Ustivorlik. Kritik kuch va kuchlanishlarni aniqlash


Download 0.59 Mb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1528609
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oʻrinova Nodira Ustivorlik Kritik kuch va kuchlanishlarni aniqlash





Ustivorlik. Kritik kuch va kuchlanishlarni aniqlash.
Ustivorlik. Muvozanatning ustivor va noustivor shakllari haqida tushuncha. Kritik kuch. Siqilgan sterjenlarning ustivorligi. Eyler formulasi va undan foydalanish chegarasi. Kritik kuchlanish. Egiluvchanlik.
Reja:
1. Ustivorlik. Muvozanatning ustivor va noustivor shakllari haqida tushuncha. Kritik kuch. Siqilgan sterjenlarning ustivorligi.
2. Eyler formulasi va undan foydalanish chegarasi. Kritik kuchlanish. Egiluvchanlik.
1. Ustivorlik. Muvozanatning ustivor va noustivor shakllari haqida tushuncha. Kritik kuch. Siqilgan sterjenlarning ustivorligi.
Birinchi hol. Botiq sirtda turgan sharik biroz o‘z o‘rnidan qo‘zg‘atilsa, u og‘irligi ta’sirida o‘zining dastlabki muvozanat holatiga qaytib keladi. Demak, botiq sirtda turgan sharik muvozanat holati ustuvor bo‘lar ekan (16.1, a chizma).
Ikkinchi hol. Gorizontal tekislikda turgan sharikni biroz o‘z o‘rnidan qo‘zg‘atilsa, u o‘zining dastlabki muvozanat holatiga qaytib kelmasdan, boshqa joyda turib qoladi. Demak, gorizontal tekislikda turgan sharik muvozanat holati befarq bo‘ladi (16.1,b-chizma).
Uchinchi hol. Sharik qavariq sirtda turgan bo‘lsa, biroz o‘z o‘rnidan qo‘zg‘atilsa, sirtdan tushib ketadi. Demak, qavariq sirtda turgan sharik muvozanat holati noustuvor bo‘ladi (16.1,d-chizma).


16.1-chizma. Sharik muvozanat holati turlari.
Yuqorida keltirilgan misollardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, absolyutqattiq jismlar mexanikasida absolyut qattiq jismlar ustuvorligi unga ta’sir etuvchi kuchga bog‘liq emas ekan.
Deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasida konstruksiya elementlariga ta’sir etuvchi kuchlarning qiymati ustuvorlikning muvozanat holati turini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Konstruksiya elementlari
muvozanat holatining ustuvor bo‘lishini ta’minlash uchun ingichka sterjenlar
muvozanat holatining buzilish sabablarini o‘rganish maqsadida quyidagi misolni
ko‘rib chiqamiz.
Misol sifatida bir uchi qistirib mahkamlangan, erkin uchi ko‘ndalang, kesimi
og‘irlik markaziga asta-sekin o‘suvchi bo‘ylama siquvchi kuch qo‘yilgan to‘g‘ri
o‘qli ingichka sterjenning muvozanat holatini qarab chiqamiz (16.2,a-chizma).
Birinchi hol. Bo‘ylama siquvchi kuchning kichik qiymatida, sterjen o‘zining
to‘g‘ri chiziqli muvozanat holatida bo‘ladi. Unga birorta tasodifiy gorizontal turtki
bilan ta’sir etganimizda ham, u bir ozgina egilib qisqa vaqt tebranib, yana o‘zining
dastlabki to‘g‘ri chiziqli muvozanat holatiga qaytadi. Siquvchi kuchni orttirib,
nihoyat uni shunday qiymatga yetkazish mumkinki, natijada siqilgan ingichka
to‘g‘ri o‘qli sterjen, o‘zining to‘g‘ri chiziqli muvozanat holatini saqlab tura
olmaydi, chunki u tasodifiy sabablarga ko‘ra biror tomonga egiladi.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling