15-Mavzu: Qozog‘iston Respublikasi tabiiy boyliklari, mamuriy-hududiy tarkibi


Download 0.75 Mb.
bet1/5
Sana21.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1791514
  1   2   3   4   5
Bog'liq
15 Ma\'ruza


15-Mavzu: Qozog‘iston Respublikasi tabiiy boyliklari, mamuriy-hududiy tarkibi.



  1. Qozog’istonning tabiiy va iqtisodiy geografik o`rni, chegaralari.

  2. Qozog’istonning tabiiy sharoiti va resurslari.

  3. Davlatning shakllanishi.

Tayanch tushunchalar: Geografik o`rni, tabiiy sharoit, tabiiy resurslari, tabiiy- geografik o’lka, siyosiy – ma’muriy chegara, chegara uzunligi, iqtisodiyoti, sanoati, eksporti, importi, transporti, YaIM, Davlat daromadlari, ishsizlik darajasi, korrupsiya, inflatsiya, biznes.



  1. Qozog’istonning tabiiy va iqtisodiy geografik o`rni, chegaralari.

Qozog`iston respublikasi 1991-yil 16 dekabrda mustaqil davlat sifatida butun Dunyo davlatlari tomonidan tan olindi. Hozirgi kunda Mamlakat Birlashgan millatlar tashkilotlarining teng huquqli a’zosidir. Hududi – 2717,0 ming km2 bo’lib, uning hududiga Eron, Iroq, Turkiya kabi davlatlarni to’liq joylashtirish mumkin. Aholisi – 2018 yilda 18,2 million kishini tashkil qildi. O'tmishga nazar tashlasak, 1960 yilda Mamlakatda 10,0 million kishi bo'lgan. Olimlarni bashorat qilishicha, 2020 yilda aholisining soni 18,67 million atrofida bo'lishi taxmin qilinmoqda.Mamlakat Respublikasi hududining kattaligi jihatdan MDH mamlakatlari Markazida Rossiyadan keyingi o’rinda turdi. G’arbda Kaspiy dengizidan, sharqda Oltoyga qadar 3 ming km va shimolda (Rossiya) va janubga (Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkmaniston) 1,8 ming km.dan ortiq cho’ziladi va sharqda XXR bilan chegaradosh.
Iqtisodiy-geografik o’rni:

  • Evropa va Osiyo mamlakatlarini bog’ lovchitranskontinental temir yul vaavtomobil’yo’llari muhim iqtisodiy va geosiyosiy ahamiyatiga ega quvur transportning o’tishi;

Kaspiy dengizi havzasi mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalar olib borish imkoniyatlarining kattaligi;

  • Volga daryosi orqali Rossiya ichki suv va xalqaro suv yo’llariga (Azov, Qora va Boltiq dengizlari) chiqish imkoniyatlari;

  • Rossiyaning iqtisodiy rivojlangan – Ural, Volga bo’yi va G’arbiy Sibir iqtisodiy rayonlari, Xitoy Xalq Respublikasi bilan chegaradoshligi mustahkam iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratadi.

Mamlakatning madaniyati va tarixi ko’p ming yilliklarda shakllangan va rivojlangan. Hozirgi Mamlakat hududida milloddan avvalgi 1-4 ming yilliklarda qabilalar yaylov chorvachiligi bilan shug’ullangan. Eramizdan oldingi 1-3 asrlarda Qang’ davlati vujudga kelgan. Millodning 6-8 asrlarida Turk xoqonligi, Ili va Chuv daryolari havzasida turgashlar, keyinchalik Qarluqlar davlati ( 766-940 ) tashkil topgan, hunarmandchilik, savdo rivojlandi, shaharlar ( Taraz) paydo bo’ldi. Mamlakatning janubida 8-10 asrlarda islom dini tarqaldi, 9-11 asrlarda Mamlakatning g’arbiy va janubi-g’arbiy hududlarida o’g’uzlar xoqonligi parchalanib, uning o’rnida Qoraxoniylar davlati vujudga keldi. 1219-1221 yillarda Mamlakat mo’g’ullar tomonidan bosib olindi va mo’g’ul uluslari tarkib topdi. Keyinchalik Amir Temur To’xtamishga qarshi yurish qildi (1391y), so’ng oradan 200 yil o’tgach Abdullaxon II ham dashti Qipchoqqa yurish qildi. 14-asr ohiri 15 asr boshlarida Oq O’rda, No’g’ay O’rda, O’zbekxonligi kabi bir necha mulklarga bo’linib ketdi.
Manbalarga asoslanib shuni aytish mumkinki, qozoqlarda davlatchilik 1470 yilda shakllangan. Yettisuv va Chuv daryo vodiysida qozoq sultonlari Jonibey va Kireylar ko’p sonli ellatlarni “Qozoq” urug’iga birlashtirdilar. 16-asr boshlarida Qosimxon boshchiligida (1511-1523y) Qozoq xonligi mustahkamlandi, chegaralari kengaydi, qozoq ellatining shakllanishi nihoyasiga yetdi, aholi soni ortdi. Xonlikni Osiyo va Yevropadagi mamlakatlar yaxshi bilishgan. Keyinchalik, Qozoq xonligi juzlarga bo’linib, Ulug’ juz (Ettisuv), O‘rta juz (Markaziy Mamlakat ) va Kichik juz (G’arbiy Mamlakat ) deb atalgan. 1716 yilda Qozoqlarning oxirgi xoni Taukexan o’lishi bilan Mamlakat hududida mustaqil ko’p sonli xonliklar vujudga keldi. Qozoq madaniyati, iqtisodini rivojlanishida qozoq-rus munosabatlari muhim ahamiyatga ega.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling