3-4-ma’ruza. Po’latning statik yuk ostida ishlashi. Po’lat sortamenti reja


Download 495.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana02.05.2023
Hajmi495.79 Kb.
#1422592
1   2   3   4
Bog'liq
3-4-ma\'ruza

Shvellerlar. Shvellerlar egilishga ishlovchi qurilish konstruksiyasi sifatida 
yakka va yig‘ma holda ishlatiladi. Bo‘ylama kuch ostida ishlovchi ustunlar 
tayyorlashda ham shvellerlardan foydalaniladi. 
Shvellerlarning nomeri santimetr hisobida o‘zining balandligiga mos qilib 
belgilanadi. Masalan, shveller №30 ning balandligi 30 sm ga teng bo‘ladi. Yirik 
o‘lchamli shveller devorining qalinligi ustivorlik shartidan t/h

1/50 nisbat bilan 
belgilanadi. Ayrim shvellerlarning aniqrog‘i №14-№24 shvellerlar tokchalari ikki xil 
prokatlanadi. Sanoatda ishlab chiqariladigan shvellerlar 13 m gacha uzunlikda 
tayyorlanadi. 
Bo‘ylama zo‘riqishga ishlovchi juft shvellerdan ustunlar tayyorlanadi (7.3-
rasm). 
7.3-rasm. Shvellerlardan tayyorlangan yig‘ma kesimlar 
Qo‘shtavrlar. 
Qo‘shtavrlar 
asosan 
egilishga 
ishlovchi 
qurilish 
konstruksiyalarida ishlatiladi. Shvellerga o‘xshab qo‘shtavr raqami ham santimetr 
hisobida o‘zining balandligini belgilaydi. Sortamentlar jadvaliga №10 dan №60 
gacha bo‘lgan qo‘shtavrlar kiritilgan. №18-№30 oraliqdagi qo‘shtavrlar tokchasi ikki 
xil qalinlikda prokatlanadi. Yirik qo‘shtavrlarda devori qalinligining balandligiga 
nisbati t/h

1/55 qilib belgilanadi. 
Oddiy qo‘shtavr tokchalarining eni katta bo‘lmaganligi sababli uchun ularning 
U-U o‘qi bo‘yicha ustivorligi kam ta'minlanadi, shuning uchun bo‘ylama zo‘riqish 
ostida ishlovchi konstruksiyalarda (ustunlar) yig‘ma-juft qo‘shtavrlar tayyorlanadi 
(7.4-rasm). 
7.4-rasm Qo‘shtavrlardan tayyorlangan yig‘ma konstruksiyalar kesimi 
Egma profillar. Iqtisodiy hisoblarga qaraganda egma profillardan foydalanish 
metallni 10% gacha tejash imkonini berar ekan. Hozirgi vaqtda buyurtmaga asosan 
xar xil kesim shakliga ega bo‘lgan egma profillar tayyorlanmoqda (7.5-rasm). 






7.5-rasm. Egma profil namunalari 
Egma profillar qalinligi 2-16 mm, eni 80-1600 mm bo‘lgan po‘lat listlarni 
maxsus moslamalarda egish yo‘li bilan tayyorlanadi. 
Metall konstruksiyalarda qo‘llaniladigan yoyma po‘lat ikki guruhga bo‘linadi:
1. yupqa yoki qalin varaqsimon po‘lat; 
2. profilli po‘lat – burchaklik, shveller, tavr, qo‘shtavr va h.k. 
Varaqsimon po‘lat quyidagicha turlarda mavjud bo‘ladi: 
1. Qalin varaqsimon po‘lat (TU 14-1-4431-88). Bu turdagi po‘lat 4

160mm 
qalinlikda yoyiladi, kengligi 600

3600 mm, uzunligi 2000mm dan 12000mm 
gacha qilib ishlab chiqariladi
2. Keng tasmasimon universal po‘lat GOST 19903–74. GOST 27772–88. (TU 
14-1-3023-80). Bunday universal po‘lat varaqlarining qalinligi 6

60 mm, eni 
200

1050 mm, va uzunligi 5000

12000 mm qilib chiqariladi; 
3. Yupqa varaqli po‘lat (TU 14-1-4431-88). Bu xildagi po‘lat varaqlari 0,2

3,9 
mm qalinlikda, 1200

5000 mm uzunlikda va 600

2000 mm kenglikda 
ishlab chiqariladi. 
B u r ch a k l i k l a r – teng yonli 75x75x6 –GOST 8509 – 86.
(GOST 535-88, 27772-88) va yonlari teng bo‘lmagan, GOST 8510 – 86, ya'ni 
tengsiz yonli turlarga bo‘linadi. Burchakliklar quyidagicha belgilanadi: L50x5 yoki 
L75x50x5. Birinchi holda yonlarining eni 50mm, qalinligi 5mm bo‘lgan teng yonli 
burchaklik, ikkinchi holda esa yonlarining eni 75 va 50mm, qalinligi 5mm bo‘lgan 
tengsiz yonli burchaklik ifodalangan. Burchakliklar sortamenti juda keng bo‘lib, eng 
kichik profil L20x3 va eng kattasi esa L250x30 dan iboratdir.
Q o‘ sh t a v r l a r –20 GOST 8239 – 72. (GOST 535 – 88) asosan egilishga 
ishlovchi to‘sinlar sifatida qo‘llaniladi. Sortamentga ko‘ra qo‘shtavrlarning 10 dan 60 
gacha nomerlari mavjud. Qo‘shtavrning nomeri uning santimetrda ifodalangan 
balandligiga mos keladi. Qo‘shtavrlarning uzunligi 13m gacha bo‘lib, asosan 6; 9 va 
12m li qilib tayyorlanadi.
TU 14-1-3023-80ga muvofiq, keng tokchali qo‘shtavrlar ham ishlab chiqariladi. 
Ular uch xil bo‘ladi: to‘sinlar uchun «B» markali, yengil va og‘ir ustunlar uchun «K» 
markali va universal «Sh» markali. Keng tokchali to‘sinbop profillarning balandligi 
1000mm gacha bo‘ladi. 
Sh v ye l l ye r l a r – 18 GOST 8240 – 72. (GOST 535-88). Shvellerlarning 
o‘lchamlari ham ularning nomerlari orqali ifodalanadi. Sortament 5 dan 40 gacha 
nomerlari bo‘lgan shvellerlarni o‘z ichiga oladi.


E g m a profillar qalinligi 2

16 mm gacha ishlab chiqariladi. 
Ma'lumki, po‘latlarning plastik holatga o‘tishi
diagrammada oquvchanlik 
chegarasidan boshlanadi. Ba'zan konstruksiyaning faqat elastik holatida emas, balki 
oquvchanlik holatiga ham o‘tib ishlashiga ruhsat etiladi va hisoblashda bu omil 
e'tiborga olinadi. 
Plastik deformatsiyalarni cheklash maqsadida, cho‘zilishga ishlaydigan element 
materialining elastik ishlash chegarasi bo‘yicha mustahkamligi quyidagicha 
aniqlanadi: 
(8.1) 
bu yerda: N - hisobiy kuch; 
A
n
– elementning ko‘ndalang kesim yuzasi; 
R
y
– element materialining oquvchanlik bo‘yicha hisobiy qarshiligi; 

s
– ishlash sharoitini e'tiborga oluvchi koeffitsient. 
Bu formula asosida cho‘zilishga ishlayotgan elementlar hisoblanganda material 
elastik holatda ishlashi ta'minlanadi va atomlar aro bog‘lanishda o‘zgarish bo‘lmaydi. 
Markaziy siqilgan elementlar birinchi guruh chegara vaziyatlari bo‘yicha 
mustahkamlikka va ustivorlikka hisoblanadi. 
Markaziy siqilishga ishlayotgan kalta sterjenlar o‘zini markaziy cho‘zilishda 
ishlayotgandek tutadi. Shuning uchun kalta sterjenlar quyidagi ifoda bo‘yicha 
hisoblanadi: 
(8.2) 
Markaziy siqilishga ishlaydigan egiluvchan va ko‘ndalang kesim 
o‘lchamlarining uzunlikka nisbatan
bo‘lgan sterjenlarning ustivorligi 
quyidagi ifoda bo‘yicha hisoblanadi: 
(8.3) 
bu yerda,

- bo‘ylama egilishni e'tiborga oluvchi koeffitsienti, uning 
qiymatlarini:
agar shartli egiluvchanlik 
bo‘lgan holda 
bo‘lgan holda 
bo‘lgan holda 




Download 495.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling