Va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 1.3 Mb.
bet1/15
Sana10.04.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1348639
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Полимердан буюм


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI TIZIMI RAHBAR
VA MUTAXASSIS XODIMLARNI QAYTA TAYYORLASH VA
MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

Polimerdan uy-rо‘zg‘or, turmush, maktabda foydalaniladigan buyumlar tayyorlash
BITIRUV ISHI

Toshkent-2022 y.

MUNDARIJA
KIRISH ..........................................................................................................................3
I-BOB. POLIMERDAN UY-RО‘ZG‘OR, TURMUSH, MAKTABDA FOYDALANILADIGAN BUYUMLAR TAYYORLASH MAVZUSINING NAZARIY ASOSLARI.......................7
1.1. Plastmassa буюмлар ва уларнинг хоссалари.............7
1.2. Plastmassa va polimer asosli buyumlarni tayyorlashda xomashyo tanlash va tayyorlash texnologiyasi.................11
II-BOB. POLIMERDAN UY-RО‘ZG‘OR, TURMUSH, MAKTABDA FOYDALANILADIGAN BUYUMLAR TAYYORLASH MAVZUSI О‘QITISH METODIKASI..................20
2.1. Polimerdan uy-rо‘zg‘or, turmush, maktabda foydalaniladigan buyumlar tayyorlash mavzusi о‘qitishда ta’lim metodlari to‘g‘risida tushuncha va ularning tasnifi......................20
2.2. Polimerdan uy-rо‘zg‘or, turmush, maktabda foydalaniladigan buyumlar tayyorlash mavzusini o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish.............40
XULOSA ....................................................50
Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati ...................................................51


Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. Ta’lim tizim ida umumta’lim maktablari va ularda o‘rgatiladigan turli yo‘nalishdagi fanlar yosh avlodning shakllanishida muhim o‘rin egallaydi. Hozirgi davrda «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qish muddati 9 yil qilib belgilandi va bolalarning yosh, individual psixofiziologik, aqliy rivojlanishiga ko‘ra 6-7 yoshdan qabul qilinib, bilimlarni o‘zlashtirishga asosan 1-9 sinflar, ba’zi hollarda eksternat tipidagi ta’limga ham ruxsat etiladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yoshlarning mehnat ta’limi tarbiyasi, tayyorgarligi asosan, shu nomdagi o‘quv fani negizida olib boriladi.
Umumta’lim muassasalari o‘quv rejalariga fan sifatida, o‘quv predmeti sifatida kiritilganligiga 100 yildan oshganligiga qaramay hanuzgacha, butun, yaxlit tizim sifatida to‘liq shakllanib, tashkil etilish maqsadlarini va vazifalarini to‘liq safarbar eta olgani yo‘q. To‘g‘ri, yoshlarning mehnat va kasbiy tayyorgarligi, tarbiyasi, ta’limi bo‘yicha juda yirik, salmoqli tadqiqot ishlari, kuzatishlari olib borilgan. Chet el va respublikamiz olimlari bu sohada ilmiy - tadqiqot ishlari olib borishlarida, turli xil materiallar, qo‘llanmalar, monografiyalar, dasturlar tayyorlashlarida chop etishlarida yirik natijalarga erishdilar.
Hozirgi kunda eng avvalo, mehnat bozorini qishloq joylarida tashkil etishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda texnologiya ta’limini keng va sifatli amalga oshirish sohasida keng ko‘lamda ishlar olib borilmoqda. Lekin hali bu sohada maqtovli natijalarga erishildi deb bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish asosida takomillashtirish” bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi. Bu esa o‘z navbatida zamonaviy texnika va texnologiyalar o‘rgatish orqali o‘quvchilarda zaruriy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizning bundan keyingi iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti, davlatimizning maktablar oldiga qo‘ygan vazifalarining qanchalik muvaffaqiyat Bilan bajarilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Chunki, maktab yosh avlodni mehnatga, ijtimoiy hayotga tayyorlashda misli ko‘rilmagan ulkan vazifalarni amalga oshiradi. Maktab o‘quvchilarda mehnatga qiziqish, moyillik mehnat madaniyatiga asos soladi. Ularda mehnat malakalarini shakllantiradi, shuningdek, yuksak saviyali kadrlar bo‘lib yetishtirishga zamin hozirlaydi.
Bugun har bir o‘qituvchi o‘ziga ishonib topshirilgan har bir soat darsni muqaddas deb bilishi va unga zarracha xiyonat qilib bo‘lmasligini his etishi lozim. Ana shu maqsadda Umumta’lim maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda o‘qituvchilarga yordam beradigan tavsiyalar majmui tayyorlangan va nashr etilib undan o‘qituvchilar namunali dars ishlanmalarini tayyorlashada oydalanib kelishmoqda.
Ushbu tavsiyalarga fidoyi o‘qituvchilarimiz ijodkorlik bilan yondashgan holda, ularni o‘zlarining yangidan-yangi tajribalari bilan boyitib, namunaviy dars ishlanmalarining turli shakllarini masho‘ulotlarda ulardan samarali foydalanib kelmoqdalar. Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining "Bugunning darsi o‘qituvchi nigohida" shiori ostida o‘tkazilgan festivallar kabi darsning sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini ana shunday o‘ziga xos yondashuv deb ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin.
Respublikamizda ta’lim islohoti jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan bir paytda, albatta, nafaqat dars mashg‘ulotlarining, shuning bilan bir qatorda, namunaviy dars ishlanmalariga bo‘lgan talab darajasining ham yuqori bo‘lishiga erishish lozim . Zero, namunali dars ishlanmalari , namunali mashg‘ulotlarning olib borilishini ta’minlaydi.
Texnologiya darslarining asosiy maqsadlaridan biri o‘quvchilarga yog‘ochlarga ishlov berish mazmuniga, yog‘ochlarga ishlov berish jarayoniga qaratilgan. Chunki har bir o‘quvchi kelajakda ulg‘ayib, mustaqil hayotga qadam tashlar ekan, u albatta ro‘zg‘or ishlarida o‘zining uquvligini , uddaburonligini namoyish etishi lozim .
Ana shu maqsadda biz ushbu kurs ishimizning mavzusini ―xontaxta tayyorlash deb tanladik. Bunda biz texnologiya fanining maqsad va vazifalari, uning mazmuniga, bugungi kunda mehnat ta’limi fanini o‘qitishga qo‘yilayotgan talablarga, umumta’lim maktablarida o‘quv jarayonini tashkil qilishga doir ma’lumotlarni berib o‘tmoqchimiz. O‘ylaymizki , biz tavsiya etadigan ma’lumotlar umumta’lim maktabi o‘qituvchilari va boshqa shu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi pedagoglarga asqotadi .
Biz mazkur kurs ishda mehnat ta’limi mashg‘ulotlarida yog‘ochlarga ishlov berish texnologiyalarini yoritishda mahalliy sharoitlarga ham etibor qaratish lozimligini ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Albatta, bu masala o‘quvchilarni mashg‘ulot mavzusiga qiziqtirishda ahamiyatga ega. Shu bois bu tanlangan mavzuning dolzarb ekanligiga shubha yo‘q,

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling