15-Mavzu: Qozog‘iston Respublikasi tabiiy boyliklari, mamuriy-hududiy tarkibi
Download 0.75 Mb.
|
15 Ma\'ruza
3.Davlatning shakllanishi. Ma’lumki 21 asr busag‘asida jahon siyosiy xaritasida birqancha o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. SHu o‘zgarishlardan eng muhimi sobiq ittifoqning tarqalib ketishi va 15ta mustaqil davlatlarning yuzaga kelishidir. SHulardan biri jahon siyosiy xaritasida yuzaga kelgan Qozog‘iston Respublikasi o‘ziga xos hususiyatlarga egadir.
Qozog‘istonning madaniyati va tarixi ko‘p ming yilliklarda shakllangan va rivojlangan. Hozirgi Qozog‘iston hududida milloddan avvalgi 4-1 ming yilliklarda qabilalar yaylov chorvachiligi bilan shug‘ullangan. Eramizdan oldingi 3-1 asrlarda Qang‘ davlati vujudga kelgan. Millodning 6-8 asrlarida Turk xoqonligi, Ili va CHuv daryolari havzasida turgashlar, keyinchalik Qarluqlar davlati ( 766-940 ) tashkil topgan, hunarmandchilik, savdo rivojlandi, shaharlar ( Taraz) paydo bo‘ldi. Qozog‘istonning janubida 8-10 asrlarda islom dini tarqaldi, 9-11 asrlarda Qozog‘istonning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy hududlarida o‘g‘uzlar xoqonligi parchalanib, uning o‘rnida Qoraxoniylar davlati vujudga keldi. 1219-1221 yillarda Qozog‘iston mo‘g‘ullar tomonidan bosib olindi va mo‘g‘ul uluslari tarkib topdi. Keyinchalik Amir Temur To‘xtamishga qarshi yurish qildi (1391y), so‘ng oradan 200yil o‘tgach Abdullaxon II ham dashti Qipchoqqa yurish qildi. 14-asr ohiri 15-asr boshlarida Oq O‘rda, No‘g‘ay O‘rda, O‘zbekxonligi kabi bir necha mulklarga bo‘linib ketdi. Manbalarga asoslanib shuni aytish mumkinki, qozoqlarda davlatchilik 1470 yilda shakllangan. Ettisuv va CHuv daryo vodiysida qozoq sultonlari Jonibey va Kireylar ko‘p sonli ellatlarni “Qozoq” urug‘iga birlashtirdilar. 16-asr boshlarida Qosimxon boshchiligida ( 1511-1523y) Qozoq xonligi mustahkamlandi, chegaralari kengaydi, qozoq ellatining shakllanishi nihoyasiga etdi, aholi soni ortdi. Xonlikni Osiyo va Evropadagi mamlakatlar yaxshi bilishgan. Keyinchalik, Qozoq xonligi juzlarga bo‘linib, Ulug‘ juz (Ettisuv ), O‘rta juz ( O‘rta Qozog‘iston ) va Kichik juz ( G‘arbiy Qozog‘iston ) deb atalgan. 1716 yilda Qozoqlarning oxirgi xoni Taukexan o‘lishi bilan Qozog‘iston hududida mustaqil ko‘p sonli xonliklar vujudga keldi. 1729 y. Jung‘oriya xonligi Ulug‘ juzning ko‘p qismini bosib oldi. Xavf ostida qolgan Kichik juz oqsoqollari 1721-31 yilda, 1731-40 yilda O‘rta Juzning xon va sultonlari Rossiya podsholigiga murojat qilishib, ularni Rossiya tarkibiga qo‘shib olishlikni so‘rashdi. Murojat qabul qilindi. Qozog‘iston hududining janubiy qismlari Qo‘qon va Xiva xonliklari tarkibiga kirdi. Qozoq madaniyati, iqtisodini rivojlanishida qozoq-rus munosabatlari muhim ahamiyatga ega. 1860 yilda Qo‘qon xonligi qo‘shinlarini engib Ettisuvning barcha qismi Rossiyaga qo‘shib olindi. Podsho hukumati 1867y. Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Ettisuv va Sirdaryo viloyatlari, 1868 y. Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Akmolinsk va Semipalatinsk viloyatlarini tashkil etdi. 1917y. noyabr – 1918y. Fevralda Qozog‘istonda Sovet hokimiyati o‘rnatildi. 1920 yilda Qirg‘iz avtonom viloyati, Qozog‘iston ASSR (RSFSR tarkibida) va 1936 yil 5 dekabridan boshlab Qozog‘iston SSR maqomida shakllangan edi. Qozog‘iston Respublikasi poytaxtlari rolini ham turli davrlarda turli shaharlar o‘tadilar. Bular Orenburg (1920-1925yy.), Qizilo‘rda (1925-1929yy.) va Almati (1929-1998yy.). So‘nggi poytaxti etib Astana (oldingi Aqmo‘la) shahri tanlandi. Hozirgi vaqtda Qozog‘iston Respublikasi ma’muriy hududiy tarkibida 17 oblast mavjud, ular beshta iqtisodiy rayonga birlashtirilgan. Qozog‘iston Respublikasining umumiy maydoni 2724900 km2, umumiy maydoni butun er shari maydonining 2 % ni, Osiyoning 6,1 % ni, mintaqa hududining 2/3 qismidan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Kattaligiga ko‘ra u MDHda Rossiyadan keyin 2, jahonda esa 9 o‘rinni egallaydi. Ammo aholisining soni (19,2 mln. kishi, 2018y.)ga ko‘ra u MDHda 3, jahonda esa 52 o‘rinda turadi Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling