Va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Download 1.3 Mb.
|
Полимердан буюм
Ta’limning og‘zaki metodlariTa’limning og‘zaki metodlari qatoriga hikoya, suhbat, ma’ruza kabilar kiradi. HikoY. Mazkur metod o‘quv materialini ta’lim oluvchilarga savollar bermasdan, uzluksiz hikoya qilib berishni ko‘zda tutadi. Hikoya metodining hikoya-nutq, hikoya-bayon hamda hikoya-xulosa turlari mavjud. Hikoya-nutq metodning vazifasi ta’lim oluvchilarni boshqa metodlar, misol uchun suhbat metodi vositasida beriladigan o‘quv materialiga tayyorlashdan iborat. Hikoya metodining ushbu turi nisbatan lo‘nda, aniq va hissiy bayon qilinishi, yangi mavzuga qiziqishni oshirish, uni o‘zlashtirishga faol ehtiyojni yuzaga keltirishi bilan ajralib turadi. Bu metodni qo‘llash jarayonida o‘quvchilar faoliyatiga nisbatan qo‘yiladigan vazifalar sodda til bilan tushuntirib o‘tiladi. Hikoya-bayon metodini qo‘llashda o‘qituvchi yangi mavzu mazmunini ochib beradi. Bayon mantiqiy rivojlanib boruvchi aniq ketma-ketlikda, asosiy va muhim omillarni ko‘rgazma vositalar hamda misollar yordamida ta’kidlab ko‘rsatish bilan amalga oshiriladi. Hikoya-xulosa metodi odatda mashg‘ulot yakunida qo‘llaniladi. O‘qituvchi unda asosiy mohiyatni, umumiy fikr va xulosalarni bayon qiladi, mustaqil ishlash uchun topshiriqlar beradi. Hikoya metodini qo‘llash davomida ma’lumotlarni bayon qilish, diqqatni faollashtirish, eslab qolishni tezlashtirish, taqqoslash va qiyoslashning mantiqiy usullaridan foydalaniladi. Ularni qo‘llash samaradorligini ta’minlash uchun dars mavzusi, ko‘rgazma vositalar va misollar puxta tanlanishi, bayonni zarur hissiy darajada olib borish talab etiladi. Suhbat. Suhbat metodi o‘qituvchining ta’lim oluvchilar bilan so‘zlashuvi, fikr almashinuvini ifodalaydi. Suhbat ta’lim oluvchilarni dalillar tizimi, yangi tushuncha yoki qonuniyatni o‘zlashtirishga turtki beruvchi, puxta o‘ylangan savollar ketma-ketligi asosida tashkil etiladi. Mashg‘ulotni suhbat metodi asosida tashkillashtirishda savolni qo‘yilishi (asosiy, qo‘shimcha, yo‘naltiruvchi), ta’lim oluvchilar fikrlarini javoblari va fikrlarini tahlil qilish, tuzatish, suhbat xulosasini shakllantirish usullari qo‘llaniladi. Suhbat uchun tanlangan savollar dars tushunchasini to‘laqonli tasavvur qilish uchun yetarli darajada keng qamrovli bo‘lmog‘i lozim. Mavzuni juda kichik savollarga bo‘lib yuborilishi uning mantiqiy yaxlitligini buzadi, juda murakkab savollar esa tinglovchilar uchun tushunarsiz bo‘lib qoladi. Savollar ta’lim oluvchilardan bir mazmundagi javobni talab qilmasligi lozim. O‘qituvchi dars mazmunining o‘zlashtirilishi uchun yo‘naltiruvchi savollardan o‘rinli foydalanib, uni bosqichma-bosqich o‘zlashtirilishiga erishishi kerak. Ta’lim oluvchilarning ilgari o‘zlashtirgan bilimlarini qayta esga olishi, xulosalar chiqarishi, ma’lum hodisaning amaldagi tadbiqiga oid yangi misollar topishiga oid usullar suhbat metodi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bunday usullar o‘rganilgan tushunchalarni takrorlash va xotirani faollashtirish bilan bog‘liq mashg‘ulotlar uchun tavsiya etiladi. Ta’lim oluvchilarning tayyorgarligi yetarli darajada bo‘lgan hollarda ular qo‘yiladigan muammo va masalalar yechimini o‘qituvchi yordamida mustaqil topishlariga imkon yaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling