Silindrsimon va tekis yuzalarni shakllaridan va o`zaro joylashuvlaridan og’ishlarini nazorat qilish. Ishning maqsadi


Download 111.85 Kb.
bet1/3
Sana02.01.2022
Hajmi111.85 Kb.
#190603
  1   2   3

Silindrsimon va tekis yuzalarni shakllaridan va o`zaro joylashuvlaridan og’ishlarini nazorat qilish.

Ishning maqsadi: Talabalar bilan yakka tartibda shakllarni nazorat qilish usullari va metodlari mavzusidagi nazariy ma`lumotlarni o`zlashtirish. Mashinasozlikda yuzalarning o`zaro joylashishini nazorat qilish malakasini egallash.

Tajriba ishini bajarish uchun zarur material va jihozlar

  1. Tajriba ishini bajarish uchun uslubiy ko`rsatma.

  2. Radial tepishni o`lchash sxemasi.

  3. ICH – 10 soat tipidagi indikator.

  4. Magnit ustuni

  5. Nazorat qilinadigan detallar.

Tanishuv qismi

  1. ICH – 10 soat tipidagi indikatorning sxemasi va ishlash prinsipi bilan tanishish.

  2. Nazariy ma`lumotlarni takrorlash.

  3. «Detallarning yuza joylashishi va geometrik shakldan chetlanishi» mavzusini o`zlashtirish.

Amaliy qism:

    • O`qituvchi yoki o`quv ustasidan 2 ta detal va o`lchov asboblarini olish.

    • Tajriba ishi hisobotida keltirilgan №2 jadvalni to`ldirish.

    • Detal yuzalarining o`zaro paralelligi va perpendikulyarligini aniqlash.

    • Radial urishning qiymatini o`lchash.

Nazariy qism

Soat tipidagi indikator laboratoriya, ayniqsa ishlab chiqarish sharoitlarida keng qo`llaniladi.

Indikator nisbiy va absalyut qiymatlarni o`lchashga imkon beradi. Absalyut o`lchash usuli nisbatan aniq o`lchash usuli bo`lib xisoblanadi, chunki indikator strekasining bir necha marta aylanishida hosil bo`ladigan xatoliklar yig’indisi indikator strelkasining bir marta aylanishida hosil bo`ladigan xatoliklardan yoki chekka kalibrlar xatoligidan katta bo`ladi.

Radial urish, bazaviy aylanish o`qiga perpendikulyar qirqimda, haqiqiy yuza bilan shu o`q orasidagi eng katta va eng kichik masofalar ayirmasiga teng.

Indikator o`lchash sterjenining o`qi val yuzasiga nisbatan normal holatda bo`lishi zarur. Shundan so`ng markazlarga o`rnatilgan val to`liq aylantiriladi va har bir kesimda eng katta va eng kichik masofalar indikator shkalasidan aniqlanib boriladi. Aniqlangan ko`rsatkichlar orqali valning radial urishi tavsiflanadi va radial urishning egri chizig’i quriladi.

Aylanish yuzalarining radial urishi ovallik va tsilindsimonlikdan bir vaqtda chetlanish va aylanish o`qining siljishi natijasi hisoblanadi.

Radial urish detalning bir marta to`liq aylanishi davomida priborning eng katta ko`rsatkigichi sifatida aniqlanadi.

Ekstsentriteti mavjud bo`lgan vallar uchun aylanish radiusi vektorining buralish burchagi quyidagi formula bilan topiladi:



Agar ovallik mavjud bo`lsa radial urishning egri chizig’i 2 ta maksimumga va 2 ta minimumga ega bo`ladi; agar ekstsentritet mavjud bo`lsa egri chiziq murakkab ko`rinishga ega bo`ladi.

O`lchash natijasida olingan qiymatlar bilan chizmada ko`rsatilgan radial urish qiymatlari o`zaro taqqoslanib detalning yaroqliligi to`g’risida xulosa chiqariladi.

Vtulka (yoki halqa) devori qalinligining o`zgaruvchanligini aniqlash uchun u moslamaning gorizontal barmog’iga kiritiladi. Indikator sterjenining uchi detalning tashqi yuzasiga tegib turadigan qilib o`rnatiladi va detal moslama barmog’i atrofidan aylantiriladi.




Download 111.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling