelgindi xalq”, ular milodiy davrning boshlarida, aniqrog’i, VI asrda O’rta Osiyoga kirib kelganlar”, degan fikrni isbotlashga urinadiganlar ham uchraydi.1 Jumladan, tarixnavis Bobojon G’afurovning tojik xalqi tarixiga doir qator ishlarida shu kabi fikrlar aytilgan edi. Ularda qadimgi Turkiston o’lkasining tarixi boshdan-oyoq faqat bitta xalqning mulki tarzida talqin qilingan, ya’ni hamma masalalar bir millatning taraqqiyot bosqichlari nuqtai-nazaridan yoritilgan. Oqibatda Turkiston o’lkasida, _________________ 1.A.Madraimov. Manbashunoslik. Toshkent – 2008. jumladan, hozirgi O’zbekiston hududida ro’y bergan tarixiy jarayonlarda boshqa xalqlar, xususan, o’zbek xalqi ham ishtirok etmagandek, ularga dahli yo’qdek taassurot yuzaga kelgan. Olimning barcha izlanishlarda yuqorida qayd etilgan fikrlar, hukm va xulosalar yetakchilik qilgan. Bu kabi dalil va isbotsiz aytilgan fikrlar X.G. Ko’ro’g’lining “O’rta Osiyo, Eron va Ozarboyjon xalqlari eposining o’zaro aloqalari” nomli tadqiqotida ham keng o’rin olgan (Moskva, 1983 yil). Unda O’rta Osiyo va Kavkazdagi turkiy elatlar “kelgindilar” sifatida faqat milodiy IV asrdagina paydo bo’lgan, degan fikr o’rin olgan. Qayd etilgan asossiz fikrlarga ba’zi olimlarimiz o’z ishlarida e’tiroz bildirishgan edi. Ayniqsa, Ortiqboy Abdullayev, Shukur Xolmirzayevlar (Turkiston hududida har doim asosiy o’rin egallab kelgan yetakchi xalqlarning tarixini soxtalashtirib yoki kamsitib, inkor qilingan yuqoridagidek qarashlarga o’zbek olimlarining o’z vaqtida jiddiy e’tibor berishmaganligi va tanqidiy yondashib, o’z fikr - mulohazalarini bildirishmaganligidan afsuslanib) respublikamiz jurnallarida chop ettirgan maqolalarida ishonchli dalillar orqali B.G’afurov va X.G.Ko’ro’g’lining “mohiyat-e’tibori bilan xato bo’lgan fikrlar” ini haqli ravishda tanqid qilgan edilar. XX asrning 80 yillaridan boshlab O’rta Osiyo xalqlarining etnogenezi va etnik tarixini o’rganish sohasida ijtimoiy-gumanitar fanlarda g’arazli siyosiy o’yin boshlandi. Bunda keyingi yillarda“paneronizm” g’oyasi tarafdorlari milliy avtoxtonizm masalasini g’ayri ilmiy nuqtai nazarda talqin etib, mintaqada milliy adovat keltirib chiqaruvchi qator asarlar chop ettirdilar va anjumanlarda chiqishlar qildilar. Masalan, AQSh Indiana universitetining professori Yu.Bregel, Tojikiston FAsi akademiklari, tarixnavis olimlardan R. Masov, A.Ya. Vishnevskiy, N.Ne’matov, Yu.Yakubov, S.Polyakov, B.A.Litvinskiy, S.N. Petrovalarning ishlarida paneronizm nazariyasi keng o’rin oldi.3 So’nggi davrlarda bularning tadqiqotlari va anjumanlardagi chiqishlarida aytilgan g’ayri ilmiy fikrlar akademik A. Asqarov, K.Shoniyozovlarning asarlarida o’rinli fosh etildi va hozirgi dunyo ilm-fanida mavjud ilmiy-nazariy qarashlar asosida milliy avtoxtonizm masalasini tarix fanida xolisona yoritish masalasi bo’yicha to’g’ri yo’nalish belgilandi. Chunonchi, ularning asarlarida O’rta Osiyo xalqlarining hayot yo’li, yashash tarzi va o’rni bir xilda kechganligi, ibtidoiy davrdan hozirgacha o’tmish tarixi bir, umumiy xarakterga egaligi, ularning etnogenezi, etnik taraqqiyotini bir-biridan ayri holda tasavvur etib bo’lmasligini ilmiy jihatdan, ishonarli dalillar asosida yoritib berildi. Bu masala ko’pgina xorijiy olimlar asarlarida ham xolisona yoritilgan. Aytilganlardan ma’lum bo’ladiki, har bir etnosning yoki xalqning shakllanish jarayonini o’rganishga kirishar ekanmiz, avval o’sha etnos (xalq)ning etnogenez va etnik tarixlari qachondan boshlanganligini aniqlash lozim bo’ladi. Shuning uchun ham akademik A.Asqarov biror bir xalqning tarixini o’rganishda uning etnogenetik va etnik taraqqiyoti davrlarini ilmiy asosda tadqiq etish lozim deb biladi. Ta’kidlanganidek, etnogenez bu elat, xalqning shakllanguniga qadar bo’lgan tarixiy jarayondir. Bu jarayon davomida etnosga (xalqqa) xos belgilar birin-ketin shakllana boradi. Shundan so’ng ikkinchi bosqich, etnik (etnosga xos) tarix, ya’ni ma’lum bir xalq tarixi boshlanadi. Biz etnogenez bosqichini tarixni o’rganishda birinchi galda, Markaziy Osiyodagi eng qadimgi urug’ va qabilalar, ya’ni skif-sak-massaget, xorazmiy, sarmat, sug’d, xunn, o’g’uz va boshqalarning tarixi haqida fikr yuritishni lozim topdik. Zero, bu qabilalar va ularning tarixi hozirgi Markaziy Osiyodagi turkiy, eronzabon va boshqa mintaqalardagi xalqlarga ham tegishli etnogenez bo’lib, bu elat, xalqning shakllanguniga qadar davom etadigan tarixiy jarayondir. Ikkinchi galda ana shu etnogenez taraqqiyotning ma’lum bir davrida yuzaga kelgan turkiy, jumladan, o’zbek elatining shakllanishiga asos-ildiz sanalgan qadimgi urug’ va qabilalar haqida mulohaza yuritishni o’rinli deb bildik. 1 Har ikkala jarayon davomida etnosga (xalqqa) xos belgilar birin-ketin shakllana boradi. Bu sohada imkoniyat boricha mahalliy yozma manbalar asosida, ya’ni Markaziy Osiyo hududida va shu hududda faoliyat ko’rsatgan ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yozma manblarga tayangan holda fikr-mulohazalar yuritish muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, milodiy davrlar boshlaridan boshlab o’tmish ajdodlarimiz tarixi haqida juda ko’p yozma manbalar bizgacha yetib kelgan. O’rxun-Enasoy va qadimgi uyg’ur (VI-X asrlar) bitiklari, _____________________ 1. A.Madraimov. Manbashunoslik. Toshkent – 2008. Mahmud Koshg’ariyning (XI asr) “Devonu lug’otit turk” asari va turkiy (o’zbek) xalqlarning etnik shajaralariga doir bir qancha qo’lyozma manbalar ham mavjud. Shu kabi o’tmish davlatchiligimiz tarixida mashhur bo’lgan sulolalar tarixnavislarining asarlari yetib kelganki, ular so’nggi davrlarda olimlarimiz tomonidan tadqiq kelinmoqda. Bu manbalarning aksariyati taniqli tarixnavis olim Azamat Ziyoning “O’zbek davlatchiligi tarixi” kitobida qayd etilgan1. Jumladan, B.A. Ahmedov, K.Shoniyozov, A.Asqarov, I.Jabborov, X. Doniyorov, G’.Abdurahmonov kabi juda ko’p tarixshunos, etnogaf, tilshunos olimlarning asarlari ajdodlarimiz o’tmishiga oid tarixiy yozma manbalar tahlili asosida yaratilgan. Ammo Markaziy Osiyoda yashagan eng qadimgi urug’ va qabila larning antik davrlari haqida yaratilgan mahalliy yozma manbalar deyarli yetib kelmagan, yetib kelgani ham sanoqli darajadadir. Chunonchi, mahalliy yozma manbalar sifatida ta’kidlangandek, Misrning qadimgi tarixini o’rganishda “Piramidalar matnlari” va “Marhumlar kitobi”, yahudiylar uchun “Tavrot”, yeropaliklarda “Injil”, hindlar uchun “Rigveda”, Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixini o’rganishda esa “Behistun” (“Bhyeston”) qoyatoshi, “Naqshi Rustam”, “Suza” bitiklari va“Persepol devoridagi rasmlar”, ayniqsa, “Avesto” asari kabi yozma manbalar muhim o’rin egallaydi. Bular orasida “Avesto”asarining o’rni alohida ahamyat kasb etadi. Ayrim manbalarda “Avesto” miloddan avvalgi 589-512 yillarda yaratilgan3 shaklida ma’lumot berilgan. A.Asqarov esa Zardusht miloddan avvalgi II yillikning ikkinchi yarmida yashagan, Xorazm yoki Sug’diyona kohini oilasida tug’ilgan, Spitam urug’idan, otasining ismi Paurushasp, onasiniki esa-Dug’dova” tarzidagi Meri Boys fikriga qo’shilgan. “Avesto”ning yaratilgan o’rni tarixiy geografik jihatdan qadimiy Marg’iyona, Baqtriya, Sug’diyona, Xorazm, O’rta Osiyo yoki shimoliy-sharqiy Eron hududlari bo’lishi mumkin, degan mulohaza ham bildirilgan. “Avesto”dagi qadimgi geografik hududiy tushunchalar, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar, undagi jamiyatning ijtimoiy tarkibi, nomlar-etnik qabilalar va viloyatlar nomlari O’rta Osiyo xalqlari etnogenezi va ilk davlatchilik tarixi uchun noyob manbadir, deb baholanadi. “Bhyeston” bitiklarida miloddan avvalgi VI-V asrlarda, ahmoniylar davrida mavjud bo’lgan uch tilda, ya’ni qadimgi fors, elam (Elamtu/Xotamtu-tog’li mamlakat) va bobil tillarida Eron davlati ittifoqiga kirgan, yoki axmoniylar zabt etgan mamlakatlardan 23-24tasining, jumladan, Xorazm, Sug’diyona, Baqtriya va sak, massaget qabilalarining (podshohliklari) nomi ham sanab o’tilgan. Ushbu bitik shundan dalolat beradiki, bu qabilalar va ularning mavqyei, hukmronligi o’sha davrlarda o’ziga xos kuchga ega bo’lgan, o’zining mustaqqil hayot tarzi, taraqqiyot yo’li bo’lgan. Lekin bu ma’lumotlar bilan antik ajdodlarimiz haqida mukammal fikr bildirish qiyin, albatta. Buning uchun xorijiy mamlakatlar tarixnavislarining asarlariga va ulardagi ma’lumotlarga xolisona yondashish lozim bo’ladi. Xususan, Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi qabilalari hayoti va tarixini o’rganish va yoritishda grek-yunon tarixchisi Gerodotning (mil.avv.V asr) 9 kitobdan iborat “Tarix”, Ksenofont, Ktesiy (mil.avv. V-IV asrlar) yodnomalari, Strabonning (mil avv.I asr) “Geografiya”, qadimgi Rim tarixchisi Kvint Kursiy Rufning (mil.I asr)“Buyuk Aleksandr tarixi”, yunon tarixchisi Arrianning (milodiy II asr) “Aleksandrning harbiy yurishlari” kabi asarlarida3 Markaziy Osiyo mintaqasida yashagan qadimgi ajdodlarimiz to’g’risida, jumladan, yurtimiz tarixi haqida muhim ma’lumotlar mavjud.1 Qadimgi tariximiz qayd etilgan manbalarda o’rganib kelinganligining boisi shundaki, Vatanimiz hududidagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayot va tashqi aloqalar o’sha davrlarda ma’lum darajada mavjud bo’lgan. Zero, tariximiz dunyo sivilizasiyasining qadim davrlari bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham xorijiy tarixnavislarining ham e’tiborini o’ziga jalb etgan. Shuning uchun, avvalo kishilik jamiyatining eng qadimgi ko’hna tarixini bilishimiz lozim bo’ladi. Zero, Vatanimiz hududida shakllangan ko’hna taraqqiyot ham dunyo sivilizasiya sining ajralmas qismi hisoblanadi. Vatanimizning qadimgi sivilizasiya tarixini, ajdodlarimiz hayotini yoritishda xitoy manbalarining ham ahamiyati kattadir.Chunonchi, “Tarixiy guvohliklar” (mil. avv.I asr), “Ulug’ Xan xonadoni tarixi”(I asr), “Kichik Xan xonadoni tarixi” (V asr), “Vey xonadoni tarixi”(VI asr), “Shimoliy ___________________ 1.Anatoliy Sagdullayev.Qadimgi O’zbekiston ilk yozma manbalarda Toshkent 1996 podsholiklar (Beyshi) tarixi”(VII asr), “Suy xonadoni tarixi” kabi manbalar shular jumlasidandir. Ushbu manbalarda ham Vatanimiz hududlaridagi ijtimoiy hayot, madaniy taraqqiyot haqida ba’zi ma’lumotlarning berilishi Markaziy Osiyo, jumladan, O’zbekiston hududi ham qadimgi sivilizasiya o’choqlaridan biri bo’lganligini tasdiqlaydi Miloddan avvalgi VII asrda tashkil topgan qadimgi Baqtriya davlati O’rta Osiyo hududida qadimgi davlatlardan biri sanaladi. Marg’iyona va Sug’diyona ham Baqtriyaning siyosiy va madaniy tizimida bo’lgan. Shuning uchun u qadimda bir-biriga qarindosh bo’lgan . Elatlarning davlat birlashmasi deyilgan. Miloddan avvalgi VIIVI asrlarda Surxandaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vohalari va O’zbekistonga chegaradosh viloyatlar Qadimgi Baqtriya davlati ta’sirida bo’lgan. Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo’rg’on va Afrosiyob o’rnida Baqtriya va Sog’dning markaziy shaharlari joylashgan. Bu shaharlar O’zbekiston hududida eng qadimgilari bo’lib ularning yoshi 2700 yildan kam emas. Afrosiyob – hozirgi Samarqandning chegarasi hududlarida mil.avv VIIIVII asrlarida asos solingan qadimiy shahar. Bu yerda Samarqandning qadimiy qismi joylashgan. Qadimiy shahar qo’rg’onlari, turar joylarining xarobalari hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan. Xullas, ushbu manbalar ma’lumotlaridan ajdodlarimizning o’tmish tarixini yoritishda o’rni bilan foydalanish mumkin. Avesto”ning xalqlar ma’naviyat rivojiga ta’siri. «Avesto» – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Avesto (parfiyoncha: apastak – matn; koʻpincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb ataladi) – Zardusht dinining Muqaddas kitoblari toʻplami. Zardusht diniga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud. «Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab toʻqqiz hoʻkiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yigʻilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan. «Avesto» toʻrt qismdan iborat: Yasna («Diniy marosimlar»), Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin), Visparad («Barcha Ilohlar haqidagi kitob»), Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»). Yasna tarkibiga kirgan madhlar «Gatlar» (ayrim manbalarda «gohlar») deb nomlanib, ularni Zardushtning oʻzi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Ertoʻnga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi. «Avesto» insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining eʼtiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O. Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud. Oʻzbekistonda «Avesto»ni oʻrganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida «Avesto» taʼlimotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qoʻlyozma va bosma nusxalari O`R Fanlar Akademiyasi ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Hozirgi oʻzbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Is’hoqov, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari eʼtiborli. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001-yilda «Avesto»ning 2700-yilligi nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bogʻ barpo qilindi, asarning oʻzbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi. Koʻpchilik tadqiqotchilar fikriga koʻra, A. Oʻrta Osiyoda, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. A.da keltirilgan geografik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Mac, xudo yaratgan oʻlkalar sanab oʻtilar ekan, boyligi va koʻrkamligi jihatidan qadimgi Xorazm, Gava (Sugʻd), Margʻiyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi boʻlib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. A.dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi boʻlgan.A. uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshiga oid boʻlib, ogʻzaki tarzda avloddan-avlodga oʻtib kelgan. Keyingi asrlarda tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va hokazo qoʻshilib borgan. A.ni Zardusht diniy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolaa saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51–78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (3–7-asr)da yaxlit kitob holiga keltirilgan. A. 21 nask (qism)dan iborat boʻlgan. A. hajmi katta kitob boʻlganligi sababli dindorlar kundalik faoliyatida foy-dalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli – "Kichik A." (Xurdak A.) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-asr) Zardusht dini ruhoniylarining bir qismi Hindistonga koʻchib oʻtgan. Ularning av-lodlari (parslar) Bombay shahrida oʻz jamoalarida hozirgacha A.ning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron Zardusht izdoshlari jamoasida yashab, A. tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771). A.ning bu nusxasi 27 jilddan iborat boʻlib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladi-gan kitoblarni oʻz ichiga oladi. 1 A.da bayon etilgan gʻoyalarga koʻra, olam ikki asosning, ikki ibtidoning, ya’ni yorugʻlik bilan zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning tuxtovsiz kurashidan iborat. Yaxshilik va ezgulik Xudosi ______________ 1.H. Homidov. «Avesto» fayzlari. – T.: 2001 Ahuramazda yer, oʻsimlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi toʻxtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sathi esa kurash maydonidir. Hayotdagi turfa oʻzgarishlar qaysi kuchning gʻalaba qilishiga bogʻliq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning oʻzaro kurashidan iborat. Cheksiz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron boʻlgan abadiy yorugʻlik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron boʻlgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.A. ta’limotiga koʻra, birinchi inson Govamard (hoʻkiz-odam; forscha Qayumars) boʻlib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda oʻlim boʻlmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Ki-shilar bekamu kust, baxtiyor yashagan. 900 yil utgach shoh Yima gʻururga berilib, man etilgan sigir goʻshtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh koʻtaradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qoʻrgʻon (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin davri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) oʻrtasidagi kurash davri boʻlgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda gʻalaba qilib, ezgulik salta-nati barqaror boʻladi, oʻlganlar tiriladi. A.ning axloqiy-falsafiy mohiyati "ezgu fikr", "ezgu soʻz" va "ezgu amal" Muqaddas uchlik (axloqiy triada)da oʻz ifodasini topadi. Zardusht izdoshlarining ibodat oldidan aytiladigan niyati, soʻzlari shu 3 ibora bilan boshlanadi. A. oʻzbek, umuman Oʻrta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam toʻgʻrisidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madani-yatlarini oʻrganishda muhim va yagona manba. "Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oraligʻida, mana shu zaminda umrgoʻzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir". O`rta Osiyoda ham boshqa mamlakatlarda bo`lgani singari qadimiy dinlar mavjud bo`lib, ulardan ba`zilari ustida to`xtalamiz. Shulardan biri zardushtiylikdir (Zardushttarjimasi, tilla rangli, keksa tuyalarning sohibi ma`nosini beradi). Bu din o`zining sofligi bilan diqqatga sazovordir. Shu bilan birga, bu din, o`z davri insonlarining ma`naviyati, madaniyati, urf-odati, axloq-odobini o`zida aks ettiradi. Zardushtiylik ba`zi mualliflarning fikricha, avvalo mehnatkash xalqning axloqiy qoidalarini ifodalab, keyinroq diniy kishilar qo`lida siyosat yurgizishda qo`l kelgan. Aslida zardushtiylik jamiyatni tinch va osoyishtalik, barqaror xolatda bo`lishi, insonlarning bir-birlariga maslaxatdosh, ko`makdosh bo`lishi kabi g`oyalarni olg`a surgan. Shu bilan birga, zardushtiylikda insonlarning axloqiy va xuquqiy normalari ham ifodalangan. Bu din eramizgacha bo`lgan davrda 7-6 asrarda shakllangan. Unga Zardusht ismli alloma asos slogan. Zardusht Xorazmda tug`ilgan bo`lib uning ta`limoti ibtidoiy jamoa davrining oxiri, quldorlik jamiyatining barpo bo`lish davrida mafkura sifatida shakllangan. Sababi, zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da keltirilgan fikrlar bu muloxazamizni tasdiqlaydi. Bu din O`rta Osiyoda islom dini tarqalishdan so`ng ham ba`zi joylarda birmuncha vaqtga qadar saqlanib qolgan. ,,Avesto”da afsonaviy fikrlari bilan birga insonlarning xayotiy tajribalari ham o’z aksini topgan. Bu muqaddas kitob uzoq asrlarning tarixi va rivojlanishini, iqtisodiyijtimoiy holatini, madaniyati, tili yozuvi, xalq og’zaki ijodining manbasi sifatida ham muhimdir. Ayniqsa, undagi ma’naviy jihatlariga qaratilgan boblari kishini hayratda qoldiradi. U 21 ta kitobdan iborat, ammo ularning ko’pchiligi yo’qolib ketgan. Uning eng qadimgi musxasi 1324 yilda ko’chirilgan bo’lib, Kopengagenda saqlanadi. ,,Avesto” qadimgi Eron tillari guruhidagi tillarning qadimgi yodgorliklaridandir. Unda insonlarning orzuumidlari, yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi munosabatlar diqqatga sazovordir. Kitobning asosiy mazmuni insonlarning hudoga murojaat etib iltijo qilishlariga bag’ishlangan. Xudodan tinchlik,chorva mollari, yaylov, sug’orish maydonlarini tilaganlar. Kitobda Axuramazda hudolik qiyofasidan chiqib adolatli shox qiyofasida o’tishi tasvirlangan. U adabiy yodgorlik sifatida insonlarning ma’naviy qiyofasini juda jiddiy tasvirlangan. Avestoda mehnatsevarlik, insonparvarlik, botirlik, jasurlik, va tozalik, moddiy to’kin-sochinlikuchun kurash. Zardushtiylar umrining tub ma'nosi ezgu amal, ezgu so'z va ezgu fikrdan iborat bo'lgan. Insonning asosiy burchi eng avvalo adolatli turmush tarzi hisoblangan. Yovuzlik bilan kurashda Ezgulikka yordam berish lozim: yolg'on so'zlamaslik, aldamaslik, va'daga vafo qilish, faqat ezgu ishlarni amalga oshirish. Zardushtiylik ta'limotiga ko'ra, inson o'z yo'lini o'zi tanlaydi, kimning yonini olish, kimni himoya qilishni ham o'zi hal qiladi. Olov, tuproq, suv va havoni zardushtiylar muqaddas hisoblashgan. "Avesto"ning qimmati shundaki, u Ozbekiston qadimgi tarixini o`rgainshda dastlabki yozma manbalardan biri hisoblanadi. "Avesto"("Asos") kitobida Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga doir ma`lumotlar jamlangan. Zardushtiylikda olov, er, suv va havo muqaddas sanaladi. Yomonlikni muqaddas erga ko`mish, kuydirish, suvga tashlash man etilgan. Jasadni qushlarga em bo`lsin deb maxsus baland joyga qo`yganlar. Suyaklar tozalanib, qurib qolgach, ularni maxsus idish "ossuariy"-"suyakdon, ostadon" larda saqlanganlar. Ular nous deb ataluvchi maxsus binolarga qo`yiladi. Avesto – Tarix va ma naviy dunyomiz sarchashmasi. Avesto – Turonu Eron xalqlari ajdodlarning islomdan avvalgi dini, ya ni zardushtiylikning muqaddas kitobi. Mohiyatiga ko ra Avesto miloddan avvalgi 2 ming yillik o rtalaridan 1 ming yillik boshlarigacha o lkamizda yuzaga kelgan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlarning xamda ilk davlatchilik munosobatlari tarixning qomusiy yozma yodgorligidir. Avesto kitobi ko p qatlamli. Uning tarkibijdan ibtidoiy davrlarga tutashadigan asotirlar, olamning oqilona munosiblikda mukammal yaratilishi haqidagi tasavvurlar, odamzodning ezgulik, baxtiyor va farovon, g amu anduhsiz xayot, adolatli ijtimoiy boshqaruv, havf- hatarsiz turmush, sog lom tan, teran aql, soliq va dono farzandlar, oqila ayol, totuh oila, gurkiragan ko m-ko k bepayon yaylovlar, to q va semiz chorva, suvlari ma mur, serhosil ekin dalalari haqidagi orzu umidalar o rin olgan. MADYUZARM – Birinchi gahanbor bo lib bahorning o rtasi ma nosini bildiradi. Madyuzarm yilning 41- kunidan 45-kunigacha besh kun davom etgan. Madyuzarm bosqichida oliy iloh Ahura Mazda osmonu falakni yaratgan. Zardushtiylik ananasida yil boshi 21 mart xisoblangan, yani Navro z kuni. Farvardan oyining 2-kunida (27 martda) Zardusht tugilgan. Eronda Farvardin oyining oltinchi kunini Xurdod kuni ( tug ilish kuni ) deb nishonlanadi. Eron zardushtiylari o rtasida 27 martni katta navro z yoki xurdon navro z deb nishonlash rasm bo lgan. Madyuzarm gahanbori bizning taqvimda may oyining dastlabki besh kuniga to g ri keladi.Madyuzarm 5 kun davom etgan va shunda koinot vujudga kelgan. Zardushtiylik dunyoviy qarash. Ma lumki, milliy g оya va mafkuraning tariхiy shakllari va ko rinishlari хalqimizning ko p ming yillik o tmishi davrida rivоjlaiib kеldi. Qadimgi Хоrazm, So g diyona va Baqtriyada ilk bоr shakllangan, ajdоdlarimiz tоmоnidan bundan 2700 yil оldin yaratilgan dastlabki yozma manba - «Avеstо» kitоbida ham ezgulik g оyalari ilgari surilgan. Yaхshilik bilan yomоnlik o rtasidagi azaliy kurash aks ettirilgan. Zardushtiylikning ezgulik va insоnparvarlik haqidagi qarashlari mintaqamizga islоm dini kirib kеlgunga qadar asоsiy g оyalar edi. Shuningdеk, turkiy xalqlar o rtasidagi Ko k tangrisiga (оsmоn va quyoshga) sig inish (shamanizm) va buddizm (buddaviylik) ham diniy e tiqоd sifatida zardushtiylik bilan yonma-yon yashab keldi. Download 54.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling