Va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Download 1.3 Mb.
|
Полимердан буюм
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pol ik o n dens ats i yala ng an p ol i me r l a r
Polimerizatsiyalangan polimerlar (polistirol, polietilen, poliizobutilen, poli- metilmetakrilat va h.k.) molekulalari bir necha bor bog‘langan monomerlardan olinadi. Po- limerizatsiya jarayonida monomerdagi bog‘langan kichik molekula tugunchalari yechiladi va moddaning boyashang‘ich molekulalarida erkin valentlar hosil bо‘lib yirik molekulalar bi- lan birikadi. Reaksiya jarayonida monomerdagi atom ajralib chiqib ketmaydi. Shu sababli, monomer bilan polimerlarning kimyoviy tarkibi bir xildir.
Polikondensatsiyalangan polimerlar (fenol-aldegid, epoksid, mochevina- formaldegid, poliefir vah.k.) asosiy moddadagi funksional guruxlar orasidagi kimyoviy birikish natijasida hosil bо‘ladi. Birikish jarayonida molekulalar parchalanadi va erkin holatda suv, xlorli vodorod, ammiak va boshqa qо‘shimcha moddalar ajraladi. Shu sababli, siyrak molekulali boshlang‘ich modda bilan zich molekulali polimerning kimyoviy tarkibi har xil bо‘ladi. Polimerlardagi bu ikki xususiyat ularni ikki guruhga bо‘ladi: termoplastik va termoreaktiv polimerlar. Chiziqli polimerlarni – termoplastik, fazoviy tuzilishdagilarni esa termoreaktiv polimerlar deb ataladi. Fazoviy pishiq sinchli polimerlarning molekulalararo kovalent bog‘lanish mustahkamligi, ularning ichki qismidagi molekulalarning birikish mustaxkam- ligiga teng. Bunday bog‘lanishlarni о‘zaro buzish uchun yuqori harorat kerak bо‘ladi. Plastmassalarning asosiy xossalari Plastmassalarning hajmiy og‘irligi 8 dan 2200 kg/m3 gacha bо‘ladi, ya’ni oshrligi alyu- mindan 2 marta, pо‘lat, mis va qо‘rg‘oshindan 5–10 marta yengil, mustahkamligi esa yuqori. Tо‘ldirgichlar qо‘shib ishlangan murakkab plastmassa listlaridan tekstolitning chо‘zilishga bо‘lgan mustahkamlik chegarasi 150 MPa gacha bо‘lsa, yog‘och tolasi qо‘shib ishlangan plastmasaniki 350 MPa gacha, SVAM niki (tolali shishasimon anizotron ashyolar) esa 470–950 MPa gacha bо‘ladi. Agar taqqoslansa, markasi St-3 bо‘lgan pо‘latning chо‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 450–480 MPa ga teng, xolos. Ilmiy izlanishlar natijasida hozir magnit xususiyatiga ega bо‘lgan, shuningdek, tok о‘tkazuvchan hamda yarim о‘tkazuvchan plastmassalar ham olinmoqsa. Yuqori mustahkam hamda zararli muhitga chidamli bо‘lgan polimer-sement va plast-betonlar qurilishda kо‘plab ishlatilmoqsa. Ularni olishda bog‘lovchi modda о‘rniga smola bilan qorishtirilgan sement ishlatiladi. Organik smolalar sanoatda loklar, chidamli bо‘yoqlar, gidrofob suyukliklar va sintetik yelimlar olishda qimmatli hisoblanadi. Plastmassaning Qurilish materiallari sifatidagi kamchiligi ularning issiqqa uncha chidamli emasligi (60–400°S gacha), issiqdan kengayish koeffitsiyentining kattaligi va yonuvchanligidir. Kо‘p plastmassalar past haroratda egiluvchanlik xususiyatini yо‘qotib, mо‘rt bо‘lib qoladi. Bulardan tashqari, plastmassalar oddiy haroratda ham egiladi. Bu xu- susiyat ulardan konstruksiyalar ishlashga imkon bermaydi. Kо‘pgina termoplastik plastmas- salarning mustahkamligi harorat ta’sirida kamayadi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling