Qisqacha savol-javob (blits so‘rov-javob) usuli


Download 19.77 Kb.
bet1/3
Sana22.04.2023
Hajmi19.77 Kb.
#1378907
  1   2   3
Bog'liq
Savol-javob o\'yinlari


Qisqacha savol-javob (blits so‘rov-javob) usuli.
Bu usulda o‘qituvchi qanday maqsad qo‘yishiga qarab, qisqa savollar tayyorlaydi. Talabalardan ham qisqa, lo‘nda javob berishni talab qiladi. Uni turlicha o‘tkazish mumkin Bu metodni qo‘llash uchun o‘qituvchi oldindan uni qanday variantda qo‘llashini hisobga olib savol va ularni javobini tayyorlab qo‘ygani ma’qul. Agarda darsni blits savol-javob tarzida tashkil qiladigan bo‘lsa muvofiq ravishda o‘quvchi-talabalarga aniq, lo‘nda javob berish zarurligini uqtiradi. Bunda savollarni guruhdagi o‘quvchi-talabalar soniga qarab tayyorlash mumkin. Masalan, bunday usulni qo‘llashni kasb-hunar kollejlarida «Iqtisodiyot asoslari» fanidan «Talab va taklif, bozor muvozanati» mavzusini o‘tishda qo‘llashni rejalashtirdik, deylik.
Berilgan savolga:
1. xohlovchilar javob berishi yoki barcha o‘quvchi, talabalardan navbati bilan so‘rab chiqish;
2. Konkurs-musobaqa tarzida javob berish;.
3. Savolni o‘quvchi-talabalarning o‘zlari berishlari mumkin
Bunda guruh ikki jamoaga bo‘linadi. Mavzu bo‘yicha har bir jamoa navbati bilan savol va ikkinchi jamoa unga javob berishi lozim. Jamoalar berilgan savol va uning javobiga qarab baholanadi. Baholashni osonlashtirish uchun to‘g‘ri savol ham, to‘g‘ri javob ham 1 ball bilan baholanadi. Ќo‘yilgan savol talabga javob bersa, 1 ballni qo‘lga kiritadi. Savolga javob bergan 2 jamoa a’zolari esa javobning to‘g‘ri-noto‘g‘riligiga qarab, tegishli ball bilan baholanadi.
Javobning qoniqarli, to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini birinchi jamoa tasdiqlaydi. Agar raqib jamoaning javobi qoniqarsiz deb topilsa, savol bergan jamoaning o‘zi to‘g‘ri javobni aytishi yoki uni to‘ldirishi lozim. Savollar tegishli fanning o‘rganilgan bo‘limlariga doir qoida yoki formulalar ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. Bu musobaqa - o‘yin shartlarining bajarilishini o‘qituvchi nazorat qiladi va baholaydi..
O‘quvchilar berish uchun savol topolmay qolgan yoki jamoalar teng ball to‘plagan hollarda o‘qituvchi o‘zi oldindan tayyorlab qo‘ygan qiziqarli (mantiqiy) savollardan ularning e’tiboriga havola qiladi. Yuqori ball to‘plagan jamoa g‘olib hisoblanada va rag‘batlantiriladi.
Darsni shakllantirishning bu usuli o‘yin-bahs tarzida bo‘lgani uchun o‘quvchilar unga qiziqish bilan yondashadi. Dars davomida jamoalar 20-30 tadan savol berish imkoniga ega. Demak, o‘quvchilar 40-60 ga yaqin tushuncha, formula va boshqalarni takrorlashga urinadi. Bundan tashqari, o‘quvchi keyingi mashg‘ulotlarga yanada qiziqarliroq va jiddiyroq savol topib kelishga harakat qiladi. Bu esa o‘quvchi, talabalarning o‘z ustida jiddiy ishlashiga olib keladi.

Download 19.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling