Va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Download 1.3 Mb.
|
Полимердан буюм
Konstruksiyaviy plastmassalar
Polimerlar - plastmassalarning asosi hisoblanadi. Ular yuqori molekulyar birikmalar hisoblanadi va bir xil strukturadagi elementar juda kо‘p zvenolardan tashkil topgan. Bu zvenolar bir-biri bilan kovalent bog‘lovchilar bilan uzun zanjirga bog‘langan bikr va plastik fazoviy zanjirni hosil qiladi. Polimer - grekcha sо‘z bо‘lib, poli - kо‘p, mer - qism degan ma’noni beradi. Monomer sо‘zi esa, mono- bitta, mer - qism, ya’ni bitta qism degan ma’noni beradi. Polimerlar ikki yо‘l bilan olinadi: polimerizatsiya va polikondensatsiY. Polimerizatsiya - bu bir nechta monomer molekulalarni birikib bitta makromolekula hosil qilishidir. Bunda jarayon ma’lum harorat va bosimda boradi va hech qanday past molekulyar moddalar ajralib chiqmaydi. Polikondensatsiya - turli xildagi monomer molekulalarni birikishi natijasida yuqori molekulyar moddani hosil bо‘lishidir. Bunda past molekulyar moddalar ajralib chiqadi, masalan suv, spirt va boshqalar. Bog‘lovchi-smolaning turiga qarab plastmassalarni ikki turga bо‘linadi: termoreaktiv va termoplastik. Polimerizatsiya yо‘li bilan olingan polimerlar - termoplastli materiallardir. Termoplastlar- polivi-nilxlorid, polietilin, polistirol, poliuretan, poliamid, akrilli va boshqa termoplastik smolalar, ya’ni qizdirilganda yumshaydigan va plastik holatga kiradigan, sovutilganda yana qotadigan materiallardir. Termoreaktiv plastmassalar - fenolformaldegidli, poliefirli, epoksidli, karbamidli va boshqa termoreaktiv smolalar asosida olinadigan plastmassalardir. Bog‘lovchi modda barchasida - smolalardir. Konstruksiya va materiallar uchun asosan poliefirli, fenolformaldegidli, epoksidli, mochevino va melaminoformaldegidli va kremniy organik smolalar ishlatiladi. Poliefirli smola - termoreaktiv hisoblanadi, uning qovushqoqligi past, yuqori haroratlarda qota oladi. Qotayotganda uchuvchan gazlar chiqmaydi, mexanik xususiyatlari yuqori. Suv, kislota, benzin, moy va boshqa moddalar ta’siriga chidamli. Qurilishda PN-1, PN-2, PN-3, PN-4, PN-1S, PN-6 turlari kо‘p ishlatiladi. Yorug‘lik о‘tkazadigan stekloplastikalarda PNM-2, PN-1M va PNM-8 turdagilari ishlatiladi. Fenolformaldegidli smola - bu mahsulot fenol va formaldegidni katalizator ta’sirida kondensatsiyalanishi natijasida hosil bо‘ladi. Bu maxsulotlarda issiqbardoshlilik va mexanik xususiyatlarning yuqoriligi alohida о‘rin tutadi. Fenolformaldegid yog‘och plastik, faneralar ishlab chiqarishda qо‘llaniladi. U qizdirilganda tezda qotadi va erimaydigan holatga kiradi, neft maxsulotlari ta’siriga chidamli, qotayotganda uchuvchan gaz va suv ajralib chiqadi. Epoksidli smola - kо‘p atomli fenollarning bir-biriga ta’siri natijasida olinadi (difenolopropan). Bu smolalar kо‘proq stekloplastika va yelimlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Mochevino va melaminoformaldegidli smolalar mochevina va formaldegidni zaif ishqorli yoki neytral muhitda kondensatsiya qilish natijasida olinadi. Bu smolalarning qotishi organik kislota, nordon tuz va efirlar ta’sirida amalga oshiriladi. Melamino va formaldegidni kondensatsiyalanishi natijasida - melaminoformaldegid hosil bо‘ladi. Mochevinoformaldegidli (karbamidli) smola rangsiz, issiqbardosh va yorug‘bardoshdir. Kremniyorganik smola - bu smola tarkibida organik moddalar bilan birga - noorganik kremniy moddalari ham bor. Qurilishda kremniy organik smola lak, emal, bо‘yoqlar sifatida qо‘llaniladi. Tо‘ldiruvchi - bog‘lovchining sarfini kamaytiradi va buning natijasida tannarx kamayadi. Tо‘ldiruvchilar - uzluksiz va uzlukli oynatolasi, oynagazlama, asbest tolasi, yog‘och tolasi, qirindi , talk. Plastifikator - plastmassalarning mо‘rtligini kamaytiradi, egiluvchanligini oshiradi va yana sovuqbardoshligini oshiradi. Plastifikatorlar - tributilfosfat, dibutilftalat, trikrezilfosfat. Stabilizatorlar - plastmassalarning fizik - mexanik xususiyatlarini saqlash imkoniyatini oshiradi. Antistatik-polimerlarni dielektrik xususiyatlarini oshiradi (qurum, grafit, metall kukunlari). Plastmassalarning afzalliklari: a) konstruksiya og‘irligini kamaytiradi; b) transport va montaj ishlari hajmini kamaytiradi; v) kо‘taruvchi - transport jihozlarini quvvatini kamaytirish imkoniyatini beradi; g) bino va inshootlarning ishonchliligini oshiradi; d) metalsiz konstruksiyalar qо‘llash mumkin bо‘ladi, ayniqsa kimyoviy agressiv muhitli bо‘lgan inshootlarda. Kamchiliklari: a) uzoq muddatga chidamliligining kamligi- eskirishi; b) mustahkamligi pastligi va deformatsiyalanuvchanligining yuqoriligi; v) issiqbardoshligining pastligi; g) yoyilishining yuqoriligi; d) bikrlikning kamligi (10 MPa). 1828 - 1886 yillarda yashagan rus olimi A. Butlerovning organik moddalar tuzilish nazariyasining yaratilishi munosabati bilan polimerlar kimyosi о‘z rivojini topdi. XX asrning 30-chi yillarida kimyo sanoatlari ishlab chiqarayotgan sintetik smola va plastmassalarning miqdori juda kо‘paydi. Hozirgi kunlarda plastmassalar bilan bir qatorda noorganik materiallar: alyuminiy, laklangan pо‘lat, asbestsementlar ham keng ishlatilmoqda. Stekloplastika ikki asosiy komponentlardan tashkil topgan: sintetik bog‘lovchi va oyna tolalari-tо‘ldiruvchi. Qotmagan smolaga oyna tolalari-tо‘ldiruvchi qо‘shiladi va undan keyin smolani qotiriladi va shunday qilib stekloplastika hosil qilinadi. Stekloplastikalarda kо‘proq termoaktiv smolalardan foydalaniladi. Oyna tolalari - armaturalash elementi hisoblanib, stekloplastikani mustahkamligini, zarba ta’siriga bardoshliligini oshiradi. Stekloplastikalar maydalangan oyna tolalari hisobiga-izotron material hisoblanadi. Oyna tolalarini xaotik joylashganligi hisobiga barcha yо‘nalishlardagi uning mustahkamligi bir xil bо‘ladi, ya’ni 1500 kg|m3 gacha bо‘lgan zichlikka va chо‘zilishda 150 MPa mustahkamlikka egadir. Yorug‘lik о‘tkazadigan stekloplastika tiniq poliefir termoreaktiv smoladan va maydalangan oyna tolasi (massasi bо‘yicha 25% ni tashkil qiladi) dan tashkil topgan. Uning yorug‘lik о‘tkazish koeffitsiyenti yuqori - 0,85 ni tashkil qiladi. Yorug‘lik bu holda yoyib uzatiladi va xonani tekis yoritilishiga sabab bо‘ladi. Bu stekloplastikalar rangsiz yoki talab qilingan rangda bо‘lishi mumkin. Tiniq stekloplastik tо‘lqinsimon va tekis varaq shakllarida qalinligi S1,52,5 mm, kengligi 1,5 metrgacha, uzunligi 6 metrgacha chiqarilishi mumkin. Tо‘lkinlar qadami bm60200 mm, balandligi hm1454 mm va u bо‘ylamasi yoki, kо‘ndalanggi bо‘yicha joylashishi mumkin Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling