3-4 seminar mashg‘uloti. Mavzu: Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari Ko‘rib chiqiladigan masalalar: 3- seminar
Download 277.54 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq3 4 seminar mashg’uloti Mavzu Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari
3-4 seminar mashg‘uloti. Mavzu: Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari Ko‘rib chiqiladigan masalalar: 3- seminar 1. Ilmiy ijodning uch bosqichi: affektiv jarohat modeli, topik va strukturali modellar. 2. Psixika tuzilmasi. Arxetip va psixik funktsiya tushunchalari. 3. Individuatsiya va uning bosqichlari. 4. Shaxs tipologiyasiga yondashuvlar. 5. A.Adlerning Individual psixologiyasi. 6. Nomukammallik tuyg‗usi va nomukammallik kompleksi. Inson shaxsi Z.Freyd bo‗yicha o‗z tarkibiga tuzilmaviy tarkibiy qismlarni qamrab oladi: U; Men; Oliy Menю ―U‖ - ―Id‖. ―U‖ – bu ―Id‖ ong osti yoki ongsizlik sohasi, instinktiv mayllar to‗plami. ―U‖ ongsizlik sohasidan iborat, uning hukmron printsipi ―Lazzatlanish‖ printsipi bo‗lib, siyosatda bu anarxiya ko‗rinishida maydonga chiqadi. ―Men‖ - ―Ego‖. ―Men‖ - bu ―Ego‖, shaxs, ong. ―Men‖ yoki ―Ego‖ instinktlarni tutib turuvchi o‗ziga xos qobiq vazifasini bajaradi. ―Yuqori – Men‖ - ―Super - Ego‖ Ijtimoiy axloq xatti-harakat normalari, ijtimoiy ong, xulq. • ―Men‖ tazyiq ostida. ―Men‖ – ―Yuqori Men‖ va ―U‖ tomonidan ezib, siqib qo‗yilgan, ―U‖ va ―Yuqori Men‖ o‗rtasida ongsiz aloqalar mavjud • Men-Ideal ham, Yuqori – Men ham, U ham ―Men‖ ning ixtiyorida ―Ideal‖. ―Ideal‖ ham ―Men‖ bilan muvofiq munosabatlarda bo‗ladi. • Bunday qulay vaziyatda ―U‖ ning barcha kuchlari ―Men‖ning ixtiyorida bo‗ladi Himoya mexanizmi atamasi 1894-yilda dastlab Z.Freyd tomonidan fanga kiritildi. Keyinchalik mazkur sohadagi tadqiqotlarning miqdorini ortib borishi natijasida uning amaliy va nazariy ahamiyati ham ortib bormoqda. Psixologik himoya — bu shaxsni salbiy kechinmalardan himoya qilishga yo‗naltirilgan anglanmagan psixik jarayondir. Aynan psixologik himoya mexanizmlari qarshilik ko‗rsatish jarayonlari asosida yotadi. Psixologik himoya mexanizmlari odamni yoqimsiz emotsional kechinmalardan himoya qiladi, psixologik qulaylik (komfort)ni saqlab berishga yordam beradi. Psixologik himoyaning funksional vazifasi va maqsadi, ongsizlikni instinktiv impulslari va tashqi ijtimoiy muhit talablarini o‗zlashtirishi, oila va jamiyatning qoida va normalarini o‗zlashtirish oltasidagi ziddiyatlar bilan shartlangan, ya‘ni shaxsni ichki nizolarini (xavotirlik, siqilish) yengillashtirishdan iborat. Psixologik himoya mexanizmlarining turlari: 1. Siqib chiqarish 2. Regressiya 3. Proyeksiya 4. Introyeksiya 5. Ratsionallashtirish 6. Intellektualizatsiya 7. Kompensatsiya yoki sublimatsiya Freyd nazariyasi psixoseksual nazariya hisoblanadi, yoshni davrlarga bo‗lishda ham u jinsiy ehtiyoj «libido»ga tayanadi. Freydning fikricha ongdan siqib chiqarilgan hamma narsa ongsizlikdir, lekin ongsizlik siqib chiqarilgan hodisalar bilan aynan bir narsa emas. Neofreyydizmning yana bir vakili K.G.Yung (1875-1961) Freyd ta‘limotini boshqacha yo‗nalishda rivojlantirdi. K.Yung o‗zining "Psixologik ishlar" nomli asarida inson ongi va ongsizlikka mansub bo‗lgan masalalarni falsafa tarixi, she‘riyat diniy madaniy yodgorliklar yordamida ko‗rib chiqdi, ularni yangicha talqin qismiga harakat qildi. Psixik energiyani koinot miqyosidagi energiya deb hisoblaydi. Butun koinotni qamrob oluvchi bu energiya hayotiy jo‗shqinlik, sheriklik jarayonidir. Bu fikrlarni asoslash uchun Yung qadimgi hind falsafasiga Veda va Bxaga vat Gitalarga murojaat qildi. K.Yung butun olamni birlashtiruvchi timsol, simvol, belgi sifatida Broxmanni oldi. . K.Yungning analitik psixologiyasi. Inson - nafaqat individual va takrorlanmas hodisa, balki, shu bilan birga jamiyatning bir bo‗lagi hamdir. SHunga ko‗ra, shaxs ruhiyati avtonom va butkul individual fenomen bo‗lgani xolda, jamoaviylik holatlarini ham o‗zida namoyon qiladi. Yung kontseptsiyasida jamoaviy ongsizlik sohasining mazmunini arxetiplar tashqil etadi. Arxetiplar, uning talkinida, bu "son-sanoksiz kator o‗tmish avlodlar boshdan kechirgan juda katta tajribalarning xosilasi", "bir xil tipdagi kechinmalarning ruhiy cho‗kindisi. "Arxetip" yunoncha so‗z bo‗lib, u ikki suzning - "arxe" (asos, boshlanish) va "topos" (obraz) suzlarining birikishidan kelib chiqqan. Platon ta‘limotida bu tushuncha dunyodagi barcha moddiy narsalar, umuman, butun olam kelib chiqishidan oldin ularning ruxiy olamda mavjud bo‗lgan dastlabki g‗oyaviy obrazlari (proobrazlari) ma‘nosini anglatar edi. Karl Gustav Yung arxetiplarni asosan kuyidagi nomlar bilan farklaydi: "Persona", "Soya" (kulanka), Trikster, Mandala ("o‗zlik"), Anima va Animus. Bularning barchasi simvolik ma‘noga ega. Xususan, "Persona" - individning "soxta men"i va "asl men"i ya‘ni insonning uzi va haqidagi burttirilgan va xakikiy holatiga (haqiqiy basharasiga) oid fikrlari majmui. "Soya" (yoki ko‗lanka) - inson ruhiyatidagi eng tuban jamiyatga mutlaqo to‗g‗ri kelmaydigan xususiyatlar. K.G.Yung, men soya deganda individning faqat salbiy odatlarini, illatlarini tushunaman, deydi. "Soya" qalbdagi buzg‗unchi, agressiv tendentsiyalar timsolidir. Yung ularni "Trikster" deb ataydi. Trikster -odamlar tabiatidagi eng tuban illatlar majmui, jamoaviy onglanmaganlikning tuban ruh obrazi. Illatlar jamiyat talablariga zid bo‗lganligi uchun xam xar doim ochiq ko‗rinmaydi. CHunki u "Persona" niqobiga yashiringan bo‗ladi. Odamlarda tuban illatlarning oshib borishi va uning jamiyatdan, ijtimoiy ongdan chegarada zo‗rlik bilan "bosib" turilishi oqibatida turli xil nevroz kasalliklari kelib chiqadi. Qalbdagi ichki mayllar bilan tashqi olamdagi talablarning bir biriga zid kelaveridan ruhiy inkiroz paydo bo‗ladi va oqibatda biz oqil deb o‗ylagan odamlar telbaga aylanadi. Yung fikricha, ruhiyat tizimida "men" individ ongining subyekti bo‗lsa, "O‗zlik" (ya‘ni Mandala) ruhiyatning yaxlit subyektidir. Yung fikricha, ruhiyat tizimida "men" individ ongining subyekti bo‗lsa, "O‗zlik" (ya‘ni Mandala) ruhiyatning yaxlit subyektidir. Amerikalik psixolog E.Erikson (1902—1994) ego-psixologiya yo‗nalishining vakili sifatida mashhurdir. Erikson nazariyasi Anna Freyd nazariyasi kabi psixologik tahlil amaliyotidan keyin yuzaga keldi. E.Eriksonning o‗zi tan olganiday, Yevropadan emigratsiya qilingach yashagan urushdan keyingi Amerikada kichik bolalardagi xavotirlilik, hindlardagi umidsizlik, urush veteranlaridagi sarosima, natsist (german fashist)laridagi shafqatsizlik kabi ko‗rinishlarni tushuntirish va korreksiya qilish talab qilinadi. Bu barcha ko‗rinishlarga psixoanalitik yondashuv nizo mavjudligini ko‗rsatdi, Z.Freydning ishlari esa nevrotik nizolarni birmuncha o‗rganilgan insoniy axloq aspekti qila oldi. Biroq E.Erikson sanab o‗tilgan ommaviy ko‗rinishlarni nevrozning faqat analogi deb hisoblamaydi. Uning fikriga ko‗ra, insoniy «Men»ning asoslari jamiyatning ijtimoiy uyushtirilishida ildiz otadi. E.Erikson «Men» va jamiyat munosabatlari haqidagi psixoanalitik konsepsiyani yaratdi. Shu bilan birgalikda, uning konsep103 siyasi — bu bolalik konsepsiyasidir 2 .«Blits-so‗rоv» asоsida jadvalni to‗ldiring Savоllar Javоblar 1. Psixoanaliz nazariyaning o‗ziga xosligi 2. Freydning klassik psixoanalizi 3 K.Yungning analitik psixologiyasi 4 A.Adlerning Individual psixologiyasi 3.Tushunchalarni tahlil qiling. Inson shaxsi Z.Freyd bo‗yicha o‗z tarkibiga tuzilmaviy tarkibiy qismlarni qamrab oladi U; Men; Oliy Men 4. 2. BBB JADVALI T.R Mavzu savоllari Bilaman Bilishni istayman Bilib оldim 1. Himoya mexanizi 2. Himoya ikki bosqich xarakterga ega ekanligi 3. Siljish (o‗rnini almashtirish) 5.КОNSEPTUAL JADVAL Tavsif Siqib chiqaris h Regressiy a Proyeksiy a Introyeksiy a Ratsion allashtir ish Intellektual izatsiya Psixologi k himoya mexaniz mlarinin g turlari Toifalash jadvali. Freyd bo‗yicha psixoseksual taraqqiyot bosqichlari Oral bosqich Anal bosqich Fallik bosqich Latent bosqich Genetal bosqich 4- seminar 1. Ko‗chish reaktsiyasining namoyon bo‗lish tiplari, ko‗chishning asosiy elementlari, ko‗chish turlari klassifikatsiyasi. 2. Qarama-qarshilik va uning klinik namoyon bo‗lishi. 3. Qarama-qarshilik klassifikatsiyalari. 4. Psixologik mexanizmlar va ularni diagnostika metodlari. 1.Tushunchalarni tahlil qiling. Yung qadimgi hind falsafasiga Veda va Bxaga vat Gitalarga murojaat qildi. Arxetip va psixik funktsiya tushunchalari Braxman "Persona " "Soya" (ko‗lanka) Trikster Mandala ("o‗zlik" ) Anima Animus 1. КОNSEPTUAL JADVAL. Tavsif ong shaxsiy (individual) onglanmaganlik jamoaviy onglanmaganlik Yung qalbni uch darajaga ajratadi: 3 .«Blits-so‗rоv» asоsida jadvalni to‗ldiring Savоllar Javоblar 1. Qarama-qarshilik va uning klinik namoyon bo‗lishi 2. Qarama-qarshilik klassifikatsiyalari 4. Toifalash jadvali Ko‗chish reaktsiyasining namoyon bo‗lish tiplari ko‗chishning asosiy elementlari ko‗chish turlari klassifikatsiyasi Keys Mavzu: Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari Keysning maqsadi: Freydizm nazariyasi mohiyatini tahlil eta olish va psixoanalitk psixoterapiya usullarini amaliy faoliyatda qo‗llay olish, muammo yechimini topa olish malakalarini rivojlantirish. Z.I. qizi Laylo 4 yosh 2 oylik u qizni odam ovi bo‗lib qolgani haqida, agressiyani ko‗rinishlari namoyon bo‗lishi, ayrim hollarda shavqatsizlarcha qo‗lidagi narsani biror kishiga qarab otib yuborishlari kuzatilishi haqida gapirib, murojaat qildi. Biroz injiq bo‗lib qolganligi, atrofida biror kishi keskin harakat qilib yuborsa o‗zini himoya qilgandek qo‗lini yuqoriga ko‗tarib, qo‗li bilan yuzini to‗sib harakat qilishini aytdi. Ba‘zi paytda qo‗lida nima narsa bo‗lsa otib yuborishi, urib pachog‗lashi va bu payda jazavaning belgilari namoyon bo‗layotganligini, borgan sari bu xulq tez-tez takrorlanayotnagligini aytdi. Bu fe‘l- atvor avval kuzatilmaganligini ta‘kidladi. Suhbat jarayonini oilada er va xotin o‗rtasida tez- tez janjal bo‗lib turishi va bu turmush o‗rtog‗ini ishlamay qo‗yganidan buyon davom etayotganini aniqladik. Balki bolaning bunday holatga tushishini sababi ushbu muntazam davom etib turgan janjallar bo‗lsa kerak deb, taxmin qildik. Suhbat jarayonida janjal yuzaga kelishining boshidayoq bola buni sezishini va xonaning qorong‗iroq joyiga borib yashirinishi, o‗tirib olishi, bunda sekin- asta janjallar davomida bolaning rangida o‗zgarish yuzaga kelishi, qaltirashi, avalari yig‗lagan bo‗lsa, endilikda tek qotib turavergan. 1.Layloning xulqi va emotsional holatidagi o‗zgarish sababi nima? 2. Turli psixoterapevtik yo‗nalishlar nuqtai nazardan qizchaning xulq qanday tahlil etiladi? 3. U bilan olib boriladigan korrektsion mashg‗ulotlarda qanday usullardan foydalaniladi? 4. Guruhiy va individual psixoterapevtik mashg‗ulotlarni tashkil etishninig o‗ziga xos xususiyatlari nimada? Keysning maqsadi: Geshtalt va ekzistentsial yo‗nalish mohiyatini tahlil eta olish va usullarini amaliy faoliyatda qo‗llay olish, muammo yechimini topa olish malakalarini rivojlantirish. Muqaddas opa, 35 yoshlarda. Bir kun sahar qon bosimi oshib, o‗zini yomon his qilan. Tez yordam chaqirilganda uni aytishi bo‗yicha feldsher yigit kirib kelayotib ― Nima siz ham anovi qo‗shni singari teleserial ko‗rib yomon bo‗lib qoldingizmi?‖ deb hazil qilgan. Uning aytishicha bir hafta avval qo‗shnisi teleserial ko‗rayotganda ahvoli yomonlashib olamdan o‗tib qolgan ekan. Shundan so‗ng har kunni sahar payti uni ahvoli yomonlashgan va ―Men yomon kasallik bilan kasallanib qolganman, shu sabab bilan o‗lib qolaman‖deb qo‗rqqan. Bu hol kunning boshqa paytlarida ham yuz bera boshlagan. 1. Muqaddas opadagi bunday holatning sababi qanday? 2. Uning holatini geshtalt yo‗nalish nuqtai nazardan tahlil eting. 3. U bilan olib boriladigan mashg‗ulotlarda geshtalt yo‗nalish usullaridan qanday foydalaniladi? 4. Guruhiy va individual psixoterapevtik mashg‗ulotlarni tashkil etishninig o‗ziga xos xususiyatlari nimada? Download 277.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling