Va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Download 1.3 Mb.
|
Полимердан буюм
- Bu sahifa navigatsiya:
- Be t on p ol i me r lar
Plastmassalarning kamchiliklari
Plastmassa yonuvchanligi, mо‘rtligi, ayrimlarining tez eskirishi, yoqimsiz hidi, ba’zan esa fenol yoki shunga о‘xshash zaharli moddalar ajratib chiqarishi ularning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Plastmassalar ishlab chiqarishda monomerlar va polimerlarning birikmay qolishi – destruksiyasi (eskirishi davrida erkin ajralib chiqadigan plastifika- torlar) odam organizmi uchun zararlidir. Odatda, plastmassa olish jarayonida uning qotish reaksiyasi kо‘pincha nihoyasiga yetmaydi va ashyoda hamma vaqt erkin holatda monomerlar saqyaanib qoladi. Bular esa о‘z navbatida zararli bо‘lib, inson organizmiga salbiy ta’sir etadi. Shishaplastik va polimer-betondan quvur yasash tavsiya etilmaydi. Chunki, ular kimyoviy xossalarini о‘zgartiradi, tarkibida qо‘rg‘oshin tuzi bо‘lgan PVX dan, fenolplastdan ovqat idishlari tayyorlash ham man etiladi. Bundan tashqari, plastmassaning kamchiliklari- ga quyidagilar kiradi: – kо‘pgina polimerlarning issiqqa chidamliligi past (oddiy polimerlarning issiqqa chidamliligi 90–120°S dan ortmaydi); – issiqdan kengayish koeffitsiyenti yuqori; – plastik egiluvchan; – yuza qattiqgtigi kam, voloknitlar uchun 2,5 MPa, polistirollar uchun 1,5 MPa; – tez eskiradi. Beton polimerlar – qotgan betonlarning suyuq polimerga shimdirilgan turi. Ma’lumki, beton qotgandan keyin unda mayda darzlar, bо‘shliqlar, buzilgan chuqurlar bо‘ladi. Zich betondagi g‘ovaklar miqdori 8–20 %gacha bо‘lishi mumkin. Shimdirish uchun asosan suyuq monomer (metilmetakrilat yoki stirol), polimer (epoksid va poliefir smolalari), qayishqoq termoplastlar (bitum, petrolatum, oltingugurt) hamda har xil suyuq kom- pozitsiyalar ishlatiladi. Beton qoziqlar poydevorlarini bitum bilan shimdirib chidamli- ligini oshirish usuli avvaldan ma’lum. Hozirgi texnologiyalarga kо‘ra yangi termoplastik polimerlarning turi va shimdirish usullari kо‘paydi. Qurilish buyumlari va konstruksiya- larini gaz, suv о‘tkazmasligini, sovuqqa va har xil zararli suyuqliklarga chidamliligini oshirishda ularga bitum-petrolatum aralashmasi yoki oltingugurt shimdirilsa katta iqtisodiy samara berishi ushbu darslik muallifi tomonidan ilmiy asoslangan. Qurilish materiallarining fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilash bilan birga uning mexanik va deformativ asoslarini ham kо‘tarish kerak bо‘lsa, quyidagi texnologiyaga asos- langan holda monomerlarda shimirish kerak bо‘ladi: beton buyumlar va konstruksiyalarini tayyorlash; 10–12 soat 120°S haroratda quritish; beton g‘ovaklaridagi havoni sо‘rib olish; bosim ostida monomerni shimdirish; beton govaklaridagi monomerni qotirish. Bunday betonning siqilishdagi mustahkamligi oddiy betonga qaraganda 2–10 marta, chо‘zilishga va egilishga bо‘lgan mustahkamligi esa 3–10 barobar ortadi. Beton g‘ovaklariqanchalik tо‘la shimdirilsa, uning mustahkamligi shunchalik katta bо‘ladi. Hamma xossalari bir necha bor yaxshilanadi. Polimerga shimdirilgan betonning sovuqqa chidamlilik markasi 5000 siklgacha bо‘lishi mumkin. Ammo, shimdirish texnologiyasining murakkabligi beton tannarxini oshirib yuboradi. Bunday beton konstruksiyalar о‘ta mas’uliyatli inshootlarda ishlatilishi mumkin. Hozir betonni shimdirishdan oldin metilmetakrilat monomerini tez bug‘lanuvchanligining oldini olish maqsadida unga parafin hamda tegishli qotiruvchi qо‘shiladi. Namligi 1–2 %gacha quritilgan va keyin shimdirilgan beton g‘ovaklarida mono- mer tez qotadi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling