Va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Mehnat ta’lim o‘qitish sistemasida didaktik maqsadga erishishda bir qancha o‘qitish formalaridan foydalaniladi
Download 1.3 Mb.
|
Полимердан буюм
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Polimerdan uy-rо‘zg‘or, turmush, maktabda foydalaniladigan buyumlar tayyorlash mavzusini o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
- Savol-javob” metodi
Mehnat ta’lim o‘qitish sistemasida didaktik maqsadga erishishda bir qancha o‘qitish formalaridan foydalaniladi.
1.Dars (praktik mashg‘ulot) o‘quv ustaxonalarida reja asosida ma’lum o‘quvchilar soni bilan olib boriladigan mashg‘ulotning asosiy formasidir. O‘quv ustaxonalarida o‘quvchilar soni 15-20 tadan ortsa o‘qituvchi tomonidan boshqarish qiyin bo‘lganligi sababli asosan sinf ikki guruhga bo‘linadi. Xozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-9 sinflarida o‘quvchilar soni shahar maktablarida 25 va undan ortiq, qishloq maktablarida 20 va undan ortiq bo‘lsa, mehnat ta’limi darslari shu sinflarda o‘quvchilarni ikki guruhga ajratgan holda olib boriladi. 2. O‘quv ishlab chiqarish brigadalarida o‘qitish shakli birinchi martda Stavrapol o‘lkasida tashkil etilgan maktab o‘quv ishlab chiqarish brigadalari hozirga kunda hamma yerga keng tarqalgan. Bu birigadalarni maktab va xo‘jaliklar bilan kelishilgan xolda tuziladi.Bu brigadalarga asosan 5-9 sinf o‘quvchilari kiradi. Jamoa xo‘jaliklari amaliy ishlarini olib borish uchun tegishli yer, bino,inventar ajratib beradi.Brigadaning o‘quv ishlab chiqarish faoliyatiga raxbarlik ho‘jalik agranomi bilan birgalikda maktabning o‘qituvchilari tomonidan amalga oshiriladi. O‘qitishning bu formasini afzalligi shundaki o‘quvchilar amaliy ish olib borish bilan birga, turli tajribalar olib boradilar,bu esa o‘quvchilarni maxsus tayyorgarligini boyitadi. Yuqoridagilarning hammasi qishloq maktablari uchun qishloq xo‘jaligi asoslari yo‘nalishiga tegishli. 2.2. Polimerdan uy-rо‘zg‘or, turmush, maktabda foydalaniladigan buyumlar tayyorlash mavzusini o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Hozirgi zamonaviy bosqichda pedagogik texnologiya ta`lim amaliyotida keng qo’llaniladi. O’qituvchining ishlash tizimi innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llashga asoslanadi. “Pedagogik texnologiya” – bu o’qitish shakllari, usullari, uslublarini, tarbiyaviy vositalarning maxsus to’plami va tartibini belgilovchi psixologik-pedagogik ko’rsatmalar to’plamidir. U pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik vositalaridir,-” deydi B. Lixachyov. Shuningdek, bir qator olimlar masala mohiyatiga quyidagicha o’z kuzatishlarini bayon etganlar. “Pedagogik texnologiya – bu o’quv jarayonini amalga oshirishning mazmunli texnikasi” (V.P. Bespalko). Yangi pedogogik texnologiya, avvalo fanlar orasidagi bog’liqlikni ta’minlash, o’quvchi faoliyatini to’g’ri izga solish, vaqtdan unumli foydalanish, tashabbuskorlik va ijodkorlik muhitini yaratish kabi qator maqsadlarni amalga oshirishdek muhim vazifalarni bajaradi. Buning uchun dars jarayoni o’qilona tashkil qilinishi, o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil ragbatlantirilib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliu hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot, rolli o’uinlar metodlarini qo’llash, rang-barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o’quvchilarni amaliu mashqlarni mustaqil bajarishga undash, rang-barang baholash metodlaridan foudalanish, ta’lim vositalaridan jouida va vaqtida foudalanish talab etiladi. “Savol-javob” metodi- o’quvchilargan mavzu yuzasidan savollarga javob berishni nazarda tutadigan metoddir. Shubhasiz, savollar turli maqsadlarni ko`zlab beriladi, lekin bu maqsadlar alohida ko`rinishlarga ega bo`ladi va ular quyidagi maqsadlarda beriladi: tekshirish uchun – o`quvchilarning bilimini imtihon qilish orqali; o`rgatish uchun– javobni o`quvchining o`zi mushohada etishiga majbur qilish orqali; faoliyat yuritishga erishish uchun– o`quvchini aqlan tetik tutish orqali; turlicha bo`lgan fikr-mulohazalarni aniqlab olish uchun; o`xshashlik jihatlarni aniqlab olish uchun; kishining maxsus tajribasiga yaqinlashish uchun; tortinchoq o`rganuvchilarni jarayonga jalb etish uchun; o`quvchilarni dars jarayoniga jalb etish uchun. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling