Va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
II.BOB. POLIMERDAN UY-RО‘ZG‘OR, TURMUSH, MAKTABDA FOYDALANILADIGAN BUYUMLAR TAYYORLASH MAVZUSI О‘QITISH METODIKASI
Download 1.3 Mb.
|
Полимердан буюм
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ta’lim metodlari to‘g‘risida tushuncha va ularning tasnifi
- Metodlarning asosiy guruhlari
II.BOB. POLIMERDAN UY-RО‘ZG‘OR, TURMUSH, MAKTABDA FOYDALANILADIGAN BUYUMLAR TAYYORLASH MAVZUSI О‘QITISH METODIKASI.
2.1. Polimerdan uy-rо‘zg‘or, turmush, maktabda foydalaniladigan buyumlar tayyorlash mavzusi о‘qitishning shakl va metodlari 1. Ta’lim metodlari to‘g‘risida tushuncha va ularning tasnifi Metod tushunchasi (maqsadga eltuvchi yo‘l ma’nosida) maqsadga erishish usulini, muayyan tartibda tashkil etilgan faoliyatni anglatadi. Ta’lim metodi deyilganda, ta’lim oluvchilar va o‘qituvchining ta’lim, tarbiya va o‘qitish jarayonida shaxsni rivojlantirish masalalarini hal qilishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. Ta’lim metodlari o‘quv jarayonining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Mos ravishda tanlab olinadigan metodlarsiz o‘qitish jarayoni maqsad va vazifalarini hal etishga yoki o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirilishiga erishib bo‘lmaydi. Metodlarning asosiy guruhlari Metodlarning uchta guruhini ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) ta’lim jarayonini tashkil qilish va amalga oshirish metodlari; 2) bilim olish jarayonlarini rag‘batlantirish va motivatsiyalashga yo‘naltirilgan metodlar; 3) ta’lim samaradorligini nazorat qilish metodlari. Metodlarning 1-guruhi
Metodlarning 2-guruhi
Metodlarning 3-guruhi
Ta’lim metodlarning taklif etilayotgan tasnifida faoliyatning barcha asosiy tarkibiy qismlari (tashkil etish, rag‘batlantirish va nazorat qilish) qamrab olinganligini e’tiborga olib uni to‘laqonli deb e’tirof etish mumkin. Unda bilish faoliyatining qabul qilish, anglash va amaliy qo‘llash kabi omillari to‘laligicha aks ettirilgan. Tasnifda zamonaviy pedagogika fanida bugungi davrda metodlarning aniqlangan barcha funksiyalari va xususiyatlari e’tiborga olingan. Biroq unda, ma’lum yondoshuvlar mexanik ravishda birlashtirilmagan, balki eng yahlit birlikda, o‘zaro mutanosib ketma-ketlikda qaralgan. Nihoyat, etilayotgan tasnifni ishlab chiqishga taklif etilayotgan yondoshuv ta’lim jarayonini takomillashtirish natijasida yuzaga keluvchi yangi xususiy metodlar ta’sirida o‘zgartirishga ehtiyoj qoldirmaydi. Har bir metodni uni tashkil etuvchi usullar majmuasi sifatida tasavvur qilish mumkin. Shu sababli odatda metod tushunchasi belgilangan maqsadga erishishdagi vazifalarni hal etishga qaratilgan usullar sifatida qaraladi. Ta’lim metodlari har guruhini to‘laroq qarab chiqamiz. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling