3-4-ma’ruza. Po’latning statik yuk ostida ishlashi. Po’lat sortamenti reja


Download 495.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana02.05.2023
Hajmi495.79 Kb.
#1422592
1   2   3   4
Bog'liq
3-4-ma\'ruza

Prokat po‘lat listlar. Prokat po‘lat listlar yupqa va qalin qilib chiqariladi. Qalin 
po‘lat listlar standartga muvofiq 4-160 mm qalinlikda bo‘lishi mumkin, ammo 
qurilish konstruksiyalari uchun qalinligi 40 mm dan yuqori bo‘lgan po‘lat listlar 
deyarli ishlatilmaydi.
Qalinligi 26 mm gacha bo‘lgan po‘latlarning qalinlik bo‘yicha o‘zgarishi 1 mm 
dan, undan yuqorisi 2 mm va 10 mm qilib belgilangan. Ularning uzunligi 12 m gacha 
bo‘ladi, ammo 6 m uzunlikda ishlab chiqarish tejamli hisoblanadi. Po‘lat listlarning 
eni 600-3600 mm ni tashkil etadi. Konstruksiyalar tayyorlashda ortiqcha chiqindilar 
bo‘lmasligi uchun list eni 1000 mm gacha bo‘lsa, o‘zgarish 50 mm, eni 1800 mm 
gacha bo‘lsa, o‘zgarish 100 mm qabul qilingan. 
Qalin po‘lat listlar asosan xar xil yaxlit devorli sig‘imlar, apparatlar, to‘sinlar, 
ustunlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Yupqa list po‘latlar 0,2-3,9 mm qalinlikda eni 
60-2000 mm va uzunligi 1200-5000 mmga teng qilib ishlab chiqariladi. Bunday 
po‘lat listlar asosan egma profillar tayyorlashda, tomlarni yopishda qo‘llaniladi. 
Universal keng enli po‘lat prokat maxsus davlat standarti bo‘yicha qalinligi 4-
60 mm eni, 200-1050 mm uzunligi 5-18 m o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. 
O‘rama po‘lat listlar qalinligi 

10 mm eni 200-2300 mm o‘lchamlarda ishlab 
chiqariladi. O‘rama po‘lat listlar asosan yupqa devorli qurilmalar - rezervuar, bunker, 
gazgolpderlar qurishda ishlatiladi. 
Burchak profillar. Burchak profillardan foydalanib xar xil qurilish 
konstruksiyalarini yig‘ish mumkin: jumladan, yopma fermalari asosan burchaklardan 
tayyorlanadi.
Burchaklar sortamenti standartlashtirilgan va shakliga qarab ikki xilga 
bo‘linadi: teng yonli va teng yonlimas burchaklar. Kesimi 1-1,5 sm
2
bo‘lgan kichik 
burchaklardan tortib, kesimi 140 sm
2
gacha bo‘lgan yirik burchaklar ishlab 
chiqariladi. Sanoatda burchaklar sortamenti 70 xilni tashkil etadi. Teng yonli 
burchaklarning qalinligi ustivorlik shartidan b/t

17 belgilanadi; b -burchak kesim eni, 
t-qalinligi. 
Panjarasimon qurilish konstruksiyalarini tayyorlashda asosan burchaklar 
ishlatiladi (7.2-rasm). 
7.2-rasm. Yig‘ma burchak profilli kesimlar 
Burchaklar 4-12 m uzunlikda prokatlanadi, katta uzunliklar yirik o‘lchamli 
burchaklar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Agar teng yonli burchak ko‘rsatiladigan 


bo‘lsa, yozuv 56x5 belgi bilan ifodalanadi, agar tengyonlimas bo‘lsa 70x45x5 yozuv 
bilan ifodalanadi. Ikkala holda ham oxirgi raqam qalinlikni ifodalaydi. 

Download 495.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling