3-4-ma’ruza. Po’latning statik yuk ostida ishlashi. Po’lat sortamenti reja
Download 495.79 Kb. Pdf ko'rish
|
3-4-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Burchak profillar.
Prokat po‘lat listlar. Prokat po‘lat listlar yupqa va qalin qilib chiqariladi. Qalin
po‘lat listlar standartga muvofiq 4-160 mm qalinlikda bo‘lishi mumkin, ammo qurilish konstruksiyalari uchun qalinligi 40 mm dan yuqori bo‘lgan po‘lat listlar deyarli ishlatilmaydi. Qalinligi 26 mm gacha bo‘lgan po‘latlarning qalinlik bo‘yicha o‘zgarishi 1 mm dan, undan yuqorisi 2 mm va 10 mm qilib belgilangan. Ularning uzunligi 12 m gacha bo‘ladi, ammo 6 m uzunlikda ishlab chiqarish tejamli hisoblanadi. Po‘lat listlarning eni 600-3600 mm ni tashkil etadi. Konstruksiyalar tayyorlashda ortiqcha chiqindilar bo‘lmasligi uchun list eni 1000 mm gacha bo‘lsa, o‘zgarish 50 mm, eni 1800 mm gacha bo‘lsa, o‘zgarish 100 mm qabul qilingan. Qalin po‘lat listlar asosan xar xil yaxlit devorli sig‘imlar, apparatlar, to‘sinlar, ustunlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Yupqa list po‘latlar 0,2-3,9 mm qalinlikda eni 60-2000 mm va uzunligi 1200-5000 mmga teng qilib ishlab chiqariladi. Bunday po‘lat listlar asosan egma profillar tayyorlashda, tomlarni yopishda qo‘llaniladi. Universal keng enli po‘lat prokat maxsus davlat standarti bo‘yicha qalinligi 4- 60 mm eni, 200-1050 mm uzunligi 5-18 m o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. O‘rama po‘lat listlar qalinligi 10 mm eni 200-2300 mm o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. O‘rama po‘lat listlar asosan yupqa devorli qurilmalar - rezervuar, bunker, gazgolpderlar qurishda ishlatiladi. Burchak profillar. Burchak profillardan foydalanib xar xil qurilish konstruksiyalarini yig‘ish mumkin: jumladan, yopma fermalari asosan burchaklardan tayyorlanadi. Burchaklar sortamenti standartlashtirilgan va shakliga qarab ikki xilga bo‘linadi: teng yonli va teng yonlimas burchaklar. Kesimi 1-1,5 sm 2 bo‘lgan kichik burchaklardan tortib, kesimi 140 sm 2 gacha bo‘lgan yirik burchaklar ishlab chiqariladi. Sanoatda burchaklar sortamenti 70 xilni tashkil etadi. Teng yonli burchaklarning qalinligi ustivorlik shartidan b/t 17 belgilanadi; b -burchak kesim eni, t-qalinligi. Panjarasimon qurilish konstruksiyalarini tayyorlashda asosan burchaklar ishlatiladi (7.2-rasm). 7.2-rasm. Yig‘ma burchak profilli kesimlar Burchaklar 4-12 m uzunlikda prokatlanadi, katta uzunliklar yirik o‘lchamli burchaklar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Agar teng yonli burchak ko‘rsatiladigan bo‘lsa, yozuv 56x5 belgi bilan ifodalanadi, agar tengyonlimas bo‘lsa 70x45x5 yozuv bilan ifodalanadi. Ikkala holda ham oxirgi raqam qalinlikni ifodalaydi. Download 495.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling