3-amaliy: “Biotexnologiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis tayyorlash mazmuni
Download 14.79 Kb.
|
3-amaliy
3-amaliy: “Biotexnologiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis tayyorlash mazmuni Mutaxassislik fan o‘qituvchisining lavozim vazifalari quyidagilardan iborat: o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, mahorat va malakasini rivojlantirish; tanlangan kasb va ixtisosligi o‘quv fanlari bo‘yicha chuqur bilimlarni, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; ta’lim jarayonida o‘qitishning samarali usulllari, vositalari va shakllarini, yangi pedagogik texnologiyalarni keng qo‘llash; o‘qitadigan fani bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni, tugarak mashg‘ulotlarini tashkil qilish; o‘quvchilarni bilim sifati, o‘zlashtirish darajasi va davomatini nazorat qilish; o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash; o‘quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash; o‘quv xonalarini jahon standartlari va dizayn talablari darajasida jihozlashda qatnashish; ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va qo‘llash; muntazam ravishda malakasini oshirish. Bilishi zarur: O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» to‘g‘risidagi qonunlarni; o‘qitadigan fanning o‘quv reja, dastur va darsliklarining mazmunini; davlatning ichki va tashqi siyosatini, ta’lim va yoshlar to‘g‘risida hukumat tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarni; mustaqil O‘zbekiston ramzlarining mazmun va mohiyatini; o‘smirlarning yosh va Ixtisoslik psixologiyasini, pedagogikani, o‘smirlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini; pedagogik, ilmiy-metodik va tashkiliy boshqaruv vazifalarini hal qilish uchun zarur bo‘lgan hajmda umumnazariy fanlar asoslarini; pedagogik sikl fanlarini; yosh fiziologiyasi, o‘quvchilar gigienasini; informatika va elektron hisoblash texnikasi asoslarini; o‘quvchilarning turli xil jamoalarini shakllantirish va boshqarish yo‘llarini; o‘quv kabinetlar va yordamchi xonalarni jihozlashga bo‘lgan talablarni; ta’lim vositalarini va ularning didaktik imkoniyatlarini; ta’limni va pedagogik fan taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini va istiqbolini; mehnatni ilmiy ravishda tashkil etish va huquq asoslarini. Ixtisoslik fanlar o‘qituvchilari bundan tashqari mutaxassisligi bo‘yicha ishlab chiqarish texnologiyalarini, iqtisod asoslarini, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish asoslarini bilishi kerak. Download 14.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling