Qisqacha savol-javob (blits so‘rov-javob) usuli
Download 19.77 Kb.
|
Savol-javob o\'yinlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish xarajatlari va foyda»
«Zakovat» o‘yini Bu o‘yinni talabalar shu nomdagi teleko‘r-
satuvdan ham yaxshi bilishadi. O‘qituvchi uni o‘rganilayotgan mavzuga moslashtirishi kerak. U mavzuning muhim tushunchalari, muammolari borasida qiziqarli savol, masala tayyorlab. konvertlarga solib, stol ustiga qo‘yadi. Javoblar alohida konvertga solib olib qo‘yiladi. Talabalar kichik guruh-larga bo‘linadi. Har bir guruh vakili konvertlardan birini tanlab olishi kerak. Savolni muhokama qilib, tayyorlanish uchun 1 minut vaqt beriladi. Guruh savolga to‘g‘ri javob bermasa, o‘qituvchi boshqa talabalarga murojaat qiladi. Hamma o‘z fikrini aytib bo‘lgach, o‘qituvchi to‘g‘ri javobni o‘qib eshittiradi. O‘z vaqtida to‘g‘ri javob berganlarga ball beriladi. Bu metodni samarali qo‘llashni «Zakovot» o‘yini tarzida «Iqtisodiyot asoslari» fanidan «Ishlab chiqarish xarajatlari va foyda» mavzusida dars o‘tish misolida ko‘rib chiqaylik. Bu o‘yinni tashkil etish uchun talabalarning o‘zlari qiziqarli, iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan savollarni tayyorlab kelishlari yoki mashhur kishilarning iqtisodiyot haqidagi fikrlarini topib, savol berishlari mumkin. Bunda o‘qituvchi har bir kichik guruhga o‘zlari tayyorlagan savollar ichidan eng qiziqarlisini tanlab, konvertga solib stolga qo‘yishni, javobni esa boshqa konvertga solib berishni taqlif qiladi. Aytaylik, guruxda 30 nafar o‘quvchi bo‘lsin, ularni 5tadan 6ta kichik guruhga bo‘lamiz. Har bir kichik guruh a’zolari o‘zlari tayyorlab kelgan savol-javoblarni ko‘rib chiqib, ular orasidan eng yaxshisini tanlashga 1 minut vaqt beriladi. Bunda 5 savol-javob ichidan bitta eng yaxshisi tanlanadi. Natijada 30 savol-javob ichidan 6 tasi tanlab olinib, stolga qo‘yiladi. Download 19.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling