Va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Download 1.3 Mb.
|
Полимердан буюм
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’limning amaliy metodlari
- Davlat ta’lim standartlari
- O‘quv rejasi.
- O‘quv dasturi.
- Kalendar mavzuli reja.
- Mehnat ta’limi bo‘yicha o‘quv ustaxonasida yasaladigan buyumlar ro‘yxati
- Mehnat ta’limi va kasbga yo‘naltirish darslarining tabiiy-ilmiy sikldagi fanlar bilan bog‘liqlik jadvali
- Dars matni (konspekti).
Ta’limning ko‘rgazmali metodlariTa’limning ko‘rgazmali metodlari o‘zida muhim didaktik talabni aks ettiruvchi usullar majmuasini ifodalaydi. Hozirgi davrda zamonaviy didaktika ko‘rgazmali vositalarni qo‘llashning eng yuqori ta’limiy, tarbiyaviy hamda shaxs sifatlarini rivojlantiruvchi variantlarini qo‘llashni talab qilmoqda. U pedagoglarni ko‘rgazmali vositalarni qo‘llash barobarida ta’lim oluvchilarning asbtrakt tafakkurini ham rivojlantirishga yo‘naltiradi. Ko‘rgazmali ta’lim metodining xususiyati uning hamma vaqt ma’lum darajadagi og‘zaki metodlar bilan omuxta shaklda berilishidir. Og‘zaki bayon va ko‘rgazmalilikning birgalikda olib borilishiga bo‘lgan ehtiyoj obektiv borliqni bilishning dialektik yo‘li ijodiy mushohada, abstrakt tafakkur hamda amaliyotning birligini taqozo etishidan kelib chiqadi. I.P.Pavlovning birinchi va ikkinchi signal sistemalari to‘g‘risidagi ta’limoti obektiv borliqni bilishda ularni birgalikda qo‘llash zaruratini ta’kidlaydi. Birinchi signal sisitemasi orqali sezish so‘z bilan uyg‘un ravishda uzatilishi, ikkinchi signal sistemasining faol ishlashi bilan borishi lozim. Ta’limning amaliy metodlari Amaliy ta’lim metodlari ta’lim oluvchilar faoliyatining juda keng jabhalarini qamrab oladi. Amaliy ta’lim metodlaridan foydalanishda quyidagi usullar keng qo‘llaniladi: masalaning qo‘yilishi, uning bajarilishini rejalashtirish, tezkor rag‘batlantirish, yo‘llanma berish va nazorat qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabablarini aniqlash, ta’lim maqsadiga to‘la erishishni ta’minlash uchun tegishli tuzatishlar kiritib borish. Bunday metodlar qatoriga o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilimlarini amalda qo‘llashlari talab qilinadigan yozma mashqlarni kiritish mumkin. Amaliy metodlarga shuningdek ta’lim oluvchilarning tovush yozuvchi, ijro etuvchi uskunalar, jumladan kompyuterlar yordamida bajariladigan mashqlar ham kiradi. Amaliy ta’lim metodlari og‘zaki hamda ko‘rgazmali metodlar bilan birgalikda qo‘llaniladi, chunki har qanday mashg‘ulotlar avvalida albatta yo‘riqnoma berilishi shart. Og‘zaki tushuntirish va namunalarni namoyish qilish, shuningdek bajarilgan ish tahlili butun mashg‘ulot davomida ham davom ettiriladi. Mehnat ta’limini o‘qitish jarayonida quyidagi hujjatlar bilan tanishib, ularni o‘rganib chiqish zarur. 1.Davlat ta’lim standartlari. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti o‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi. Davlat ta’lim standarti ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini, baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining o‘zagi hisoblangan standart vositasida mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli muassasalardan (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. Davlat ta’lim standarti o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar, qo‘llanmalar, nizomlar va boshqa meyoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Umumiy o‘rta ta’limnng davlat ta’lim standarti o‘zining tuzilishi va mazmuniga ko‘ra davlat, hudud,maktab manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng asosiysi o‘quvchi shaxsi uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustivorligidan kelib chiqadi. Davlat ta’lim standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilik sharti va idoraviy bo‘ysunishidan qat’iy nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. 2.O‘quv rejasi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standartining tarkibiy qismi bo‘lib, u ta’lim sohalarini meyorlashga hamda maktabning moliyaviy ta’minotini belgilashga asos bo‘ladigan davlat xujjatidir. Tayanch o‘quv rejasi o‘quv predmeti bo‘yicha beriladigan ta’lim mazmunini o‘quvchiga etkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlarining minimum hajmdagi miqdorini ifodalaydi. U har bir sinfda muayyan o‘quv predmeti bo‘yicha davlat standartlariga muvofiq beriladigan ta’lim mazmunini aniqlashga asos bo‘ladi. 3.O‘quv dasturi. O‘quv dasturi har bir fan bo‘yicha alohida-alohida tegishli mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi Ta’lim Markazi tomonidan tasdiqlanadi. O‘quv dasturlarini ishlab chiqishga ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot muassasalari va vazirlikning yetakchi xodimlari, umumta’lim maktablari etakchi o‘qituvchilari jalb qilinadi. O‘quv dasturlari davlat hujjatlari bo‘lib, bularni bajarish har bir maktab, mehnat ta’limi o‘qituvchi uchun majburiydir. Mehnat ta’limi va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha o‘quv dasturi har bir sinfda yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilarni qanday bilim va malakalar bilan qurollantirish kerak ekanligi, bu malakalar bilan qurollantirish uchun qanday ish obektlari tanlash mumkinligi, ularni bajarishda ishlatiladigan asbob-uskunalar, texnik-texnologik ma’lumotlar hajmi va izchilligi, ularni qanday bo‘limlarga ajratib o‘rganish kerakligi, shuningdek, har bir bo‘limni o‘rganish uchun ajratilgan soatlar miqdori ko‘rsatilgan bo‘ladi. 4.Kalendar mavzuli reja. Kalendar mavzuli reja o‘quv rejasi va o‘quv dasturlari asosida maktabning har bir mehnat ta’limi o‘qituvchisi tomonidan mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va maktab metod birlashmasi, pedagogik kengashi muhokamasidan keyin maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi. Kalendar mavzuli reja har bir bo‘limni qanday mavzularga ajratilib, ular qanday ketma-ketlikda, necha soatdan o‘quv yilining qaysi sanalarida o‘qitilishi, bu mavzular ta’limning qaysi shakl va metodlari yordamida o‘rgatilishi, har bir mavzuni o‘qitishda qaysi amaliy ishni bajarish, buning uchun qanday asbob-uskunalar, xom ashyo, texnik-texnologik hujjatlar zarurligi, shuningdek, o‘qitishning texnikaviy vositalari, adabiyot va metodik qo‘llanmalarning qaysilari zarur bo‘lishi, qanday yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurligini oldindan ko‘rsatuvchi hujjat bo‘lib, har bir sinf va yo‘nalishlar uchun alohida bir yilga mo‘ljallab tuziladi.
5.Mehnat ta’limi bo‘yicha o‘quv ustaxonasida yasaladigan buyumlar ro‘yxati - har bir sinfda o‘quvchilar o‘quv yili davomida qanday ishlarni bajara olish imkoniyati mavjudligini oldindan aniqlash, bu ishlarni bajarishda nazariya va amaliyotning bir-biriga mutanosibligini amalga oshirish hamda ularni qanday ketma-ketlikda bajarish kerakligini ko‘rsatuvchi hujjat bo‘lib, uni har bir mehnat ta’limi o‘qituvchisi mahalliy shart-sharoitlar, o‘quv dasturida ko‘rsatilgan ish obektlarining namunaviy ro‘yxatini hisobga olgan holda kalendar mavzuli rejaga asoslanib ishlab chiqadi va u maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi. Mehnat ta’limi bo‘yicha o‘quv-ishlab chiqarish (o‘quv ustaxonasida qilinadigan ishlar) ro‘yxati va kalendar mavzuli reja bir vaqtda tuziladi. 6. Mehnat ta’limi va kasbga yo‘naltirish darslarining tabiiy-ilmiy sikldagi fanlar bilan bog‘liqlik jadvali - har bir mavzu mazmunini yoritishda uning mohiyatini o‘quvchilar tomonidan chuqur, ilmiy asoslangan holda tasavvur etishlari, vaqtdan unumli foydalanish, nazariy bilimlarini amalda, hayotga va ishlab chiqarishga qo‘llash imkoniyatlarini keng yoritish, ularning politexnik tushunchalarini kengaytirish maqsadida o‘qituvchi tomonidan tuziladi hamda u kalendar mavzuli rejada o‘z ifodasini topadi. 7. Dars rejasi. Dars rejasi tanlangan shakl va metodlar asosida mashg‘ulotni qanday tashkil etish, uning tuzilishi va mazmunini qanday izchillikda amalga oshirishni ko‘rsatuvchi xujjat bo‘lib o‘qituvchi tomonidan har bir mashg‘ulot uchun alohida-alohida tuziladi va maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan har bir mashg‘ulotdan oldin tasdiqlanadi. Dars rejasining tuzilishi nazariy mashg‘ulot, amaliy mashg‘ulot, aralash va ekskursiya mashg‘ulotlari bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. 8. Dars matni (konspekti). Dars rejasi va dars matnini tayyorlash o‘qituvchining darsga tayyorlanganligining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Dars matni dars rejasida ko‘rsatilgan izchillikda yozilishi lozim bo‘lib, unda o‘quvchilarga yetkazilishi zarur bo‘lgan asosiy tushunchalar, sxema va chizmalar hamda esda saqlab qolishi nisbatan qiyin bo‘lgan ma’lumotlar aks ettiriladi. Bunda o‘quv dasturida ko‘rsatilgan meyordan chetga chiqib ketmaslik talab etiladi. Dars matni darslik va metodik adabiyotlar, hamda o‘qituvchining ish tajribalari asosida yozilib, dars rejasi bilan bir vaqtda maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha muovini tomonidan tasdiqlanadi va dars rejasi va matni bilan o‘qituvchi darsga kiradi. O‘qituvchining o‘quvchilarni bilim ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishi va o‘quvchilar tomonidan ularni o‘zlashtirish usullari o‘qitish metodi deb yuritiladi. O‘qitish metodini dars jarayonida qanday sharoitda turini qo‘llab olib borilishiga o‘qitish shakli deyiladi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling