3-4-tajriba ishi bir bosqichli markazdan qochma va ko᾽p bosqichli markazdan qochma nasoslarning konstruktiv tuzilishlarini va ish prinsipini


Download 164.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana23.03.2023
Hajmi164.84 Kb.
#1287410
  1   2
Bog'liq
3-4-tajriba c8864efcc5a4feb75e22290b8fee6c91



3-4-TAJRIBA ISHI 
 
Bir bosqichli markazdan qochma va ko᾽p bosqichli markazdan 
qochma nasoslarning konstruktiv tuzilishlarini va ish prinsipini 
o’rganish 
Nasoslar karьer va shaxtalarda yig’ilib qolgan suvlarni yer satщiga chiqarish 
uchun xizmat qiladi. Konstruktiv tuxzilishi bo’yicha markazdan qochma nasoslar 
ikki gurux ya’ni bir bosqichli va ko’pbosqichli nasoslarga bo’linadi. 
Birbosqichli nasoslarning rotori (aylanadigan qismi) bir dona ishchi g’ildirak 
va o’qdan iborat. Bu tipdagi nasoslar suvso’rilish bo’yicha bir tomonlama «K» va 
ikki tomonlama «D» suv so’riluvchi nasoslarga bo’linadi. «K» tipidagi nasoslarning 
ko’rsatkichlari (unumdorligi-Q va zo’riqmasi – N) uncha yuqori bo’lmaganligi 
uchun ular asosan yordamchi suv chiqarish qurilmalarda qo’llaniladi. 
Ikki tomonlama suvso’riluvchi «D» tipdagi nasoslarning unumdorligi boshqa 
turdagi nasoslar unumdorligidan ko’proq. SHuning uchun bu nasoslar chuqur 
bo’lmagan konchilik korxonalarida asosiy yoki yordamchi suvchiqarish 
qurilmalarida qo’llaniladi. 
Konchilik korxonalarida eng ko’p qo’llaniladigan nasos bu TSNS (markazdan 
qochma, yig’ma) tipidpgi nasoslardir. Bu tipdagi nasoslar ko’pbosqichli nasos 
bo’lib, uning o’qida konchilik korxona sharoitiga qarab ketma-ket 2-10 tagacha 
ishchi g’ildiraklar o’rnatilishi mumkin. 
TSNS turidagi nasoslar uning ishchi g’ildiragining aylanish tezligi bo’yicha ikki 
guruxga bo’lingan.
Birinchi guruxga sinxiron aylanish tezligi 1500 ayl/min bo’lgan 
elektryuritgichli nasoslar. Masalan: TSNS(K) 180-85...425, TSNS 300-120...600, 
TSNSG 850-240...960 va xokazolar. 
Ikkinchi guruxga esa sinxiron aylanish tezligi 3000 ayl/min bo’lgan 
elektryuritgichli nasoslar kiradi ularga, TSNS 105-98...490, TSNS 180-500...900, 
TSNS 300-700...1000 kabi nasoslar va boshqalar kiradi. 
Davlat standarti bo’yicha nasoslarning konstruktiv tuzilishi neytral (TSNS), 
kislotali yoki agressiv (TSNSK), va loyqalangan (TSNSG) suv bo’lgan konchilik 
korxonalarida ishlatish uchun mo’ljallangan. 
Ko’pbosqichli nasos rusumidagi bosh xarflar, ya’ni TSNS (markazdan 
qochma ko’pbosqichli), nasos nomini, undan keyingi birinchi son nasosning normal 
ish rejimidagi unumdorligini va keyingi ikki son esa uning minimal va maksimal 
zo’riqmasini ifodalaydi. Bosh xarflardan keyin qo’yiladigan xarflar «K»-kislotali, 
yoki «G»-loyqalangan suv bo’lgan konchilik korxonalarida ishlatishga 
moslashganligini belgilaydi. 
Ko’pbosqichli nasoslarda xar bir ishchi g’ildirak aloxida sektsiyaga olingan. Bu 
esa, nasosning ishlatish sharoitiga moslash uchun, uning o’qida 2-10 gacha ishchi 
g’ildiraklarni ketma-ket o’rnatish imkonini beradi. 


Ko’pbosqichli nasoslarning tuzilishi Ko’pbosqichli nasoslar qobig’, rotor 
(aylanadigan bo’lagi), mustaxkam-lovchi kronshteynlar va sektsiyalarni 
birlashtiruvchi shpilkalardan iborat. 
Rotor ko’pbosqichli nasoslarning asosiy qismi xisoblanadi va uning 
yordamiga nasos o’qiga qo’yilgan energiya suvga beriladi. Rotor nasos o’qi 2, ishchi 
g’ildiraklar 8, yuksizlash (razgruzochno’y) moslamasi 4, masofalovchi 
(distantsionno’y) vtulka 5, rotor gaykasi 3 va tayanch xalqasi 16 iborat. 
O’q yuqori sifatli po’latdan toblab-bolg’alash usuli bilan yasalib, keyin 
silliqlanadi. So’ng qizdirish usuli bilan qayta toblanadi. O’qda ishchi g’ildiraklarni 
mustaxkam o’rnatuvchi ponalar uchun chuqurchalar va podshipniklarni o’rnatish 
joyi bo’ladi. O’q elektryuritgich bilan mufta 20 yordamida ulanadi. 
Ishchi g’ildiraklar nasos o’qida pona, rotor gaykasi xamda tayanch xalqasi 
yordamida zichlanadi. O’q aylanganda unda o’rnatilgan ishchi g’ildiraklar xam 
aylanadi. Natijada mexanik energiya ishchi g’ildirak parraklari orqali suyuqlikka 
beriladi. Ishchi g’ildiraklar g’uyma xolda SCH21-40 cho’yandan quyiladi va ishlov 
beriladi. 
Rotorni yig’ish jarayonida rotor gaykasi to’liq tortilishi shart. Aks xolda 
yuksizlash gardishi va ishchi .ildirak suvso’rilish tomonga siljishi mumkin. Bu esa 
yuksizlash moslama, ishchi g’ildirak va xalqasimon zichlamani tez ishdan chiqaradi.
Nasos qobig’i ko’pbosqichli nasosning qobiqi cho’yandan yasalgan yo’naltiruvchi 
apparat, uning qobig’i, suv so’rilish va suv xaydalish qopqoqlar, oldingi va orqa 
kronshteynlardan iborat. Sektsiyalar shpilkalar yordamida tortilgan. +obig’ni yig’ish 
jarayonida sektsiyalar oralig’iga diametri 6 yoki 10mm xalqasimon rezinali 
zichlama 12 quyiladi. 
Rotor tayanchi (kronshteyn) – rotorni ko’tarib turuvchi bo’lak. U cho’yandan 
yoki xromnikelli po’latdan quyilgan. Tayanch qopqoqlari nasosning tayanch joyi 
xisoblanadi. Tayanch qopqoqlari oralig’ida yig’uvchi shpilkalar yordamida bir 
necha sektsiya butun nasos xolida yig’iladi. Oldi tayanch qopqoqning ichki qismida 
nasos suvso’rilish qismiga xavo so’rilmasligini ta’minlovchi suvto’sqich 
(gidrozatvor) va salьnik o’rnatilgan. Orqa tayanch qopqog’i nasosning suvxaydash 
tomoni bilan birgalikda qo’yilgan va uning ichki qismida spiralsimon bo’shliq bor. 
Bu bo’shliq oxirgi ishchi g’ildirakning suv xaydash tomoni bilan birlashgan

Yo’naltiruvchi apparat uning vazifasi ishchi g’ildirakdan radial yo’nalishda chiqqan 
suv oqimini o’q yo’nalishida to’g’irlash va uni keyingi ishchi g’ildirakka 
yo’naltirish xamda dinamik zo’riqmani statik zo’riqmaga aylantirishdan iborat. 
Yo’naltiruvchi apparat qobig’ bilan birgalikda yoki ayrim xolda ishlanadi. Agar 
yo’naltiruvchi apparat aloxida ishlanadigan bo’lsa, u xolda nasosni yig’ishdan avval 
uni sektsiyalarga joylashtirish shart. Yo’naltiruvchi apparat ishchi materiali SCH21-
40 markali cho’yandan quyiladi va uning ichki qismida yo’naltiruvchi parraklar 
bo’ladi. Zichlama va suvto’sqich (gidrozatvor). Ko’pbosqichli nasoslarda suvni yon 
atrofga chiqib ketishini kamaytirish uchun ichki va tashqi zichlamalar qo’llaniladi. 


CHo’yandan ishlangan xalqasimon ichki zichlamalar 10, 11 ishchi g’ildirak bilan 
uning qoplama va yog’ga shimildirilgan paxta yoki asbest tolali tashqi zichlama 
(salьnik) esa rotor bilan qobig’ oraliqlarini zichlashda qo’llanilgan. 
Bundan tashqari ko’pbosqichli nasoslarda birinchi ishchi g’ildirakka xavo 
so’rilishini oldini olish uchun nasos o’qining qobig’idan chiqish joyida suvto’sqich 
(zatvor) o’rnatilgan. Nasos ishga tushirilganda bir qism suv birinchi ishchi 
g’ildirakning oldi tomonidagi qoplama, suvso’rilish qopqog’idagi teshikcha orqali 
o’tib suv to’sqich (gidrozatvor) dagi xalqasimon qilib yo’nilgan bo’shliqni 
to’ldiradi va nasosning suv so’rilish tomonida suv to’sqich salьnikdan biror sabab 
bilan o’tgan xavo yo’lini to’sadi. Natijada nasosga xavo so’rilmaydi. 
Yuksizlash (razgruzichno’y) moslama. Markazdan qochma nasos ishga 
tushirilganda uning ishchi g’ildiraklarining oldingi va orqa gardishlar bilan nasos 
qobig’idagi bo’shliqlar yuqori bosimli suv bilan to’ladi. Bu suvning ishchi 
g’ildiraklar yuzasiga bosimi natijasida bir-biriga qarama-qarshi yo’nalgan kuchlar 
paydo bo’ladi. Agar ishchi g’ildirak tashqi diametrini «d
2
» va suv bosimini «R
2
» 
bilan belgilasak, u xolda oldi va orqa gardishlar yuzasiga ta’sir etuvchi kuchlar 
quyidagicha xisoblanadi: 

oldi gardish yuzasidagi kuch
1
1
1

Download 164.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling