3-4 seminar mashg‘uloti. Mavzu: Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari Ko‘rib chiqiladigan masalalar: 3- seminar


Download 277.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana25.03.2023
Hajmi277.54 Kb.
#1295493
  1   2
Bog'liq
3 4 seminar mashg’uloti Mavzu Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari



3-4 seminar mashg‘uloti.
Mavzu: Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari 
Ko‘rib chiqiladigan masalalar: 
3- seminar 
1. Ilmiy ijodning uch bosqichi: affektiv jarohat modeli, topik va strukturali 
modellar.
2. Psixika tuzilmasi. Arxetip va psixik funktsiya tushunchalari. 
3. Individuatsiya va uning bosqichlari.
4. Shaxs tipologiyasiga yondashuvlar.
5. A.Adlerning Individual psixologiyasi.
6. Nomukammallik tuyg‗usi va nomukammallik kompleksi.
Inson shaxsi Z.Freyd bo‗yicha o‗z tarkibiga tuzilmaviy tarkibiy qismlarni qamrab 
oladi: U; Men; Oliy Menю 
―U‖ - ―Id‖. ―U‖ – bu ―Id‖ ong osti yoki ongsizlik sohasi, instinktiv mayllar 
to‗plami. ―U‖ ongsizlik sohasidan iborat, uning hukmron printsipi ―Lazzatlanish‖ 
printsipi bo‗lib, siyosatda bu anarxiya ko‗rinishida maydonga chiqadi. 
―Men‖ - ―Ego‖. ―Men‖ - bu ―Ego‖, shaxs, ong. ―Men‖ yoki ―Ego‖ instinktlarni 
tutib turuvchi o‗ziga xos qobiq vazifasini bajaradi. 
―Yuqori – Men‖ - ―Super - Ego‖ Ijtimoiy axloq xatti-harakat normalari, ijtimoiy 
ong, xulq. 
• ―Men‖ tazyiq ostida. ―Men‖ – ―Yuqori Men‖ va ―U‖ tomonidan ezib, siqib 
qo‗yilgan, ―U‖ va ―Yuqori Men‖ o‗rtasida ongsiz aloqalar mavjud 
• Men-Ideal ham, Yuqori – Men ham, U ham ―Men‖ ning ixtiyorida 
―Ideal‖. ―Ideal‖ ham ―Men‖ bilan muvofiq munosabatlarda bo‗ladi. 
• Bunday qulay vaziyatda ―U‖ ning barcha kuchlari ―Men‖ning ixtiyorida bo‗ladi 
Himoya mexanizmi atamasi 1894-yilda dastlab Z.Freyd tomonidan fanga kiritildi. 
Keyinchalik mazkur sohadagi tadqiqotlarning miqdorini ortib borishi natijasida 
uning amaliy va nazariy ahamiyati ham ortib bormoqda. Psixologik himoya — bu 
shaxsni salbiy kechinmalardan himoya qilishga yo‗naltirilgan anglanmagan psixik 
jarayondir. Aynan psixologik himoya mexanizmlari qarshilik ko‗rsatish jarayonlari 
asosida yotadi. Psixologik himoya mexanizmlari odamni yoqimsiz emotsional 
kechinmalardan himoya qiladi, psixologik qulaylik (komfort)ni saqlab berishga 
yordam beradi.
Psixologik himoyaning funksional vazifasi va maqsadi, ongsizlikni instinktiv 
impulslari va tashqi ijtimoiy muhit talablarini o‗zlashtirishi, oila va jamiyatning 
qoida va normalarini o‗zlashtirish oltasidagi ziddiyatlar bilan shartlangan, ya‘ni 
shaxsni ichki nizolarini (xavotirlik, siqilish) yengillashtirishdan iborat. 
Psixologik himoya mexanizmlarining turlari:
1. Siqib chiqarish 
2. Regressiya 
3. Proyeksiya 
4. Introyeksiya 
5. Ratsionallashtirish 
6. Intellektualizatsiya 


7. Kompensatsiya yoki sublimatsiya 
Freyd nazariyasi psixoseksual nazariya hisoblanadi, yoshni davrlarga bo‗lishda 
ham u jinsiy ehtiyoj «libido»ga tayanadi. 
Freydning fikricha ongdan siqib chiqarilgan hamma narsa ongsizlikdir, lekin 
ongsizlik siqib chiqarilgan hodisalar bilan aynan bir narsa emas. 
Neofreyydizmning yana bir vakili K.G.Yung (1875-1961) Freyd ta‘limotini 
boshqacha yo‗nalishda rivojlantirdi. K.Yung o‗zining "Psixologik ishlar" nomli 
asarida inson ongi va ongsizlikka mansub bo‗lgan masalalarni falsafa tarixi, 
she‘riyat diniy madaniy yodgorliklar yordamida ko‗rib chiqdi, ularni yangicha 
talqin qismiga harakat qildi. 
Psixik energiyani koinot miqyosidagi energiya deb hisoblaydi. Butun koinotni 
qamrob oluvchi bu energiya hayotiy jo‗shqinlik, sheriklik jarayonidir. Bu fikrlarni 
asoslash uchun Yung qadimgi hind falsafasiga Veda va Bxaga vat Gitalarga 
murojaat qildi. 
K.Yung butun olamni birlashtiruvchi timsol, simvol, belgi sifatida Broxmanni 
oldi. 
. K.Yungning analitik psixologiyasi. Inson - nafaqat individual va takrorlanmas 
hodisa, balki, shu bilan birga jamiyatning bir bo‗lagi hamdir. SHunga ko‗ra, shaxs 
ruhiyati avtonom va butkul individual fenomen bo‗lgani xolda, jamoaviylik 
holatlarini ham o‗zida namoyon qiladi. 
Yung kontseptsiyasida jamoaviy ongsizlik sohasining mazmunini arxetiplar 
tashqil etadi. Arxetiplar, uning talkinida, bu "son-sanoksiz kator o‗tmish avlodlar 
boshdan kechirgan juda katta tajribalarning xosilasi", "bir xil tipdagi 
kechinmalarning ruhiy cho‗kindisi. 
"Arxetip" yunoncha so‗z bo‗lib, u ikki suzning - "arxe" (asos, boshlanish) va 
"topos" (obraz) suzlarining birikishidan kelib chiqqan. 
Platon ta‘limotida bu tushuncha dunyodagi barcha moddiy narsalar, umuman, 
butun olam kelib chiqishidan oldin ularning ruxiy olamda mavjud bo‗lgan 
dastlabki g‗oyaviy obrazlari (proobrazlari) ma‘nosini anglatar edi.
Karl Gustav Yung arxetiplarni asosan kuyidagi nomlar bilan farklaydi: "Persona", 
"Soya" (kulanka), Trikster, Mandala ("o‗zlik"), Anima va Animus. Bularning 
barchasi simvolik ma‘noga ega. Xususan, "Persona" - individning "soxta men"i va 
"asl men"i ya‘ni insonning uzi va haqidagi burttirilgan va xakikiy holatiga (haqiqiy 
basharasiga) oid fikrlari majmui. 
"Soya" (yoki ko‗lanka) - inson ruhiyatidagi eng tuban jamiyatga mutlaqo to‗g‗ri 
kelmaydigan xususiyatlar. K.G.Yung, men soya deganda individning faqat salbiy 
odatlarini, illatlarini tushunaman, deydi. "Soya" qalbdagi buzg‗unchi, agressiv 
tendentsiyalar timsolidir. Yung ularni "Trikster" deb ataydi. Trikster -odamlar 
tabiatidagi eng tuban illatlar majmui, jamoaviy onglanmaganlikning tuban ruh 
obrazi. Illatlar jamiyat talablariga zid bo‗lganligi uchun xam xar doim ochiq 
ko‗rinmaydi. CHunki u "Persona" niqobiga yashiringan bo‗ladi. Odamlarda tuban 
illatlarning oshib borishi va uning jamiyatdan, ijtimoiy ongdan chegarada zo‗rlik 
bilan "bosib" turilishi oqibatida turli xil nevroz kasalliklari kelib chiqadi.
Qalbdagi ichki mayllar bilan tashqi olamdagi talablarning bir biriga zid 
kelaveridan ruhiy inkiroz paydo bo‗ladi va oqibatda biz oqil deb o‗ylagan odamlar 


telbaga aylanadi. Yung fikricha, ruhiyat tizimida "men" individ ongining subyekti 
bo‗lsa, "O‗zlik" (ya‘ni Mandala) ruhiyatning yaxlit subyektidir. Yung fikricha, 
ruhiyat tizimida "men" individ ongining subyekti bo‗lsa, "O‗zlik" (ya‘ni Mandala) 
ruhiyatning yaxlit subyektidir.
Amerikalik psixolog E.Erikson (1902—1994) ego-psixologiya yo‗nalishining 
vakili sifatida mashhurdir. Erikson nazariyasi Anna Freyd nazariyasi kabi 
psixologik tahlil amaliyotidan keyin yuzaga keldi. E.Eriksonning o‗zi tan 
olganiday, Yevropadan emigratsiya qilingach yashagan urushdan keyingi 
Amerikada kichik bolalardagi xavotirlilik, hindlardagi umidsizlik, urush 
veteranlaridagi sarosima, natsist (german fashist)laridagi shafqatsizlik kabi 
ko‗rinishlarni tushuntirish va korreksiya qilish talab qilinadi. Bu barcha 
ko‗rinishlarga psixoanalitik yondashuv nizo mavjudligini ko‗rsatdi, Z.Freydning 
ishlari esa nevrotik nizolarni birmuncha o‗rganilgan insoniy axloq aspekti qila oldi. 
Biroq E.Erikson sanab o‗tilgan ommaviy ko‗rinishlarni nevrozning faqat analogi 
deb hisoblamaydi. Uning fikriga ko‗ra, insoniy «Men»ning asoslari jamiyatning 
ijtimoiy uyushtirilishida ildiz otadi. E.Erikson «Men» va jamiyat munosabatlari 
haqidagi psixoanalitik konsepsiyani yaratdi. Shu bilan birgalikda, uning konsep103 
siyasi — bu bolalik konsepsiyasidir 
 2 .«Blits-so‗rоv» asоsida jadvalni to‗ldiring 
Savоllar 
Javоblar 
1. 
Psixoanaliz nazariyaning o‗ziga xosligi
2. 
Freydning klassik psixoanalizi 

K.Yungning analitik psixologiyasi 

A.Adlerning Individual psixologiyasi 
3.Tushunchalarni tahlil qiling. Inson shaxsi Z.Freyd bo‗yicha o‗z tarkibiga 
tuzilmaviy tarkibiy qismlarni qamrab oladi 
U;
Men; 
Oliy Men 
4. 2. BBB JADVALI 
T.R 
Mavzu savоllari 
Bilaman Bilishni 
istayman 
Bilib оldim 
1. 
Himoya mexanizi 
2. 
Himoya ikki bosqich xarakterga 
ega ekanligi 


3. 
Siljish (o‗rnini almashtirish) 
5.КОNSEPTUAL JADVAL 
Tavsif 
Siqib 
chiqaris

Regressiy

Proyeksiy
a
Introyeksiy

Ratsion
allashtir
ish 
Intellektual
izatsiya 
Psixologi
k himoya 
mexaniz
mlarinin
g turlari 
Toifalash jadvali. Freyd bo‗yicha psixoseksual taraqqiyot bosqichlari 
Oral 
bosqich 
Anal 
bosqich 
Fallik bosqich Latent 
bosqich 
Genetal 
bosqich 
4- seminar 
1. Ko‗chish reaktsiyasining namoyon bo‗lish tiplari, ko‗chishning asosiy 
elementlari, ko‗chish turlari klassifikatsiyasi.
2. Qarama-qarshilik va uning klinik namoyon bo‗lishi.
3. Qarama-qarshilik klassifikatsiyalari. 
4. Psixologik mexanizmlar va ularni diagnostika metodlari. 
1.Tushunchalarni tahlil qiling. Yung qadimgi hind falsafasiga Veda va 
Bxaga vat Gitalarga murojaat qildi. Arxetip va psixik funktsiya 
tushunchalari 
Braxman 
"Persona

"Soya" 
(ko‗lanka) 
Trikster Mandala 
("o‗zlik"
)
Anima 
Animus 


1. КОNSEPTUAL JADVAL.
Tavsif 
ong 
shaxsiy (individual) 
onglanmaganlik 
jamoaviy 
onglanmaganlik 
Yung qalbni 
uch darajaga 
ajratadi: 
3 .«Blits-so‗rоv» asоsida jadvalni to‗ldiring 
Savоllar 
Javоblar 
1. 
Qarama-qarshilik va uning klinik namoyon 
bo‗lishi 
2. 
Qarama-qarshilik klassifikatsiyalari 
4. Toifalash jadvali 
Ko‗chish reaktsiyasining 
namoyon bo‗lish tiplari 
ko‗chishning asosiy 
elementlari 
ko‗chish turlari 
klassifikatsiyasi 
Keys 
Mavzu: Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari Keysning maqsadi: 
Freydizm nazariyasi mohiyatini tahlil eta olish va psixoanalitk psixoterapiya 
usullarini amaliy faoliyatda qo‗llay olish, muammo yechimini topa olish 
malakalarini rivojlantirish.
Z.I. qizi Laylo 4 yosh 2 oylik u qizni odam ovi bo‗lib qolgani haqida, 
agressiyani ko‗rinishlari namoyon bo‗lishi, ayrim hollarda shavqatsizlarcha 
qo‗lidagi narsani biror kishiga qarab otib yuborishlari kuzatilishi haqida gapirib


murojaat qildi. Biroz injiq bo‗lib qolganligi, atrofida biror kishi keskin harakat 
qilib yuborsa o‗zini himoya qilgandek qo‗lini yuqoriga ko‗tarib, qo‗li bilan yuzini 
to‗sib harakat qilishini aytdi. Ba‘zi paytda qo‗lida nima narsa bo‗lsa otib yuborishi, 
urib pachog‗lashi va bu payda jazavaning belgilari namoyon bo‗layotganligini, 
borgan sari bu xulq tez-tez takrorlanayotnagligini aytdi. Bu fe‘l- atvor avval 
kuzatilmaganligini ta‘kidladi. Suhbat jarayonini oilada er va xotin o‗rtasida tez- 
tez janjal bo‗lib turishi va bu turmush o‗rtog‗ini ishlamay qo‗yganidan buyon 
davom etayotganini aniqladik. Balki bolaning bunday holatga tushishini sababi
ushbu muntazam davom etib turgan janjallar bo‗lsa kerak deb, taxmin qildik. 
Suhbat jarayonida janjal yuzaga kelishining boshidayoq bola buni sezishini va 
xonaning qorong‗iroq joyiga borib yashirinishi, o‗tirib olishi, bunda sekin- asta 
janjallar davomida bolaning rangida o‗zgarish yuzaga kelishi, qaltirashi, avalari 
yig‗lagan bo‗lsa, endilikda tek qotib turavergan.
1.Layloning xulqi va emotsional holatidagi o‗zgarish sababi nima? 
2. Turli psixoterapevtik yo‗nalishlar nuqtai nazardan qizchaning xulq qanday tahlil 
etiladi? 
3. U bilan olib boriladigan korrektsion mashg‗ulotlarda qanday usullardan 
foydalaniladi?
4. Guruhiy va individual psixoterapevtik mashg‗ulotlarni tashkil etishninig o‗ziga 
xos xususiyatlari nimada? 
Keysning maqsadi: Geshtalt va ekzistentsial yo‗nalish mohiyatini tahlil eta olish
va usullarini amaliy faoliyatda qo‗llay olish, muammo yechimini topa olish 
malakalarini rivojlantirish. 
Muqaddas opa, 35 yoshlarda. Bir kun sahar qon bosimi oshib, o‗zini yomon his 
qilan. Tez yordam chaqirilganda uni aytishi bo‗yicha feldsher yigit kirib kelayotib ― 
Nima siz ham anovi qo‗shni singari teleserial ko‗rib yomon bo‗lib qoldingizmi?‖ 
deb hazil qilgan. Uning aytishicha bir hafta avval qo‗shnisi teleserial ko‗rayotganda 
ahvoli yomonlashib olamdan o‗tib qolgan ekan. Shundan so‗ng har kunni sahar 
payti uni ahvoli yomonlashgan va ―Men yomon kasallik bilan kasallanib 
qolganman, shu sabab bilan o‗lib qolaman‖deb qo‗rqqan. Bu hol kunning boshqa 
paytlarida ham yuz bera boshlagan. 
1. Muqaddas opadagi bunday holatning sababi qanday?
2. Uning holatini geshtalt yo‗nalish nuqtai nazardan tahlil eting. 
3. U bilan olib boriladigan mashg‗ulotlarda geshtalt yo‗nalish usullaridan 
qanday foydalaniladi? 
4. Guruhiy va individual psixoterapevtik mashg‗ulotlarni tashkil etishninig 
o‗ziga xos xususiyatlari nimada? 

Download 277.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling